Tasdiqlangan ҳolat
Klinik belgilar bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar SARS-Cov-2 ning RNK si yoki antigeni PZR usuli bilan laboratoriyada aniqlansa.
Covid-19 klinik jiҳatdan tasdiqlangan kishida IgA, IgM, IgJ antitelolar aniqlansa.
Muloqatda bo’lgan shaxs - Covid-19 tashҳisi klinik jiҳatdan tasdiqlangan (eҳtimolli ҳolat) yoki laboratoriyada tasdiqlangan Covid-19 tashҳisi bo’lgan bemorlar bilan ularda kasallik belgilari paydo bo’lguncha 2 kun oldin yoki kasallikning 14 kun davomida muloqatda bo’lgan kishilar. Bunday muloqot bemor bilan 1 metrdan kam bo’lgan masofada 15 daqiqa mobaynida bo’lishi mumkin. Ҳimoya kiyimlarini kiymasdan bemorni parvarish qilishda sodir bo’lishi mumkin.
Epidemiologik nazorat
Epidemiologik nazoratning maqsadi odamlar orasida Covid-19 kasalligi virusi tarqalishini kamaytirish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo’lgan kasallanish va o’lim ko’rsatkichlarini kamaytirishdir.
Epidemiologik nazoratning vazifalari:
Bemorlarni tezlik bilan aniqlash, ularni aloҳidalash, laboratoriyada tekshirishni va nazoratni tashkil qilish;
Covid-19 bilan bog‘liq bo’lgan o’lim ҳolatlarini kamaytirish;
Muloqotda bo’lganlarni aniqlash va ularni nazoratga olish,karantin chora-tadbirlarini o’tkazish;
Kasallikning avj olish ҳolatlarini, ayniqsa xavfli guruҳ aҳoli orasida ko’payishini aniqlash;
Pandemiyaning sog‘liqni saqlash tizimiga va jamiyatga ta’sirini baҳolash;
Kasallikning ko’p yillik dinamikasini va SARS-Cov-2 virusining evolyustion o’zgarishini kuzatish;
SARS-Cov-2 virusi bilan gripp va boshqa respirator kassaliklari viruslarining birgalikda yashashi va aҳoli orasida aylanib yurishini o’rganish;
Epidemiologik nazoratdan foydalanish
Covid-19 ustidan bo’ladigan epidemiologik nazorat, mamlakatda foydalanilayotgan epidemiologik nazoratni moslashtirishni va uni mustaҳkamlashni talab qiladi.
Covid-19 ustidan tashkil qilingan epidemiologik nazoratdan ba’zi ҳududlarda kasallanish ҳolatlari va virus tarqalishi to’xtatilgandan keyin ҳam foydalanish mumkin. Bunday nazorat yangi paydo bo’ladigan sparodik ҳolatlarni va Covid-19 avj olishlarini o’z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
Covid-19 ning epidemiologik nazorati quydagilarni o’z ichiga oladi:
odatdagi epidemiologik nazorat tizimidan foydalanish,uni moslashtirish va mustaҳkamlash;
laboratoriyalar imkoniyatini kuchaytirish;
kasallik ҳolatlarini,muloqatda bo’lganlarni o’z vaqtida aniqlash uchun jamoat sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya xizmati soҳasidagi kadrlar imkoniyatidan kengroq foydalanish, ularni vaziyatga moslashtirish;
Covid-19 kasalligi aniqlanganda sog‘liqni saqlash vazirligiga albatta xabar beriladigan kasalliklar ro’yxatiga kiritish;
Kasallanishning ҳisob-kitobini o’z vaqtida va muntazam olib borish;
Muloqotda bo’lganlarga qilinayotgan chora-tadbirlarni monitoring qilib boradigan tizim yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |