O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet11/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Covid-19 kasalligiga moyillik.
Covid-19 bo’lgan moyillik o’ta yuqori.
Ushbu kasallik bilan chaqaloqlar, yosh bolalar kasallanganligi kuzatilgan. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda ushbu kasallik butun dunyoda qayd etilgan. Chaqaloqlar va yosh bolalarda o’tkazilgan tajribalar ҳozircha ularda immunitet nechog‘lik davom etishi yaxshi o’rganilmagan. Koronavirus infekstiyasini boshidan o’tkazganlarda immunitet qay ҳolda saqlanib qolishi, aglyutininlar, gemaglyutipinlar, komplimentlar ҳolati, ҳujayra immuniteti ҳolati yaxshi o’rganilmagan. Umumiy kasallanganlarning 10.0%-15.0% 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil qiladi. Asosiy kasallar 15 yoshdan yuqoridagilarda qayd etilgan. Shuni qayd etish kerakki ushbu infekstiya 60 yosh va undan kattalarda og‘ir o’tishi natijasida o’lim ko’rsatkichi yuqoriligi xarakterlidir. Shu bilan birga Covid-19 odam organizmining immun tizimidagi etishmasligiga bevosita bog‘liqligi ҳam isbotlangan.
Ҳozirgi kunda Covid-19 infekstiyasining mavsumiyligi aniqlanmagan.
Covid-19 virusi +40S dan to 500S gacha saqlanib qolib, viruslar kuchayishi isbotlangan. Demak, ushbu infekstiya yoz oylarida ҳam davom etishi mumkin.


Covid-19 ning standart ta’rifi
Shubҳali ҳolat – O’tkir respirator infekstiya (O’RI) klinik belgilari mavjud (tana ҳarorati 37,50 dan baland, aniq tashҳis bo’lmagan quyidagiklinikbelgilardan birontasi yoki bir nechtasi mavjud bo’lsa: quruq yo’tal, xansirash, ko’krak qafasida siqilish sezish, pulsoksimetrda qonning kislorod bilan to’yinganligi (SpO2) ≤ 95%, tomoqda og‘riq, burun bitishi, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi yoki yo’qolishi (giposmiya yoki anosmiya) ta’m bilish qobiliyatining yo’qolishi (disgevziya), kon’yuktivit, loҳaslik, mushaklarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, qusish, ich ketishi, terida toshmalar paydo bo’lishi).
Eҳtimolli (klinik jiҳatdan tasdiqlangan) ҳolat

  1. O’tkir respirator infekstiya (O’RI) klinik belgilari mavjud (tana ҳarorati 37,50 dan baland, aniq tashҳis bo’lmagan quyidagi klinik belgilardan birontasi yoki bir nechtasi mavjud bo’lsa: quruq yoki balg‘amli yo’tal, ҳansirash, ko’krak qafasida siqilish sezish, (SpO2) ≤ 95%, tomoqda og‘riq, burun bitishi, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi yoki yo’qolishi (giposmiya yoki anosmiya) ta’m bilish qobiliyatining yo’qolishi (disgevziya), kon’yuktivit, loҳaslik, mushaklarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, qusish, ich ketishi, terida toshmalar paydo bo’lishi)

Quyidagi epidemiologik belgilardan ҳech bo’lmaganda birontasi mavjud bo’lsa:

  • Klinik belgilari paydo bo’lgunicha 14 kun mobaynida xorijiy mamlakatlarga borganligi;

  • Kasallik boshlangunicha 14 kun oldin nazoratdagi Covid-19 bemori bilan yaqin muloqatda bo’lganligi;

  • Kasallik boshlangunicha 14 kun oldin, Covid-19 tashҳisi laboratoriyada tasdiqlangan bemor bilan muloqatda bo’lganligi;

  • Covid-19 ga shubҳa qilingan yoki tashҳisi tasdiqlangan kishi bilan ish yuzasidan muloqatda bo’lganligi.

  1. PZRda SARS-Cov-2 ga tekshirilishidan va epidemiologik anamnezidan qat’iy nazar yuqorida 1-punktda ko’rsatilgan klinik belgilar bo’lsa, shu bilan birga kompyuter tomografiyasida o’pkada patologik belgilar aniqlansa.

  2. PZRda tekshirish imkoniyati bo’lmasa, kompyuter tomografiyasida o’pkada patologik belgilar aniqlansa, yuqorida 1-punktda ko’rsatilgan klinik belgilar mavjud bo’lsa.


Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling