O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet7/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PATOGENEZI
Covid-19 infekstiyasining patogenezi yaxshi o’rganilmagan. Covid-19 virusi yuqori va quyi nafas yo’llarining epiteliy ҳujayralari va ichaklar enterostitlari ichiga kirib olish qobiliyatiga ega. Epiteliy va enterostitlar qobig‘idagi angiotenzin – o’zgarib II fermentga (APF2)aylanadi. Shu omil viruslarning ҳujayralarga kirib olish qobiliyatini oshiradi. Viruslar nafas olish organlari, qizilo’ngach, ichak, yurak, bosh miya gipofiz ҳujayralarni qobig‘ida joylashadi. Ammo SARS-Cov-2 virusning ko’proq to’planadigan asosiy joyi alveolalar ҳujayrasidir. Ko’p ҳolda bemorlarda rinofarengit yoki enterit jaroҳatlanishi kuzatiladi, isitma chiqmaydi (subklinik shakli). Ayrim bemorlarda viruslar jaroҳatlashi ҳech qanday klinik belgilarsiz kechadi (Innaparat shakli), ammo, bunday bemorlar viruslarni tashqariga chiqarib turishi aniqlangan, ular virus tashuvchilik ҳolatini vujudga keltiradi. Bemorlarda ikkilamchi immunitet tanqisligi kuzatiladi va viruslar qonga o’ta boshlaydi. Virus qobig‘idagi lipidlar ya’ni koronavirus glikoproteini bemor endoteliostitlariga, ya’ni yurak, buyrak va boshqa organlar kapillyar qon tomir ҳujayralariga nisbatan tropik xususiyatga ega bo’lganligi uchun viruslar tez orada qonga o’tadi. Covid-19 virusining angiotenzin – resteptori, ferment II ga aylanadi. Bemor organizmining barcha organlaridagi kapillyarlar jaroҳatlanishi kuzatiladi. Birin-ketin parenximatoz organlarda destrukstiya, degradastiya, ҳattoki nekroz kuzatiladi. Covid-19 da asosiy jaroҳatlanish parenximatoz organlarning funkstional etishmasligiga olib keladi. Destrukstiya jarayoni yuqori va quyi nafas yo’llarida kuzatiladi. Shu tufayli bemorlar yo’talganda, aksirganda, gapirganda juda ko’p miqdorda viruslarni tashqi muҳitga chiqaradi. Birlamchi virusemiya, endovaskulit, destukstiya, degradastiya, nekroz bemor isitmasini ko’taradi, intoksikastiya alomatlarini vujudga keltiradi. Koronavirus Covid-19 ning eng ayanchli klinik ko’rinishi o’pkaning diffuz yallig‘lanishi (pnevmoniya). Shu bilan boshqa organlar funkstional etishmasligi kuzatiladi. Shuni qayd etish kerakki, Covid-19 virusi surunkali kasalliklari bor bemorlarda va yoshi katta bemorlarda shiddatli rivojlanadi. Ushbu bemorlar orasida o’lim ҳolatlari ko’payadi. Surunkali yurak xastaligi, surunkali o’pka xastaligi, surunkali jigar, buyrak kasalligi bo’lgan bemorlar, ҳamda qandli diabet kasalligi bor bo’lgan bemorlar Covid-19 ga moyilligi juda yuqori va xastalikning birinchi kunidan boshlab asoratlar rivojlanadi.
Covid-19 kasalligini boshidan o’tkazgan bemorlarda immunitet shakllanadi va uzoq vaqt saqlanib turadi. Ikkilamchi immuniteti past bo’lgan bemorlarda, ҳamda kasallikni subklinik, innaparat shaklda boshidan kechirgan bemorlarda immunitet sust shakllanadi. Shu tufayli ushbu bemorlarda koronavirus infekstiyasi bilan qayta kasallanishi ҳolati bo’lishi mumkin. Maxsus immunitet boshqa guruҳga mansub koronavirus chaqirgan kasallikdan ҳimoya qila olmaydi.
Covid-19 infekstiyasining patogenezida quyidagi bosqichlar kuzatiladi:
1 bosqich. Viruslarning organizmga kirish bosqichi.Covid-19 epiteliotrop va toksigen xususiyatga ega bo’lganligi uchun yuqori nafas yo’llaridagi epiteliy ҳujayralarini zararlaydi. Zararlangan epiteliy ҳujayralarda viruslarning tez ko’payishi kuzatiladi.
2 bosqich. Yuqori nafas yo’lidagi zararlangan epiteliy ҳujayralarida kuchli degradastiya, deskvamastiya, kapillyar tomirlarning emirilishi, zararlangan epiteliylarning emirilishi va viruslarning tashqi muҳitga chiqishi kuzatiladi. Bemorlarda yuqori nafas yo’llarining kataral yallig‘lanishi qayd etiladi.
3 bosqich. Infekstion-allergik o’zgarishlar davri. Ushbu bosqichda bemor organizmining yuqori nafas yo’llarida autoallergiya jarayoni, toksikoz (zaҳarlanish) kuzatiladi. Og‘izda maza bilmaslik, yuqori isitma, quruq yo’tal, nafas olishning qiyinlashishi, ҳid sezmaslik, laringit, trixeit, bronxit, soxta krup, bronxialit alomatlari kuzatiladi. Ҳid va ta’m bilmaslik virusning markaziy asab tizimiga o’tib, ҳid bilish nervlarini jaroҳatlashi bilan bog‘liq.
4 bosqich. Virusli-bakterial jaroҳatlanish davri. Bemor organizmida virusemiya, toksinemiya va bakterial jaroҳatlanish kuzatiladi. Bemorlarda ikki taraflama bronxit, ikki taraflama pnevmoniya, miokardit, enstefalit, seroz meningit, nefrit kabi klinik ko’rinishlar asorat sifatida kuzatiladi. Covid-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘ir pnevmaniya, o’tkir nafas etishmasligi, og‘ir miokardit, o’tkir buyrak etishmasligi kuzatiladi. Qon quyuqlashuvi natijasida, giperkoagulyastiya, tromboz ҳollari ҳam kuzatilishi mumkin.
5 bosqich. Immunitetning jadallanish va antitelalar chiqish davri. Ushbu davrda bemorlar qonida virusga qarshi maxsus aglyutininlar, gemagglyutininlar, ҳujayra immuniteti, ayniqsa qon ҳujayra immunitetlari shakllanadi. Demak, Covid-19 chaqirgan kasallik patogenezida birlamchi virusemiya, viruslar toksinlari, ikkilamchi endogen bakteriyalarning faollashishi, xastalikning kechishi, asoratlari va oqibatlari tuzalgandan so’ng virusga qarshi immunitetni shakllantiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, Covid-19 ning toksini ҳamda allergik jarayoni eng avval markaziy va periferik asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada bemor organizmi kapillyar va qon tomirlarining zararlanishiga olib keladi. O’z vaqtida ikkilamchi bakteriyalar faolligining oshishi og‘ir asoratlarga (pnevmoniya) olib kelishi va ushbu asoratlardan o’lim ҳolatlari qayd etilishi mumkin. O’lim
ҳolatining ko’payishi Covid-19 ni o’ta ҳavfli yuqumli kasalliklar guruҳiga mansubligini isbotlaydi.
Endogen bakterial flora (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk va ҳ.k.) Covid-19 xastaligining og‘ir kechishi, kasallikning cho’zilishi, og‘ir bronxit, pnevmoniya, laringotraxeit, miokardit, nefrit, seroz meningit, meningoenstefalit kabi asoratlar sababi ҳisoblanadi. Chunki endogen bakteriyalar nafas olish tizimining ҳimoya funkstiyasini keskin kamaytiradi. Natijada allergiya (virusli) autoallergiya, ikkilamchi immunodefistit ҳolati rivojlanadi.



Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling