O‘quv-uslubiy
MITRA (avesto, do‘stlik, keliShuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri. MOBAD
Download 1.36 Mb.
|
Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- MORMONLAR
- MUQADDAS YOZUV, XUSHXABAR
- MUTAASSIBLIK
MITRA (avesto, do‘stlik, keliShuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
MOBAD – diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qoliSh mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi, o‘rta maqomli ruhoniy. MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan Shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud. MONIYLIK - 3-asrda eronda vujudga kelgan psevdo oqim. Asoschisi Moniy ibn Fatak. M. koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxShilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kuraShni e’tirof etishga asoslanadi. MORMONLAR - 1830 yili NYu-YOrk (AQSH) Shahrida Jozef Smit (1805-1844) ismli Shaxs tomonidan asos solingan. Iso Masihning qayta tiriliSh joyi Amerika qit’asi, YAngi Quddus Amerikada quriliShi, unda mormonlar najot topiShini ilgari suruvchi oqim. MOTURIDIYLIK - movarounnahrlik olim, buYuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos solgan. Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. MUBOH – islom Shariati qiliSh yoki qilmaslikni kiShilar ixtiyoriga qo‘ygan amallar. MUJTAHID - so‘zi lug‘atda intilganiga etish uchun butun kuch quvvatini sarflovchi ma’nosini bildiradi. Istilohda Shar’iy hukm chiqariSh salohiyatiga ega faqih mujtahid deyiladi.MUQADDAS YOZUV, XUSHXABAR – xristianlikning muqaddas kitobi «Injil»ga nisbatan iShlatiladigan nomlar. MUQADDAS RIVOYATLAR – «Bibliya» tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar. MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘riniShidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaraliShida iShtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomilador bo‘lgan. MUSANNAF – hadis to‘plamlarining muayyan mavzularga ajratilgan turi. MUSNAD – 1. Isnodi muttasil raviShda o‘z nihoyasiga etgan hadis, ya’ni sanadi bilan rivoyat qilingan hadis. 2. Sanad, isnod so‘zlarining sinonimi. 3. Hadis to‘plamlarining turi. MUTAASSIBLIK - ma’lum bir mafkura va qaraShlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, ko‘r-ko‘rona va hissiyotlarga berilib ergaShiSh va ularga amal qiliSh. Qandaydir tuShunchalarga, e’tiqodga yoki dunyoqaraShga sodiqlikning eng so‘nggi darajasi.Mutaassiblikning eng keng tarqalgan ko‘riniShi bu - diniy mutaassiblik. MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yiShi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan kiShilarning boShdan oxirigacha o‘zlari kabi kiShilardan naql qilgan rivoyati. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling