O‘quv-uslubiy
MUTAKALLIM – kalom ilmi bilan Shug‘ullangan olimlar «mutakallim» deb atalgan. MUTTASIL
Download 1.36 Mb.
|
Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAQLIY DALIL
MUTAKALLIM – kalom ilmi bilan Shug‘ullangan olimlar «mutakallim» deb atalgan.
MUTTASIL – isnodi uzluksiz bo‘lgan marfu’, mavquf hadislar. YA’ni roviylar silsilasi – sanad uzluksiz Rasululloh (a.s.)ga etib borgan bo‘ladi. MO‘‘TAZILIYA – (arabcha, «ajralib chiqmoq») islom olamida birinchi paydo bo‘lgan, eng katta, adaShgan e’tiqodiy ta’limotning nomi. NAVRO‘Z – yilning kun va tuni teng bo‘lgan 21 martda niShonlanadigan ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasiga bag‘iShlangan yangi yil bayrami. NAQLIY DALIL – aqliy dalildan farqli raviShda naqliy dalil faqat Qur’on va sunnatga asoslangan. NAMOZ – har bir musulmon kiShining kuniga beSh mahal poklanib, qibla tomonga Yuzlangan holda amalga oShiradigan farz ibodati. NESTORIANLAR - xristianlikning Sharqiy yo‘naliShi bo‘lib, Xalifa saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun Sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar xristianlikni Turkistonda, amurgacha bo‘lgan SHimoliy va G‘arbiy Xitoyda targ‘ib qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarShi kuraShdagi markazi 1257 yildan so‘nggina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo‘lgan. NOUS – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan. OLQISH - tangrichilikda «Qo‘Shiqlar to‘plami» bo‘lib, unda tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qiliSh tartiblari bayon etilgan. OQ VA QORA RUHONIYLAR – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» ruhoniylar oila quriSh huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila quriShi mumkin emas. ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining Shimoliy, evropaning Shimoli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar Shaklida yaShaganlar. OSOR – xabar, sunnat va hadisning sinonimi sifatida iShlatiladigan atama. Osor odatda sahobiylar yoki tobe’iylarga mansub so‘zlarga nisbatan qo‘llaniladi. OTA XUDO – Xristianlikda Xudoning uch ko‘riniShidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘riniShlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling