O‘quv-uslubiy


Download 1.36 Mb.
bet60/74
Sana17.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1540792
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bog'liq
Dinshunoslik

ILM AL–JARH VA–T–TA’DIL – roviylarning adola­ti va zabti haqida bahs Yuritib, ularning iShonchli yoki iShonchsizligi haqida yakuniy xulosa chiqaruvchi roviyga tanqidiy yondaShiSh ilmi.
ILM AR–RIJOL –roviy haqida to‘liq ma’lumotni o‘rganuvchi hadis ilmi sohasi.
ILOHIY KITOB – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga no­zil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kitoblari.
IMON iShonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan tasdiqlaSh (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir.
INDRA – zo‘rlik, zulm ma’budi, Axriman tarafdori.
INJIL – (Yunoncha, «Evangelie») «YAngi Ahd»dagi Mark, Matto, Luqo va YUhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘‘jizalari bayon qilingan.
INTEGRATORLIK - Dinning individ, guruh va institutlarni birlaShtiriSh vazifasi. Integratsiya Shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlaydi.
ISLOM – (arabcha, taslim bo‘liSh, bo‘ysuniSh) yagona Allohga bo‘ysuniSh ma’nolarini beradi.
IEGOVO SHOHIDLARI - protestantlik yo‘naliShlaridan biri. 1873 yilda CHarlz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan.
KALOM – so‘z, nutq ma’nosini bildiradi. Mo‘‘taziliylar paydo bo‘lgandan keyin aqida ilmining nomi «kalom» deb atala boShlangan.
KARDINALLAR KOLLEGIYASI – Rim katolik cherkovi­dagi oliy kengaSh. Papa o‘rni bo‘Shab qolganda uning va­zifasini bajariSh va yangi Papani saylaSh vazifalarini bajaradi.
KASTA – hinduiylikda ayni iSh bilan Shug‘ullanuvchi, ot­alardan meros qolgan haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan Shaxslar toifasidir. Kasta insonlar tomoni­dan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga keliSh mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi.
KIBERMAKON - dunyo kompYuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui. UShbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalaSh uchun iShlatiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling