O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev


Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar


Download 1.99 Mb.
bet23/40
Sana14.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1703511
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Belgiyada oliy ta’lim: universitetlar va oliy maktablar.
Belgiya oliy ta’limi o‘zining ko‘hna an’analariga ega. O‘qitish jarayoni va
zamonaviy ilm-fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental
va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish o‘rtasidagi bog‘liqlik Belgiya ta’lim tizimi uchun
an’anaviy hisoblanadi. Belgiyada o‘qishni tanlash jarayonida e’tiborni, asosan,
ishlab chiqarish (masalan, texnologiyalar) va biznes (xalqaro biznes, iqtisodiyot,
boshqaruv, huquq, moliya va boshqa)lar bilan bog‘liq bo‘lgan dasturlarga qaratish
kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, ta’lim olib boriladigan tilni bilish to‘g‘risida dalillar
bo‘lishi kerak. Belgiyadagi ta’lim xalqaro biznesga yo‘naltirilganligi oliy o‘quv
yurtlari bitiruvchilari uchun katta imkoniyat beradi.
Belgiya ta’limiga fransuz, flamand va nemis hamjamiyatlari javobgar. 6
yoshdan 16 yoshgacha va kechki maktablarda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar
uchun ta’lim majburiy va bepuldir. Savodsizlik deyarli tugatilgan. Belgiyaliklar
bolalarining yarimi xususiy, aksariyat qismi katolik cherkovlarga tegishli bo‘lgan
maktablarda tahsil oladi. Qariyb barcha xususiy maktablar davlat tomonidan
tomonidan yordamga beriladigan mablag‘ – subsidiya bilan ta’minlanadi.
Maktab ta’limining birinchi bosqichi - olti yillik boshlang‘ich maktab
hisoblanadi. O‘rta ta’lim aksariyat hollarda uchta ikki yillik bosqichdan iborat
bo‘lib, uning dastlabki to‘rt yili majburiydir. Birinchi va ikkinchi bosqichlar
o‘quvchilarining tahminan yarmi umumpedagogik tayyorgarlik, badiiy ta’lim
olishadi yoki texnik yoxud hunarmandchilik tayyorgarlikdan o‘tadi; boshqalar esa
ta’limning umumiy kursini o‘tashadi. Oxirgi guruhining tahminan yarim
o‘quvchilari bitirgandan keyin universitetga kirish huquqini beruvchi o‘rta
maktabning oliy bosqichida ta’lim olishni davom ettiradilar.
Belgiyada 7 ta akademiya va 8 ta universitet faoliyat ko‘rsatadi. Belgiyada
oliy ta’lim qadimgi an’analarga ega: birinchi oliy o‘quv yurti - Luven katolik
universiteti hisoblanadi. U 1425 yili Martina V papasi tashabbusi va brabant
gertsogi Jana IV ko‘rsatmasiga binoan tashkil topgan. 1517 yili Erazm Rotterdam
ham Luvenda uch til (ivrit, lotin, grek) maktabiga asos soldi va uning namunasida
Parijda Fransiya kolleji yaratildi.
Hozirgi kunda Belgiyaning aholisi 10 mln.dan ortiq kishidan tashkil topgan
bo‘lib, u erda qariyb 180 ta oliy ta’lim muassasasida 280 ming nafar talaba tahsil
oladi. 1970 yili frantsuz tilida so‘zlashiladigan Valloniya, niderland tilida
so‘zlashuvchi Flandriya, ikki tilda so‘zlashiladigan Bryussel’ va nemis tilida
so‘zlashiladigan Germaniya bilan chegaradosh bo‘lgan Valloniya sharqidagi tuman
4 ta lingvistik hudud mamlakat konstitusiyasida mustahkamlandi.
O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limning
majburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich bo‘yicha ta’lim to‘g‘risidagi
diplom va sertifikatlarni berishning talablarini belgilaydi. Ta’lim bo‘yicha boshqa
masalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. Shunday qilib, oliy ta’lim masalalari
Flamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Frantsuz
hamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport Vazirligi
hamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat, ilmiy
tadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling