Tif-paratif kasalliklari
Download 151.96 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
Epidemiologiyasi. Ich terlamasi antroponoz kasalliklar guruhiga kiradi.
Shuning uchun infeksiya manbai faqat odam. Bemor yoki bakgeriya tashuvchi tanasidan mikrob tashqariga najas va peshob orqali chiqadi. Ba’zi hollarda so‘lak bilan xam ajralishi mumkin. Kasallik mikrobi bemor tanasidan yashirin davrming oxirlariga chiqa boshlaydi va xasgalikning barcha davrlarida ajralib turadi. Ayniqsa, kasallikning 2-haftasi (avj olish) davridan boshlab ichterlama mikrobi bemor tanasidan juda ko‘p miqdorda ajralib chiqadi. Mikrob tanadan tuzalish (reqonvalessensiya) Davrida xam chiqib turadi. Bir gurux bemorlarda kasallikdan tuzalgandan so‘ng 3 oygacha mikrob ajralib turadi. Uni o‘tkir bakteriya tashuvchilik xolati deb ataladi. Ba’zi xollarda bu muddatdan keyin xam mikrob vakti-vaqti bilan bemor tanasidan chiqib turadi. 3 oydan ortiq muddatda bakteriyalar chiqishining davom etishi surunkaln bakteriya tashuvchilik xisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda keltirilishicha, surunkali bakteriya tashuvchilik uzok muddat, xatto umrbod davom etishi mumkin. Bundai bemorlar shaxsiy gigienaga e’tibor bermasalar, atrofdagi ko‘plab odamlarning kasallanishiga sabab bo‘ladilar. Ayniqsa, surunkali bakteriya tashuvchilar oshpaz, pazanda, tarbiyachi, vodoprovod inshootlarining xizmatchisi bo‘lsa, ular epidemiologik jixatdan g‘oyat xavfli xisoblanadilar. Bemor yoki bakteriya tashuvchi tanasidan ajralib chiqqan kasallik mikroblari tashqi muxitda turli sharoitga duch kelishi mumkin. Odatda, jasallik bevosita muloqot yo‘li bilan yoki oziq-ovqat, suv vositasida tarqaladi. Ichterlamaning tarqalishiga pashshalar xam sababchi bo‘ladi. Qaysi yo‘l bilan tarqalishidan katiy nazar, kasallik mikrobi sog‘lom odam organizmiga faqat og‘iz orqali tushadi. Bemorning oila a’zolari yoki tibbiyot xodimlariga kasallik asosan bevosita muloqot yo‘li bilan yuqadi. Bemorni parvarish qilayotgan odam shaxsiy gigienaga e’tibor bermasa, qo‘llari kasallik mikrobi bilan ifloslanadi va Og`iz orqali yuqib qoladi. Ifloslangan idish-tovoqlardan ham kasallik oson tarqaladi. Ichterlamaning tarqalishida suvning axamiyati katta. Bemor yoki bakteriya tashuvchi chiqindilari bilan ifloslangan suvni qaynatmay ichish avj olishlar xatto epidemiyaga olib keladi. Uning sababi surishtirilganida, suv bilan bog‘likligi tezda ayon bo‘ladi. Ba’zi xollarda, epidemiya davrida shubxa qilinayotgan manbadan suv namunasi olib, laboratoriyada tekshirilsa, ichterlama mikroblarink topish mumkin. Uning xususiyatlari bemorlardan ajratib olingan mikrob xususiyatlaridan farq qilmaydi. Axoli ichimlik suv bilan ta’minlanmagan xududlarda ichterlama suv orqali tarqalishi bilan bog‘liq avj olishlar ba’zan uchrab turadi. Kuduq suvi tarqatuvchi omil bo‘lganida, kasallanish faqat ushbu manbadagi suvdan foydalanadigan odamlar orasida kuzatiladi. Kasallikning suv orqali tarqalishi faqat xom suv ichgandagina emas, zararlangan suvda idish-tovoqlarni yuvganda xam ro‘y beradi. Ifloslangan suvda cho‘milish tufayli xam kasallik yuqadi. Oziqovqatlar xam kasallik tarqalishida muxim axamiyatga ega. Oziqovqatlarga tushgan kasallik mikrobi ularda yaxshi saqlanibgina qolmay, ko‘payishi xam mumkinligini inobatga olsak, yoz kunlarida respublikamiz sharoigida u goyat xavflidir. Kasallik ovqat vositasida tarqaganida, odatda yashirin davr qisqa bo‘ladi va ko‘pincha xastalik og‘ir kechadi. Kasallik mikrobi bilan zararlangan suv yoki ovqat maxsulotlari tarqatuvchi omil bo‘lganida, qisqa muddatda bir necha odamning kasallanishi epidemiologik jixatdan xarakterli xisoblanadi. Ichtrelama respublikamiz sharoitida yoz oylari, iyun-sentabrda ko‘proq qayd qilinadi. U issiq xaroratda mikrobning tashqi muhitda yaxshi saqlanishi, odamning suvga bo‘lgan extiyoji ortishi va jazirama issiq ta’sirida organizmning ximoya kuchlari susayishi bilan bog‘liq. Keyingi yillarda ichterlama respublikamizda, asosan, onda-sonda uchraydigan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan sporadik kasallanish xolida uchraydi. Aholining ichimlik suv bilan ta’minlanishi yaxshilanib borayotgani tufayli ichterlama bilan kasallanish yildan-yilga kamayib bormoqda. Kasallikdan so‘ng turg‘un o‘ziga xos immunitet xosil bo‘ladi. Patogenezi. Og`iz orqali ovqat xazm qilish yo‘llariga tushgan mikrob dastlab me’daning kislotali muxitga duch keladi. Uni yengib o‘ta olgan taqdirda ingikhka ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Ichterlamada asosiy patologik, o‘zgarishlar aynan ingikhka ichakda shakllanadi. Ingikhka ichak shilliq qavatida dastlab yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Ichakdagi peyyor blyashkalari orqali mikrob shu soxaning limfatik tugunlariga o‘tadi. Bu tutunlar ichak tutqichi orasida (mezenteral) joylashgan bo‘ladi. Limfa tuginlarida mikrob ko‘payadi va qonga tushib, bakteriemiya ro‘y beradi. Ana shu daqiqadan kasallikning yashirin davri tugab klinik alomatlari paydo bo‘ladi. Qon orqali aylanib yurgan mikrobning bir qismi o‘ladi va endotoksin ajraladi. Qolgan qismi turli a’zolarga — jigar, o‘t pufagi, buyrak va boshke a’zolarga o‘rnashib oladi. Bakgeriemiya, kasallik qanday kechishiga qarab, 2-3 xafta davom etishi mumkin. O‘t pufagidan mikroblar safro bilan ichakka qaytadan tushadilar va bir qismi tashqariga chiqa boshlaydi. Kasallik mikrobi ichak shilliq qavatiga qaytadan ta’sir etishi natijasida kuchli allfgik reaksiya rivojlanadi. Reaksiyaning to‘la rivojlanishi 4-5 xaftagacha davom etadi. Dastlab, peyer blashkalari yallig‘lanib burtib chiqsa, 2-xaftada ularning yuzasi nobud bo‘lgan (nekrotik) to‘qima bilan qoplanadi. 3-4 xaftada bu parda yo‘qolib, ostida yara paydo bo‘ladi. 5-xaftada yara bitadi. Yara chuqur joylashgan xollarda ichakdan qon ketishi, hatto ichak teshilishi kabi og‘ir asoratlar ro‘y berishi mumkin (2rasm). Ichakda ro‘y beradigan o‘zgarishlar asosan ingikhka ichakning pastki, yo‘g‘on ichakka to`ta shadigan joyida rivojlanadi (u un yonbosh soxasiga to‘g‘ri keladi). Download 151.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling