O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rinovirus infekstiyasi.
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida jaroҳatlanish yuqori nafas yo’llarida, ko’z shilliq qavatida, oshqozon ichak traktida, o’pkada namoyon bo’ladi. Adenovirus infekstiyasining qo’zg‘atuvchisi DHKtutuvchi virus bo’lib, jaroҳatlanishlar butun ichki organlarni qamrab oladi. Poliorgan jaroҳatlanish kuzatiladi. Ushbu infekstiyada isitma 1-2 ҳafta davom etadi, ayrim ҳolda undan uzoqroq bo’lishi mumkin. Bemorlarga ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi xarakterlidir. Kataral, follekulyar, plenkali kon’yunktivit, keratokon’yunktivit kuzatiladi. Bemorlarda rinit, laringit, traxeit, bronxiolit, pnevmoniya ҳolati kuzatiladi. Eng kuchli yallig‘lanish og‘iz murtaklarida kuzatiladi, (angina) faringit, bronxit, laringo traxeit yallig‘lanishi uzoqroq davom etadi.
Adenovirus infekstiyasida kuzatilgan pnevmoniya segmentar yoki bronxopnevmoniya shaklida rivojlanadi. Adenovirus infekstiyasining xarakterli jaroҳatlanishi oshqozon ichak tizimida kuzatiladi. Bemorlarda ko’ngil aynash, ishtaҳaning pasayishi, dispepsiya (ich ketish), qorin og‘rig‘i kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasiga jigar va qorataloqning kattalashishi xarakterlidir. Bemorlarda leykostitoz, neytrofilez, eozinofelez, EChTning oshishi kuzatiladi. Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida bemorlarda rinit, rinoreya kuzatiladi. Yuqori isitma, kuchli intoksikastiya kuzatilmaydi. Yo’tal 1-2 marta bo’lishi mumkin. Burundan to’xtovsiz seroz suyuqlik chiqib turadi. Burun kataklarida, og‘iz bo’shlig‘ida yallig‘lanish (giperemiya) stianoz kuzatiladi. Nafas yo’llarining quyi qismida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Gripp kasalligini boshqa yuqumli kasalliklar bilan qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Ko’pincha qizamiq, meningokokk infekstiyasi, tif-paratif kasalligi, virusli seroz meningitlar (Koksaki, ESNO) bilan qiyosiy diagnostika qilinishi maqsadga muvofiq. Qizamiq. Qizamiq ko’pincha yosh bolalarda kuzatiladi. Qizamiqqa qarshi emlanmagan bolalarda ko’proq qayd etiladi. Qizamiq o’tkir boshlanadi. Birinchi kundan boshlab yuqori isitma, kuchli intoksikastiya, rinit, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya ҳolati kuzatiladi. Bemor bolalarda kon’yunktivit, og‘iz shilliq qavatida ko’pincha bola lunjida xarakterli oq toshmalar paydo bo’ladi (Filatov-Belskiy-Koplik). Xarakterli qizamiq toshmasi kasallikning 3-5 kunlari kuzatiladi. Toshmalar kasal badanida makulo-papulez ko’rinishida bo’ladi. Toshmalar bosqichma-bosqich toshadi. Avval bemor bolaning yuzida (1-2 kun) so’ng badanida (qorinda) 3-5 kunlardan so’ng oyoqlarda kuzatiladi. Bemor bola isitmasi tushishi bilan toshmalar yo’qoladi, chandiq qolmaydi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling