Tif-paratif kasalliklari
Download 151.96 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu
Profilaktikasi. Ichterlamaning oldini olishda kasallikni erta aniqlash muxim
axamiyatga ega. Shu maqsadda 3 kundan ortiq isitmalangan bemorlardan ambulatoriya sharoitida qon olib gemokulturaga tekshirib ko‘riladi. Kasallik qanday og‘irlikda kechishidan qat’iy nazar, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizib davolanadi. Bemorning uyida yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkaziladi. Bemor foydalangan ko‘rpa-to‘shak, kiyim-kechaklari dezokamerada zararsizlantiriladi. Idish-tovoqlar qaynatiladi. xojatxonaga xlorli oxak yoki lizol eritmasi sepiladi. Kasallik o‘chog‘ida yana ko‘yidagi tadbirlar amalga oshiriladi. 1. Bemor bilan muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati tuzilib, 21 kun davomida ertalab va kechqurun ularning isitmasi o‘lchab turiladi. 2. Isitmasi ko`ta rilgan bemorlar extiyotdan (provizor maqsadda) shifoxonaga yuborilib shifokor kuzatuvida bo‘ladilar. 3. Bemor bilan muloqotda bo‘lganlardan 2 marta najas ekmasi olib, laboratoriyada koprokultura olish uchun tekshiriladi. 4. Biror joyda kasallik avj olishi ro‘y bersa, tibbiyot xodimlari xovlimaxovli yurib, bemorlarni aniqlab shifoxonaga jo‘natiladi. Kasallikning oldini olishda shaxsiy gigienaning axamiyati katta. Pokiza odamlarga ich terlamasi kam yuqadi. Ochiq suv Havzalaridan olingan suvni faqat qaynatib ichish kerak. Spetsifik profilaktika maqsadida ichterlama vaksinasi bilan emlash o‘tkaziladi. Vaksina kurak terisi ostiga yuboriladi, ko‘p yillar davomida kasallik uchrab turgan xududda yashovchi axoli orasida aprel-may oylarida emlash o‘tkaziladi. Ana shunda kasallik keng tarqaladigan muddat (iyunsentabr oaylari) gacha emlangan odamlarda sun’iy immunitet shakllanib bo‘ladi. Ichterlamaning tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilar muxim o‘rin to`ta di. Shuning uchun ushbu toifa odamlar tuman SES lari ro‘yxatida bo‘ladilar va xar 3 oyda laboratoriya tekshirishidan o‘gkazib turiladilar. Uning atrofidagilar xar yili emlab turiladi. Shuningdek, kasallik uchrab turadigan, epidemik jixatdan nosog‘lom maxalla, qishloqlarda yoz mavsumi davomida salmonellyoe bakteriofagi vositasida profilaktika olib borish mumkin. Bakteriofag tabletka yoki suyuq xrlda bo‘ladi. Tabletka 1 donadan 3 kun oralatib — xaftasiga 2 marta butun yoz oylar davomida berib boriladi. Ro‘yxatga olingan surunkali bakteriya tashuvchilar oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish korxonalari, do‘qonlari, bolalar muassasalari va vodoprovod inshootlarida ishlashiga ruxsat berilmaydi. Jamoa profilaktikasida axolining sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash katta axamiyatga ega. Axoli vodoprovod suvi bilan to‘la ta’minlangan joylarda ichterlama juda kam uchraydi. Turar joylarning sanitariya xolati yaxshi bo‘lishi, maishiy chiqindilar maxsus joylarda to‘planib vaqtida olib ketilishi xam, kasallik oldini olishda muxim axamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling