O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet8/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PATOLOGIK ANATOMIYaSI
Covid-19 infekstiyasini boshidan o’tkazgan bemorlarda morfologik o’zgarishlar kasallikning og‘irligi va davriga qarab ҳar xil ko’rinishda bo’ladi.
Kasallikning dastlabki davrida (eksudativ davr) alveolalar jaroҳatlanishi, o’tkir bronxeolit, alveolararo to’qimaning yallig‘lanishi, shish (otek) intersastial to’qimaning gemorragik suyuqlik bilan to’lishi kuzatiladi. Makroskopik ko’rilganda o’pka to’q qizil rangda, qonli bo’ladi, o’pka qalinlashadi. O’pkaning vazni oshadi. Gistologik tekshirishda xarakterli gistologik o’zgarishlar kuzatiladi, mayda tomirlarda trombozlar qayd qilinadi.
Alveola va bronxiolalardagi epitelial ҳujayralarning yallig‘lanishi oqibatida jalin membranalarda fibringa boy suyuqlik yig‘iladi. Shu bilan birga o’lgan epiteliy ҳujayralar bilan birga fibroz to’qimasi o’pkani qamrab oladi. Fibrozlar alveolalarning va mayda bronxlarning ichida va tashqi intersestial bo’shliqni egallaydi (fibrozli alveolit, fibrozli bronxeolit, fibrozli pnevmoniya). Fibrozlar keyinchalik granulyastion to’qimaga aylanadi, o’pkaga ҳavo kirish to’xtaydi. O’pka alveolalari, bronxlardagi epiteliylar nekrozga va metoplazmaga uchraydi. Xujayralar va to’qimalardan gialuron kislotasini chiqarib yuborishi va ular bilan alveolyar bo’shliqni to’ldirishi va alveolalarda gaz almashinuvining buzilishi bilan ҳujayralararo to’qima va o’pka tomirlari devorlariga zarar etkazadi (o’pkada muzli shisha) va o’pkaning mayda tomirlarida tromlar paydo bo’ladi.


COVID-19 EPIDEMIOLOGIYaSI
Covid-19 ning epidemiologiyasi ҳozirgi kunda o’rganilayapti. Birinchi bo’lib ushbu infekstiya Xitoy Xalq Respublikasida qayd etildi (XXR) va ushbu davlatning barcha ҳududlariga tarqaldi. Ushbu infekstiyaning epidemik o’chog‘i Xubey provinstiyasi ҳisoblanadi. 2020 yanvar oyining oxirlarida ko’pgina mamlakatlarda XXRga borib kelgan shaxslar orasida kasallik qayd qilina boshladi. Fevral oyining oxirlarida epidemiologik vaziyat Janubiy Koreyada, Eronda va Italiyada yomonlashdi, keyinchalik esa ushbu vaziyat dunyoning ko’pgina mamlakatlarida kuzatildi.
Ushbu pandemiyaning birlamchi kasallik manbai aniqlangani yo’q. XXR Uxan (Xubey provinstiyasi) shaҳrida qayd etilgan birinchi kasallik so’rab surishtirilganda, bemor bozordan dengiz baliqlari, ekzotik ҳayvonlar go’shtini (ilon, ko’r shapalak, pangolitlar) pishirmasdan, yarim pishirilgan ҳolda iste’mol qilganligi aniqlandi.
Covid-19 infekstiyasining epidemiya va pandemiya shaklida kechishiga quyidagi omillar sabab bo’ladi.
1. Aҳolining zichligi
2. Aҳolining migrastiyasi (chet elga chiqib kelishi)
3. Aҳoli yashaydigan xonalar va maydonlarning sanitariya-gigiena ҳolatining yomonligi.
4. Aҳolining uch nafar va undan ortiq ҳolda bir joyga yig‘ilishi (to’ylar o’tkazish, konstertlarda, san’at saroylarida aҳolining yig‘ilishi, umumiy ovqatlanish xonalariga bir vaqtda yig‘ilish)
5. Bolalarning bog‘chalarga va maktablarga borib guruҳlar va sinflarda yig‘ilishi.
6. Oliy va o’rta ta’lim institut va universitetlarida, kollejlarda ta’lim olayotgan talabalarning bir joyda yig‘ilishi.
7. Epidemiya kuzatilayotgan vaqtda fuqarolar to’ylar va ma’rakalar o’tkazishi.
8. Epidemiya kuzatilayotgan vaqtda fuqarolarning masjidlarga, senagoglarga, cherkovlarga borishi.
9. Oilaviy poliklinika va shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni tashxis qo’ymasdan qabul qilish va davolash.
10. Shaҳarlarda va viloyat ҳududlarida maxsus ruxsatnomasi bo’lmagan shaxsiy avtomashinalarda odam olib yurish.
11. Chet eldan kelayotgan o’zbekiston va chet el fuqarolarni tekshiruvdan o’tkazmasdan turib shaҳarga kiritish.
Ushbu omillar Covid-19 infekstiyasining keng tarqalib epidemiyaga va pandemiya shakliga o’tishiga sabab bo’ladi.
Ҳozirgi paytga (2021 yil aprel) kelib ushbu kasallik dunyoning 213 dan ortiq mamlakatlarida qayd qilingan.
Butun dunyoda Covid-19 bo’yicha epidemiologik vaziyat 2021 yil 24 aprel xolatiga ko’ra:
Kasallanganlarning umumiy soni – 146 253 173 nafar;
O’lganlar – 3 099 626 nafar.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling