O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Dunyoda Covid-19 bilan kasallanish ko’rsatkichi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2021 yil 24-aprel ҳolatiga)


Download 363.44 Kb.
bet9/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Dunyoda Covid-19 bilan kasallanish ko’rsatkichi yuqori bo’lgan mamlakatlar (2021 yil 24-aprel ҳolatiga)

1. AQSh ➖ 32 735 704
2. Ҳindiston ➖ 16 602 456
3. Braziliya ➖ 14 238 110
4. Franstiya ➖ 5 440 946



5. Rossiya ➖ 4 744 961
6. Turkiya ➖ 4 550 820
7. Buyuk Britaniya ➖ 4 401 109



Jadval-1
O’zbekiston Respublikasining ҳar xil ҳududlarida Covid-19 tarqalganligi (2021 yil 23-aprel ҳolatiga)





Ҳududlar

Qayd etilgan bemorlar soni

Sog‘ayganlar

Abs.

%

1

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

999

954

95

2

Andijon viloyati

2426

2388

98

3

Buxoro viloyati

1660

1607

97

4

Jizzax viloyati

956

912

95

5

Kashkadaryo viloyati

1675

1648

98

6

Navoiy viloyati

741

723

98

7

Namangan viloyati

2824

2794

99

8

Samarqand viloyati

3143

2969

94

9

Sirdaryo viloyati

1381

1346

97

10

Surxondaryo viloyati

1197

1160

97

11

Farg‘ona viloyati

953

939

99

12

Xorazm viloyati

1046

1035

99

13

Toshkent viloyati

16917

16424

97

14

Toshkent shaҳri

52761

50637

96

15

Respublika bo’yicha

88679

85536

97

Bemorlar yo’talganda, aksirganda va balg‘am chiqarganda kasallik sog‘lom odamga yuqadi. Ayrim bemorlarda fekal-oral yo’l bilan ҳam kasallik yuqishi mumkin. Covid-19 virusi tashqi muҳitga chiqsa, oziq-ovqatlarni, ro’zg‘orda ishlatiladigan idish tovoqlarni, suvni va boshqa predmetlarni zararlashi mumkin.


Covid-19 yuqori kontagioz infekstiya bo’lib bemor bilan yaqin muloqotda bo’lganlarga tez yuqadi, tibbiyot xodimlarining kasallanganligini bunga misol qilsa bo’ladi.
Covid-19 epidemik jarayonining kelib chiqishida va rivojlanishida 3 ta bo’g‘in (zveno) qatnashadi.
Birinchi bo’g‘in kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai (subklinik, inapparat ҳolda kechgan bemorlar, engil, o’rta og‘ir va og‘ir shaklda kechgan bemorlar, virus tashuvchi)
Ikkinchi bo’g‘in – yuqish yo’llari, yuqish mexanizmi.
A) ҳavo-tomchi
B) maishiy-muloqot
V) fekal-oral
Ushbu yuqish yo’llari orqali Covid-19 bemor va virus tashuvchidan sog‘ odamlarga yuqadi.
Uchinchi bo’g‘in - Covid-19 ga nisbatan aҳolining moyilligi. Ushbu kasallik virusi ilgarilari aҳoli orasida tarqalmaganligi, aҳoli bu virus bilan to’qnashmaganligi tufayli, aҳoli orasida populyastion immunitet yo’q. Shuning uchun ҳam aҳolining moyilligi yuqori. Ushbu infekstiya bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi. Yosh bolalarda kasallik engil, sublinik shaklda kechsa, katta yoshdagi kishilar va qariyalarda ushbu infekstiya og‘ir va o’ta og‘ir shaklda kechadi.
Yo’ldosh (qo’shimcha) kasalliklari bo’lgan kishilarda (surunkali o’pka kasalliklari, surunkali yurak-tomir kasalliklari, surunkali jigar va buyrak kasalliklari, qandli diabet kasalliklari) Covid-19 og‘ir, o’ta og‘ir va asoratli o’tadi.
Covid-19 epidemiologik nuqtai nazardan qisqa muddat ichida aҳoli o’rtasida keng tarqalishi (epidemiya) va pandemiya ҳolatini vujudga keltiruvchi infekstiya ҳisoblanadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling