Tif-paratif kasalliklari


Download 151.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi151.96 Kb.
#1469724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Mavzu

Diagnostikasi. Ichterlamada, yuqorida eslatib o‘tilganidek, o‘ziga xos 
alomatlar: yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, harorat, asta-sekin ko‘tarilib, uzoq 
saqlanib turishi, terida rozeola toshmalari, tomir urishining xaroratdan orqada 
qolishi (nisbiy bradikardiya) bo‘lgan xollarda klinikasiga asoslanib tashxis qo‘yish 
qiyin emas. Qo‘shimcha ravishda epidemiologik ma’lumotlar bo‘lsa tashxis 
qo‘yish yana ham osonlashadi.
Lekin xar doim kasallik tipik ko‘rinishda kechmaydi. Ularning xaqiqiy 
mohiyatini aniqlashda laboratoriyada tekshirish usullaridan foydalanishga to‘g‘ri 
keladi. Ichterlama tashxisini qo‘yishda quyidagi laboratoriya usullardan 
foydalaniladi.
1. Gemokultura olish uchun qonni tekshirish, U erta tashxis qo‘yish 
usullaridan zisoblanadi. Amaliyotda, kasallik notipik kechadigan hollarni ham 
inobatga olib, tana harorati biror sabab bilan bog‘liq bo‘lmagan holda 3 kundan 
ortiq yuqori bo‘lib tursa, gemokulturaga qon olib tekshiriladi. Bu maqsadda katta 
yoshdagilarda bilak venasidan 5-10 ml qon olib, steril sharoitda (spirt lampasi 
alangasi ustida) safroli suyuqlikka yoki Rapoport muxitiga eqiladi. Kasallik 
mikroblari yaxshi o‘sishi uchun qon miqdori bilan ozuqa muhit nisbati 1:10 
bo‘lishi zarur. Demak, 50 ml safroli suyuqlikka solingan idishga 5 ml qon eqiladi.
Gemokultura olish uchun qonni tana xarorati yuqori bo‘lgan davrda, kasallikning 
qaysi kuni ekanligidan qatiy nazar, olish mumkin. Qonni gemokulturaga 
tekshirish uchun kech muddatlarda olinganida, uning miqdori 10-15 ml, xatto 
undan ortiq bo‘lishi lozim. Eqilgan qonni termostatda 37°S haroratda saqlanadi. 4 
kundan so‘ng dastlabki, 7 kunda esa yakuniy natija olinadi. Qonda ichterlama 
mikrobi – salmonella tifi topilshsh ijobiy natija xisoblanadi. Bunday natija,
kasallik qanday klinik ko‘rinishda kechishidan qatiy nazar, ichterlama tashxisini 
to‘la tasdiqlaydi.
To‘sh suyagidan punktat olib ekkanda xam tif mikroblarini topish mumkin.
Bemor antibiotik bilan davolansa, qondagi kasallik mikroblarini topish extimoli 
kamayadi. Shu sababli qonni antibiotik tayin qilinishidan oldin olib tekshirish 
zarur.
2. Najas
va
siydikni
bakteriologik
tekshirish uchun 
ekish.
Kasallikning 2haftasidan boshlab (ba’zan dastlabki kunlaridan) kasallik 
mikrobi najas va peshob bilan ajralib chiqa boshlaydi. Odatda siydik sterillangan 
idishga 50 ml miqdorida olinib, laboratoriyada uning cho‘kmasi Ploskirev,


Myo`ller yoki Kaufman muxitlariga eqiladi. Najasni esa 2-3 gr. miqdorida 
bo‘limning o‘zida laboratoriya tayyorlab bergan 10 ml li (penitsillin idishda) 
yuqorida nomi ko‘rsatilgan muxitlardan biriga eqiladi. Tekshirish natijasida 
siydikda ichterlama mikrobi topilsa, ijobiy urinokultura, najasda topilsa — 
koprokultura deyiladi Urino- va koprokultura ko‘proq kasallikning tuzalish davrida 
ijobiy natija beradi. Bemorda kasallik alomatlari tugaganidan keyin xam 
koprokultura (ba’zan urinokultura ham) olinishi bakteriya tashuvchilik holati 
shakllanganidan darak beradi. Respublikamiz saroitida ich terlamadan tuzalgan 
bemorlarning 3-5 foizida bakteriya tashuvchilik yuzaga kelishi aniqlangan.
3. Safroni bakteriologik tekshirish. U faqat bemor tuzalganidan so‘ng,
bakteriya tashuvchilik xolati bor-yo‘qligini qo‘shimcha isbotlash maqsadida 
o‘tkaziladi. Tekshirish uchun duodenal zond vositasida 12 bormoq ichakdan 
safroning A, V va S qismlari sterillangan idishga olinib, laboratoriyada 
tekshiriladi. Safroda mikrob topilishi bilikultura deb ataladi va bakteriya 
tashuvchilik mavjudligidan darak beradi.
4. Vidal reaksiyasi. U serologik reaksiya xisoblanadi, ya’ni qonda paydo 
bo‘lgan antitelolarni aniqlashga asoslangan. Antigelolar, odatda, kasallikning 6-7 
kunidan paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra Vidal reaksiyasi uchun qonni ana shu 
muddatlardan so‘ng sshshadi va xar xafta takrorlab teriladi. Reaksiya ko‘yishga O-
, N-, Vi-antigenlaridan foydalaniladi. 1:200 nisbatda yoki undan ko‘proq 
suyo`ltirilgan, qon zardobi bilan hosil bo‘lgan agglyutinatsiya reaksiyasi ijobiy 
xisoblanadi. Kasallik davomida keyingi xaftalarda olkb tekshirilgan qon zardobida 
reaksiya titri ortib boradi U 1:800, 1:1600, xatto 1:3200 natija berishi mumkin.
Vidal reaksiyasi uchun bilakdan 2-3 ml qon olinishi yetarlidir. Laboratoriyada 
uning zardobi ajratib olinib, reaksiya quyiladi.
Passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi (PGAR). Vidal reaksiyasiga nisbatan 
sezgirroq hisoblanadi. U kasallikning 3-4 kunlaridan so‘ng ijobiy natija bera 
boshlaydi. Reaksiya zo‘yish uchun bemor bormog‘idan olingan qon xam yetarli 
bo‘lishi mumkin. PGAR Vi-antigen bilan yuqori titrda natija berishi bakteriya 
tashuvchilikdan darak beradi.

Download 151.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling