QUT – Quvvat, kuch, energiya manbai. Tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, u insonning moddiy tirikligi sababidir.
REGULYATORLIK - Dinning ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boShqariShdan iborat
RIG VEDA – «Madhiyalar vedasi», xudolarga aytilgan madhiyalar to‘plami bo‘lib, tangrilarni ulug‘laSh maqsadida yozilgan, 1017 ta ilohiydan tashkil topgan. Har bir ilohiy 10 ga yaqin «oyat»dan iborat. Bu ilohiylar o‘nta kitob, ya’ni Mandalaga bo‘linadi. Ular ichida eng uzuni 191, eng qisqasi 43 ta ilohiydan iborat.
RIM PAPASINING QARORLARI – turli davrlarda Papa tomonidan chiqarilgan din sohasidagi qarorlar. Rim katolik cherkovi aqidasiga binoan Papaning qarorlari ham muqaddas ahamiyatga ega.
ROJDESTVO – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam tanasida mujassam bo‘lib tug‘iliShi kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. UShbu bayram haqidagi ilk ma’lumotlar IV asrga tegiShli xristian manbalarida qayd qilingan.
ROHIB (Yunoncha, monax – «zohid») – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan Shug‘ullanuvchi Shaxs.
RO‘ZA – yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida kunduz kunlari eyiSh–ichiSh va jinsiy aloqada bo‘liShdan tiyiliSh.
SAHIH – isnodi boShidan oxirigacha adolatli, aniqlik egasi bo‘lgan kiShining o‘zi kabi kiShidan rivoyat qilgan, Shozz (o‘zidan kuchliroq roviyga qarShi turiSh) va illatli (noqislik) bo‘lmagan hadis.
SAHOBIY – Rasululloh (a.s.)ni imon keltirgan holda ko‘rgan va Shu musulmonlik holida vafot etgan kiShi.
SEKTA - faqat o‘zini «haq din», insonlarni «najotga etkazuvchi» deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruhdir.
SEKULYARIZM - so‘zi lotincha «saeculum» so‘zidan olingan bo‘lib, «dunyoviy» degan ma’noni anglatadi. U davlat va jamiyat boShqaruvida diniy an’analar o‘rnini dunyoviy qonunchilik tizimi egallaShiga nisbatan iShlatiladi.
SINAGOGA (Yunoncha, «sinagoge» – «yig‘iliSh», ibroniycha «beyt kneset» – «yig‘iliSh uyi») – Yahudiylikda asosiy ibodat va marosimlar o‘tkaziladigan joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |