MAVZU – Rasululloh (a.s.)ga nisbat berilib to‘qilgan yolg‘on hadis.
MAGEN DAVID – Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmiSh olti bo‘rchakli «Dovud Yulduzi».
MAKRUH – bajariliShi yomon sanalgan amal.
MARK – «Injil» mualliflaridan biri. Havoriylardan Pyotrning Shogirdi bo‘lgan. Aleksandriyada cherkov tuzib, o‘zi birinchi episkop bo‘lgan.
MATTO (Matfey) – «Injil» mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. «Injil»da Leviy Matfey va Leviy Alfeev nomlari bilan ham tilga olinadi.
MAHAYANA – «katta g‘ildirak», ilk buddaviylikning diniy–axloqiy yo‘naliShlaridan bo‘lib burchga sodiqlik, pok bo‘liSh haqidagi qaraShlardan Yuzaga kelgan.
MAHSHAR – qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan joy
MASHHUR – isnod yo‘llarining har birida uchta va undan ortiq Shaxslar tomonidan rivoyat qilingan va mutavotir darajasiga etmagan hadislar.
MEDITATSIYA – «fikrlaSh, o‘ylaSh», Shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur beriliSh holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm.
MEHRJON – 23 sentyabr kuni niShonlanadigan Hosil bayrami.
MILLIY DINLAR - Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e’tiqod qiladigan dinlar tuShuniladi. Bunday dinlar ShakllaniShining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlaSh lozim.. dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, politeistiq ya’ni kup xudolik dinlari bo‘lgan.
MIRO MOYI (Yunoncha, «xuShbo‘y moy») – xristianlikning etti sirli marosimlaridan birida tanaga suriladigan xuShbo‘y moy. UShbu moy cherkov episkopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafSha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi maxsulotlarni qo‘Shib qaynatiSh orqali tayyorlanadi.
MISSIONERLIK – bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boShqa bir dinni targ‘ib qiliSh bilan bog‘liq nazariy qaraShlar va amaliy xatti–harakatlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |