O‘quv-uslubiy


MITRA (avesto, do‘stlik, keliShuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri. MOBAD


Download 1.36 Mb.
bet63/74
Sana17.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1540792
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
Dinshunoslik

MITRA (avesto, do‘stlik, keliShuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri.
MOBAD – diniy marosimlarni avloddan avlodga saqlab qoliSh mas’uliyatini olgan, ruhoniylar oilasi, o‘rta maqomli ruhoniy.
MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan Shug‘ullanadigan joy, muas­sasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud.
MONIYLIK - 3-asrda eronda vujudga kelgan psevdo oqim. Asoschisi Moniy ibn Fatak. M. koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxShilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kuraShni e’tirof etishga asoslanadi.
MORMONLAR - 1830 yili NYu-YOrk (AQSH) Shahrida Jozef Smit (1805-1844) ismli Shaxs tomonidan asos solingan. Iso Masihning qayta tiriliSh joyi Amerika qit’asi, YAngi Quddus Amerikada quriliShi, unda mormonlar najot topiShini ilgari suruvchi oqim.
MOTURIDIYLIK - movarounnahrlik olim, buYuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos solgan. Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
MUBOH – islom Shariati qiliSh yoki qilmaslikni kiShi­lar ixtiyoriga qo‘ygan amallar.

MUJTAHID - so‘zi lug‘atda intilganiga etish uchun butun kuch quvvatini sarflovchi ma’nosini bildiradi. Istilohda Shar’iy hukm chiqariSh salohiyatiga ega faqih mujtahid deyiladi.


MUQADDAS YOZUV, XUSHXABAR – xristianlikning muqaddas kitobi «Injil»ga nisbatan iShlatiladigan nomlar.
MUQADDAS RIVOYATLAR – «Bibliya» tarkibiga kir­magan, cherkov avliyolari tomonidan qabul qilingan hujjatlar va nomalar.
MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘riniShidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaraliShida iShtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomila­dor bo‘lgan.
MUSANNAF – hadis to‘plamlarining muayyan mavzularga ajratilgan turi.
MUSNAD – 1. Isnodi muttasil raviShda o‘z nihoyasiga etgan hadis, ya’ni sanadi bilan rivoyat qilingan hadis. 2. Sanad, isnod so‘zlarining sinonimi. 3. Hadis to‘plamlarining turi.
MUTAASSIBLIK - ma’lum bir mafkura va qaraShlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, ko‘r-ko‘rona va hissiyotlarga berilib ergaShiSh va ularga amal qiliSh. Qandaydir tuShunchalarga, e’tiqodga yoki dunyoqaraShga sodiqlikning eng so‘nggi darajasi.Mutaassiblikning eng keng tarqalgan ko‘riniShi bu - diniy mutaassiblik.
MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yiShi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan kiShilarning boShdan oxi­rigacha o‘zlari kabi kiShilardan naql qilgan rivoyati.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling