Tif-paratif kasalliklari
Download 151.96 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik mashgulot
- IChTERLAMA (QORIN TIFI) TYRNUS AVDOMINALIS
- Etiologiyasi.
Amaliy mashgulot: Qorin tifi. Paratif A va V. Etiologiyasi, epidemiologiyasi. Patogenez bosqichlari. Klinik belgilari vatasnifi. Laborator tashxisoti. Davolash. Profilaktikasi. Klinik mashgulot: Klinik va bioximik tekshirishlar uchuy bemordan biomaterial yigish (qon, qon zardobi, peshobi, najasi). TIF-PARATIF KASALLIKLARI Ushbu kasalliklar majmuasiga ich terlamasi, A va V paratiflari kiradi. Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarining bir-biridan farq qilsa xam, epidemiologiyasi, nazardan ichterlama kasalligini chuqurrok o‘rganish, paratiflar to‘g‘risida ham tushuncha beradi. IChTERLAMA (QORIN TIFI) TYRNUS AVDOMINALIS Ichterlama o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bakteriemiya oqibatida intoksikatsiya, tana xaroratining ko`ta rilishi, terida toshmalar paydo bo‘lishi va ingikhka ichak limfa apparatining jaroxatlanishi bilan kechadi. "TIFOS" — grekcha so‘z bo‘lib, tarjimasi "tuman" ma’nosini bildiradi. Kasallik qadimda g‘oyat og‘ir, kuchli intoksikatsiya bilan o‘tgani tufayli, bemorning xushi o‘zida bo‘lmasligini etiborga olib, shunday nom berilgan. Ichterlama bilan kasallanish qadim zamonlardan beri ma’lum. Bu kasallik xaqida xatto Buqrot o‘z yozuvlarida ma’lumot keltirgan. Ilgari bu kasallikni harorat ko‘tarilishi balan kechadigan boshqa xastaliklardan ko‘p farq qilishmagan. Faqat 1813 yilga kelib fransuz shifokorlari Bretanno va Sharl kasallik klinikasini batafsil bayon qilganlar. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zgatuvchisi salmonellalar guruxiga kiruvchi qorin tifi tayoqchasi. Uni dastlab 1880 yilda nemis olimi Ebert shu kasallikdan o‘lgan bemordan topgani uchun Ebert tayouchasi deb xam ataladi. Lotincha nomi Salmonella typhi. Bu mikrob asosan tayoqcha shaklida bo‘lib, uzunligi 1. 5-3 mikron. Grammanfiy mikroblardan xisoblanadi. Tanasida gir aylana kalta xivchinlari borligi tufayli, u xarakatchan. Spora va kapsula xosil qilmaydi. Safro qo‘shilgan muxitda yaxshi o‘sadi. Mikrobni topishda qo‘llanadigan Endo va Ploskirev muhitlari tarkibida xam safro bor Ekzotoksin hosil qilmaydi. Lekin mikrob parchalanganida quchli endotoksin hosil bo‘ladi. Kasallikning intoksikatsiya bilan kechishi ana shu toksin ta’siri bilan bog‘liq. Ichterlama mikrobining antigen tuzilishi ancha murakkab. Mikrob tanasida isitishga chidamli, somatik O-antigen mavjud. Undan tashqari, isitishga chidamsiz somatik Vi-antigen va xivchinida N-antigen bor. Faglarga nisbatan olganda qorin tifi mikroblarining 70 dan ortiq fagotiplari ma’lum. Fagotipni aniqlash epidemiologik nuqtai nazardan muxim ahamiyatga ega. Ayniqsa, kasallik avj olishlari ro‘i berganida, fagotipni aniqlash uning manbai bitta yoki bir nechta ekanligini ko‘rsatib beradi. Tashqi muhitda ichterlama mikrobi nisbatan turg‘un. Ular 50°S gacha qizdirilganda 60 min. 60°S esa 30 min. xayot faoliyatini saqlab qoladi. 100°S da o‘sha zaxoti o‘ladi. Bu mikroblar oqar suvda 5-10 kun, ko‘lmak suvda bir oyogacha, quduq suvida bir necha oygacha saqlanib turadi. Meva va sabzavotlar yuzasida 5-10 kun, idish-tovonlarda — 2 xaftagacha, go‘shtda 3 oygacha saqlanadi. Sutda ichterlama mikroblari saqlanibgina qolmay, hatto ko‘payadi xam. Tuproqqa tushgan mikroblar namlik yetarli bo‘lsa, 2-3 oy saklanib turadi. Ichterlama mikroblariga levomitsetin, ampitsillin kabi antibiotiklar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Download 151.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling