Tif-paratif kasalliklari
Download 151.96 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu
Klinikasi. Ichterlamada yashirin davr 7 kundan 21 kungacha bo‘ladi. O`rta
xisobda 14 kun. Bu davrda kasallik alomatlari bo‘lmaydi. Bu xastalik o‘ziga xos kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo‘lishi, cho‘zilib avjiga chiqishi va yana asta so‘nishi kuzatiladi. Avval kasallikning umumiy alomatlari paydo bo‘ladi. Bemor o‘zini noxush sezadi, quvvati kun sayin kamayib boradi, ko‘ngli ovqat tusamaydi, ishtaxasi yo‘qola boradi. Ishda tez charchab qoladi. Ko‘proq yotgisi keladi. Bu alomatlar ancha sekinlik bilan orta borgani tufayli, bemor kasallik boshlangan kunni aniq berishga xam qiynaladi Kasallikning muxim alomatlaridan biri - bosh og‘rishi. Bu og‘rik ham kun sayin zo‘raya boradi. Boshning xamma qismi to`ta sh og‘riydi. Tana xarorati xam asta-sekin ko‘tarila boradi. Odatda, kechkurungi harorat ertalabkisidan yuqoriroq, tungisi - kechagidan ortiqroq bo‘lib asta ko‘tarila boradi. Har kuni xarorat 0. 2-0. 3 darajaga orta boradi. Birinchi xafta oxiriga kelib, bu alomatlar avjiga chiqadi. Ushbu davrda tana xarorati 3940°S gacha yetadi. Intoksikatsiya alomatlari orta borgani sari darmonsizlik avjiga chiqadi, bemor yotib qoladi. Ishtaxa butunlay yo‘qoladi, ich yurishi qiyinlashib, qabziyat kuzatiladi. Bemorni atrofga hech qanday qiziqishi qolmaydi, o‘z dardi bilan "ovora" bo‘lib qoladi. Uyqisi buziladi. Ayrim bemorlarda kasallik o‘tkir boshlanadi. Bunday xolda yuqoridagi bayon etilgan alomatlar 2-3 kun davomida avjiga chiqadi, Ba’zan kasallikning dastlabki davrida ich ketishi kuzatiladi. Kasallik o‘gkir boshlanganida qo‘loyoq bo‘gamlari, bel zirqirab og`rishi ham mumkin. Kasallik avjiga chiqqan davrda tana xarorati ba’zan 1-2 hafta 39-40°S da saqlanib turadi. Bunda ertalabki va kechki ko‘rsatkichidagi farq 1°S dan ortmaydi (doimiy xarorat). Keyinchalik xarorat asta- sekin (ba’zan 2-3 kun ichida) pasayib, ma’yoriga yetadi. Shuning uchun kasallik tipik kechganida isitma egri chizig‘i trapetsiyani eslatadi yoki to‘lqinli bo‘lishi mumkin. Bemorni ko‘zdan kechirganda, kasallik avj olgan davrdagi holati ancha xarakterli. Xarorat yuqori bo‘lishiga qaramay, teri oqargan bo‘ladi. Bemorda bezovtalanish alomatlari bo‘lmaydi Aksincha, u xomush, parishonxotir bo‘ladi. Kasa. llik og‘ir kechganida bemor xushsiz xolatda bo‘lishi mumkin. Kasallikning 7-8 kunidan boshlab qorin terisida pushti rang rozeolalar paydo bo‘ladi. Ular kichkina (diametri odatda 0. 5 sm. dan ortmaydi), dumaloq shaklda bo‘ladi. Rozeolalar soni unchalik ko`p bo‘lmaydi (8-10 ta), atrofidagi teridan keskin ajralib turadi, bosib ko‘rilganda yoki terini tarang qilinsa yo‘qoladi. Odatda 4-5 kundan so‘ng rozeolalar iz qoldirmay yo‘qoladi. Ba’zan birinchi rozeolalar yo‘qolgach, yonverida qaytadan toshma paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda rozeola ko‘krak, biqin soxalariga xam toshadi. Rozeola toshmalari tif-paratif kasalliklariga xos belgi. Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo, u xarorat ko‘tarilishiga mos kelmaydi. Odatda tana harorati 1°S ko‘tarilganida, tomir urishi bir daqiqada 10 taga tezlashadi. Ichterlamada esa undan kamroq tezlashadi. Masalan, boshqa kasalliklarda harorat 40°S bo‘lggnida tomir urishi minutiga 120- 130 marta bo‘ladi. Ichterlamada esa, 100-110 ta bo‘lishi mumkin. Bunday xolat tomir urishining xaroratdan orqada qolishi yoki nisbiy bradikardiya deyiladi. Tomir urish tarangligi xam pasayadi, ba’zan dikrotik (qo‘sh to‘lqinli) puls aniqlanadi. Qon bosimi pasayadi. Yurakni eshitib ko‘rganda, tonlari to‘mtoqlashadi, ba’zan sistolik shovqin xam ashitiladi. O`pkani eshitib ko‘rganda, bronxlar yallig‘lanishi yoki o‘chog‘li pnevmoniya alomatlari bo‘lishi mumkin. Ovqat xazm qilish yo‘llarini tekshirganda kasallikka xos kupgina belgilar aniqlanadi. Xastalikning birinchi xaftasi oxiridan boshlab lablar va til quruq boladi, kattalashadi va oq rangli karash bilan qoplanadi. Til chekkalarida tish izlari tushib qoladi. Ba’zan og‘izdagi mikroblar faolligi oshib, tilning yaqqol yallig‘lanish alomatlari ko‘rinadi. Unda til kulrang karash bilan qoplanadi Infeksiya jag‘ bezlariga tarqalsa, parotit rivojlanadi. Ayrim xollarda tildan mayda qon tomirlari yorilib, til ustida qo‘ng‘ir rangli karash paydo bo‘ladi. Tomoqni kuzdan kechirganda bodomcha bezlari kattalashganini ko`rish mumkin. Ba’zan kasallikning dastlabki kunlarida angina alomatlari bo‘ladi. Uni Dyuge anginasi deyiladi. Qorin ko‘p hollarda ko‘pchigan bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda, Qorinda, ayniqsa, o‘ng yonbosh sohasida quldirish va og‘riq aniqlanadi. Kasallikning 2-xaftasidan boshlab jigar va taloq kattalashadi. Ich kelishi kamayadi, ko‘pincha qabziyat kuzatiladi. Ko‘p xollarda kasallik boshlanganidan 2-3 hafta o‘tgach, asta-sekik tuzalish davri boshlanadi. Haroratning tusha boshlashi bosh og‘rig‘i kamayishi, bemorda ishtaha paydo bo‘lishi tuzalishning dastlabki belgilari hisoblanadi. Yana bir muxim alomat - siydik ajralishining ko‘paya boshlashi ham tuzalishdan darak beradi. 1-2 hafta ichida harorat pasaya borib, me’yorigacha tushadi. Shunga monand ravishda bemorning ahvoli ham yaxshilanib boradi. Ishgaxa ochiladi, uyqu yaxshilanadi, bosh og`rishi butunlay yo‘qoladi. Asta-sekin quvvat paydo bo‘ladi. Tildagi karash yo‘qoladi, jigar va taloq kichrayib, o‘z holatiga qaytadi. Kasallik avjiga chiqqan davrda (2-3 xaftada) og‘ir oqibatlar: ichakdan qon ketishi va ichak teshilishi mumkin. Ichakda qon ketishi kamroq, qisqa muddatli yoki aksincha, ko‘p va uzoq muddatli bo‘ladi. Birdaniga ko‘p qon ketganida bemorning rangi tusatdan keskin okaradi, tomir urnshi g‘oyat tezlashadi. Qon bosimi yana xam pasayib kegadi. Tana xarorati kisqa muddatga me’yorigacha tushib qolishi mumkin. Qondagi eritrotsitlar va gemoglobinlar miqdori kamayib ketadi. Og‘ir xollarda kollaps — o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Oradan 2-3 kun o‘ggach, ich qora rangli bo`lib kelishi ichakdan qon ketganini bildiradi. Ichakdan yaraning teshilishi g‘oyat og‘ir asoratlardan xisoblanadi. U ko‘proq kasallikkning 3-4 xaftalarida ro‘y beradi. Yara ichakda chuqur joylashgan xollarda uning butun devoriga (shilliq qavatidan seroz pardasigacha) tarqalib, ozg`ina kuchanish, xatto ichak peristaltikasi ta’sirida teshilib ketishi mumkin. Bu jarayon sodir bo‘lganida, ichak ichidagi modda qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Aynan o‘sha dakiqada bemor kornida qandaydir yengillik seegandek bo‘ladi. Birozdan so‘ng qorinning o‘ng yonbosh qismida og‘riq yuzaga keladi. Qorinni paypaslab ko‘rganda og‘riq kuchayadi. Ichak tutqichi yallig‘lanishiga xos bo‘lgan Shyotkin- Blyumberg simptomi paydo bo‘ladi. Qorin muskullari qisqa muddatga taranglashadi. Keyinchalik qorni ko‘pchiydi. Tomir urishi tezlashadi, bemor terlaydi. Qonni tekshirib ko‘rilganida leykopeniya o‘rniga leykotsitoz paydo bo‘ladi. Ichterlamaning bulardan boshqa asoratlari xam uchrab turadi Pnevmoniya, xoletsestig, otit, parotit, pielonefrit, tromboflebitlar shular jumlasiga kiradi. Kasallikni antibiotiklar bilan davolash amaliyotga-tadbiq etilganidan beri bu asoratlar kam uchramoqda. Kasallik ko‘p hollarda tuzalish bilan tugaydi. Ba’zan bemorlarda tuzalish davri boshlanganida zo‘riqish (uzilish) kuzatiladi. Uning asosiy belgisi — pasaya boshlagan isitmaning qayta ko‘tarilishi xisoblanadi. Shuningdek, bemorning umumiy axvoli xam og‘irlasha boshlaydi. Intoksikatsiya alomatlari ortadi. Bosh og‘rishi kuchayadi. Uyqu buziladi. Yotish rejimiga rioya qilinmaganida, parxez buzilganida yoki turli stress omillar ta’sirida ichterlama bilan og‘rigan bemorning uzilib qolishi ko‘proq kuzatiladi. Bunda qaytadan ko‘tarilgan isitma 2-3 kundan bir necha kungacha saklanib turishi mumkin. Bemor bunday zo‘riqishlarni og`ir o‘gkazadi, chunki u dastlabki xastalikdan hali o‘ziga kelib ulgurmagan, immunitet to‘la tiklanmagan bo‘ladi. Ichterlamaning zo‘rayishi kasallikning og‘ir oqibatlar bilan tugallanish extimolini oshiradi. Ba’zan bemor ichterlamadan tuzalganidan so‘ng, oradam 1-2 hafta o‘ggach, kasallik qaytalanishi kuzatiladi. Uni tibbiy iborada retsidiv deb ataladi. Retsidiv ro‘y berishiga, ko‘pincha bemorning tezda ishga kirishib ketishi, toliqib qolishi, yetarli ovqatlanmasligi sabab bo‘ladi, Yoz kunlari oftobda uzoq yurish xam xastalik qaytalanishiga olib kelishi mumkin. Retsidivda kasallik alomatlari qaytadan paydo bo‘ladi va avvalgidek, ma’lum qonuniyat bilan kechadi. Odatda, retsidivlar asosiy kasallikka nisbatan yengilroq o‘tadi, isitmalash davri qiskaroq bo‘ladi. Retsidivlar 2-3 marta takrorlanishi xam mumkin. Kasallikning bayon qilingan alomatlar bilan kechishi ko‘proq uchrab tursa ham, uning yengil, sezilar-sezilmas alomatlar bilan, ba’zan "oyoq uchida" yurib o‘tkazadigan xollari xam uchrab turadi. Lekin, og‘ir asoratlarni ro‘y berishi kasallikning qanday og‘irlikda kechishi bilan to‘liq bog‘liq emas. Jumladan, ba’zan 1-2 kun isitmalab, "tuzalib" ketgan bemorlarda oradan 2- 3 xafta o‘tgach, to‘satdan ichak teshilishi ro‘y bergan xollar xam uchrab turadi. Ichterlamaning g‘oyat yengil - xarorat biroz ko‘tarilishi, intoksikatsiya deyarli ro‘y bermaydigan atipik (ambulator) shakllark yoki 2-3 kunlik isitma, yengal intoksikatsiya bilan cheklanib o‘gib ketadigan abortiv turlarini vaqtida aniqlash qiyin. Bunday zollarda, ham epidemiologik nuqtai nazardan (kasallikni atrofdagilarga tarqatish jihatidan), xam asoratlar quzatilishi mumkinligidan, xavfli xisoblanadi, Download 151.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling