O‘quv-uslubiy
Download 1.36 Mb.
|
Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEV VIZARESH
- DIAKON
- DIN ARKONLARI
- DINIY eKSTREMIZM
- DINIY SEKTA
DAHRIY – ATEIST - Xudodan Yuz o‘giriSh, Xudoni inkor etgan holda inson aql-idrok kuchini iqror etish demakdir.
DASTUR – Mobad oilasiga mansub Zardusht ruhoniylari tabaqasining Yuqori vakili. DAXMA – Zardushtiylikda erdan 4–5 metr balandlikda silindr Shaklida bo‘lgan maxsus joy bo‘lib, unga o‘liklar ustma–ust tartib bilan yotqiziladi. DAEN – Zardushtiylikda imon, yaxShi amal, u inson vafotidan so‘ng go‘zal qiz qiyofasida ko‘rinib, uni CHinvanda ko‘prikdan olib o‘tiShga yordam beradi. DEV VIZARESH – Zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning qilmiShi yovuzlik bo‘lsa, jazo beruvchi, do‘zaxga taShlovchi ma’bud. DENKART («Imon faoliyati») – IX asrda Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan. DIAKON (Yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik darajasi. DIN - (arab. – e’tiqod, iShonch, itoat) – xudo yoki xudolar, g‘ayritabiiy kuchlar mavjudligiga iShoniSh. D. muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladigan, olam, hayot yaratiliShini tasavvur qiliShning alohida tarzi, uni idrok etishning o‘ziga xos usuli. DIN ARKONLARI – ma’lum bir dindagi asosiy ibodatlar majmui. DINIY BAG‘RIKENGLIK – kiShilar va jamiyatda diniy asosda o‘zaro bir–birini tuShuniSh, xolis va haqqoniy bilimlar, adolatli va haqiqiy baholar, o‘zaro hurmat va iShonchga, hamjihatlik va hamkorlikka asoslangan qaraShlar va amaliy faoliyat tizimini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy–madaniy hodisa. DINIY eKSTREMIZM – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etib, ularga zid bo‘lgan «g‘oyalar» va amallarni agressiv tarzda targ‘ib qiliShdir. DINIY MUTAASIBLIK – o‘z aqida va g‘oyalarining Shak–Shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq iShoniSh, ularga mukkasidan berilganlikni, boShqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qaraShlar va xatti–harakatlar majmui. DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid raviShda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling