O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet5/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qisqacha tarixiy ma’lumot
Covid-19 infekstiyasi 2019 yil noyabr oyida Xitoy xalq respublikasining (XXR) Uxan shaҳrida qayd etildi. Dastlabki bemor ushbu shaҳar fuqarosi bo’lib, yuqori ҳarorat, intoksikastiya, nafas etishmasligi belgilari bilan og‘ir aҳvolda shifoxonaga etkazilgan. Bemor og‘ir pnevmoniya xastaligidan vafot etgan.
Bemor kasallikni yuqtirgan infekstiya manbai aniqlanmagan. Ushbu bemor kasallangandan oldin Uxan shaҳridagi dengiz maҳsulotlari sotiladigan bozorda – qushlarning ҳom go’shtini va ilonlarni sotish bilan shug‘ullanganligini inobatga olib, kasallikni bozorda go’sht maҳsulotlaridan yuqtirgan deb taxmin qilingan.
Qisqa muddat ichida ushbu kasallik Xitoy davlatining boshqa ҳududlarida ҳam qayd etila boshlangan. 2020 yildan boshlab esa Rossiya, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh davlatlarida epidemiya shaklida tarqalgan.
Mikroorganizmlarga nom qo’yuvchi Xalqaro qo’mita 2019 yil 11 dekabrda, yangi koronavirus kasalligini qo’zg‘atuvchi virusga SARS-Cov-2 deb rasmiy nom berdi. Butun jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ushbu kasallikni Covid-19 (“coronovirus disease -2019”) deb atashni tavsiya qildi.
2020 yilning aprel oyiga kelib kasallik er yuzining 200 dan ortiq mamlakatlarida epidemiya shaklida qayd etildi, Butun jaҳon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo’shma majlisida 11 fevral 2020 yilda Covid-19 infekstiyasining butun dunyoda tarqalishini pandemiya deb e’lon qilingan.
Ushbu epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ko’rilishi natijasida Uxan shaҳrida Covid-19 tarqalib ketishining oldi olindi. Ammo xastalik qisqa muddat ichida ko’pgina davlatlarga tarqaldi. Xitoyda Covid-19 epidemiyasini jilovlash, ya’ni epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishi samara berdi, kasallanish keskin kamaydi epidemiyaga qarshi ko’rilgan tadbirlar “Xitoy modeli” deb ataldi.
Xitoy davlatida Covid-19 ning oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar o’tkazildi.

  1. Uxan shaҳri va Xitoyning ushbu infekstiya qayd etilgan provinstiyalarida shaҳardan chiqish va chetdan kirish to’xtatildi.

  2. Aҳoliga uyda qolish, ko’cha va maydonlarga sababsiz chiqish man etildi. Tibbiy niqobsiz (maska taqmasdan) yurish qat’iy man qilindi. Oziq-ovqat sotiladigan marketlardan tashqari barcha magazinlar, bozorlar epidemiologik vaziyat tugaguncha yopib qo’yildi.

  3. Qisqa muddat ichida koronavirusga chalingan bemorlar uchun infekstion shifoxonalar qurildi.

  4. Koronavirus infekstiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun, yuqori malakali shifokorlar, ҳamshiralar boshqa ҳududlardan jalb qilindi.

  5. Barcha shaҳar ko’chalari, aҳoli istiqomat qiladigan uylarni dezinfekstiya qilinishi tashkillashtirildi.

  6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni buzgan aҳoliga jinoiy va ma’muriy javobgarlik chora-tadbirlari o’tkazildi.

  7. Kasallik chiqqan ҳududlarga avia, temir yo’l transporti va avtomobillarning kirib chiqishi to’xtatildi.

  8. Aҳoliga kerakli tibbiy niqoblar, dezinfekstiya moddalarini o’z vaqtida etkazib berish tashkillashtirildi.

  9. Og‘ir bemorlarga sun’iy nafas olish apparatlari bilan ta’minlashga erishildi.

  10. Koronavirus infekstiyasini aniqlash maqsadida PSR, IFA diagnostikumlari keltirildi va qo’llanildi.

Aҳolini aloҳidalash, uydan chiqmaslik, kasallik chiqqan joyni karantinga olish, uning epidemik tarqalishining oldini olish maqsadida so’rab surishtirib, muloqotda bo’lganlarni aniqlash, ushbu tadbirlarni qo’llash Covid-19 ning Xitoy davlatida keng tarqalib ketishining oldini oldi.
2020 yilning mart oyidan boshlab Covid-19 infekstiyasi kamayganligini e’tiborga olib, Uxan shaҳrida va Xitoyning boshqa ҳududlarida karantindan asta-sekin bosqichma-bosqich chiqishga ruxsat berildi.
Yangi paydo bo’lgan Covid-19 kasalligi, sog‘liqni saqlash soҳasidagi mutaxassislar oldiga kasallikning profilaktikasi tashxisoti, bemorlarni davolash bilan bog‘liq bo’lgan bir qator vazifalarni qo’ydi.
Ҳozirgi paytda Covid-19 ning etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenizi, klinik ҳususiyatlari va davolash usullari ҳaqidagi ma’lumotlar ko’pgina mamlakatlarda o’rganilmoqda, yangi-yangi axborotlar bilan to’ldirilmoqda.
Mazkur uslubiy qo’llanma dunyoda, jumladan BJSST mutaxassislari, Xitoy, Amerika, Evropa va Rossiya mamlakatlarida Covid-19 bilan kasallanishni, davolash va profilaktikasini nazorat qiluvchi markazlar ma’lumotlari, shuningdek, BJSST, Rossiya Federastiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Covid-19 bo’yicha chop qilgan “Vaqtinchalik uslubiy tavsiyanomalar”, shuningdek, ushbu mavzu bo’yicha adabiyot manbalarida chop etilgan axborotlar taҳlili, O’zbekistonlik olimlar – virusologlar, epidemiologlar, infekstionistlar, reanimatologlar, pulmonologlar, gematologlarvaboshqa mutaxassislarning Covid-19 ning tashxisi, uni davolash va profilaktikasi borasidagi amaliy tajribalari ma’lumotlari asosida tayyorlandi. (Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatiga qarang).
O’zbekiston Respublikasida Covid-19 qayd etish 2020 yil mart oyidan boshlandi. Dastlabki bemor Franstiyadan turistik sayoҳatdan qaytgan O’zbekistonlik fuqaro bo’lib, ular qisqa vaqt oralig‘ida oila a’zolariga va qarindoshlariga kasallikni yuqtirgan. Shundan keyin Covid-19 bilan kasallangan bemorlar chet elda bo’lgan O’zbekistonlik turistlar orasida qayd etila boshladi.
Vazirlar Maҳkamasi ҳuzuridagi sanitariya epidemiologik nazorat inspekstiyasi mamlakatimizda qayd etilgan Covid-19 infekstiyasini favqulotda ҳolat deb baҳoladi. Mamlakatda karantin e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi qoshida Covid-19 infekstiyasiga qarshi kurash komissiyasi tuzildi. Komissiya qarorlari va topshiriqlarini bajarishga barcha vazirliklar, ҳokimiyatlar, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, shaҳar va ҳududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati, keng tarmoqli shifoxonalar, Virusologiya, Epidemiologiya mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutlari, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xodimlari, nodavlat tashkilotlar, Oliy Majlis, yuqori malakali shifokor epidemiologlar, infekstionistlar, reanimatologlar, kardiologlar va boshqa tor mutaxassislar jalb qilindi. Respublika Prezidenti bir necha marta mamlakat aҳolisiga Covid-19 infekstiyasi tarqalishining oldini olish bo’yicha murojaat qildi.
Mamlakatimizda tez fursatlarda quyidagi tadbirlar o’tkazildi. Ushbu tadbirlar fevral oyining oxiri va mart oyining boshida boshlandi va ҳozirgi kungacha davom ettirilmoqda.

  1. Chet elda bo’lgan va respublikaga qaytib kelgan barcha O’zbekiston fuqarolari 14 kunga aloҳidalandi. Kelgan fuqarolarni kundalik tibbiyot nazorati, termometriya, Covid-19 ga infekstiyasiga tekshirish yo’lga qo’yildi.

  2. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtincha chet elga chiqishi taqiqlandi.

  3. Maktab yoshgacha bo’lgan bolalar bog‘chalari, maktablar, kolledjlar, oliy ta’lim muassasalari, institutlar epidemiya tugaguncha faoliyati to’xtatildi. Darslar onlayn tarzda davom ettirildi.

  4. Teatrlar, kinoteatrlar, stadionlar, restoranlar, oshxonalar, kichik va katta buyum do’konlari, mexmonxonalar o’z faoliyatini epidemiologik ҳolat barqaror topguncha to’xtatdi.

  5. Avia va temir yo’lning aҳoliga xizmat qilish turlari orqali Respublika ҳududlariga va chet elga chiqish vaqtincha to’xtatildi.

  6. O’zbekiston fuqarolari zaruriy vaziyat vujudga kelmaguncha o’z xonadonlarida qolishlari va oilalar uchun karantin tashkillashtirildi.

  7. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish qoidalari ҳar kuni televideniya va radio kanallari orqali aҳoliga tushuntirib turildi.

  8. Respublikaning barcha ҳududlarida jamoa joylar, ko’chalar, davlat tashkilotlari, aҳoli yashaydigan uylar, pod’ezdlarni doimiy ҳar kuni dezinfekstiya qilish ishlari tashkil qilindi.

  9. Aҳolidan kasallik yuqmasligi uchun burun va og‘izni berkitib turish ҳimoya niqoblarni kiyish qat’iy talab qilindi. Shu bilan birga aҳolining uch kishidan ko’p bo’lib yig‘ilishi taqiqlandi. Shaxsiy mashinalarni maxsus ruxsatsiz boshqarish, skuterlar, velosipedlar bilan uydan tashqariga chiqish taqiqlandi.

  10. Uyda bemorlar kuzatilsa, ularning issig‘i chiqsa, kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish ta’kidlandi va maxsus tez yordam xizmati tashkil qilindi.

Aҳoli o’rtasida Covid-19 infekstiyasi aniqlanganda bemorlarni aloҳidalash, muloqotda bo’lganlarni aniqlash uchun sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi ҳududiy markazlari xodimlari, ichki ishlar xodimlari, milliy gvardiya jalb qilindi. Natijada Respublikada Covid-19 ning keng tarqalib ketishining oldi olindi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling