O‘quv yili uchun tuzilgan “Yosh huquqshunos” to


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni


Download 0.69 Mb.
bet9/47
Sana23.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1651071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Huquq 8-9-sinf Yosh huquqshunos to\'garak soat

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Davlatlarning tuzilish shakllarini sanab bering.
2.Davlatlarning har xil tuzilish shakliga ega bo’lishlariga sabab nima deb o’ylaysiz?
3.Unitar davlatlarga misollar keltiring.
V bosqich: Mashg‘ulotga yakun yasash, baholash metodlari:
Mashg‘ulot yakunlanadi va Mashg‘ulotda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.


Maktab MMIBDO‘______________________ _______________Sana______ _______ 20__yil
Sana: “__” _______ Sinflar: _______. To‘garak rahbari:_________________
Mavzu: Siyosiy tartib (rejim). Davlat o’rganlari. Davlat mexanizmi.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga siyosiy tartib (rejim), davlat o’rganlari va davlat mexanizmi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Mashg‘ulot turi: Aralash.
M A SH G‘ U L O T N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Mashg‘ulotni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining Mashg‘ulotga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Davlatlarning tuzilish shakllarini sanab bering.
2.Davlatlarning har xil tuzilish shakliga ega bo’lishlariga sabab nima deb o’ylaysiz?
3.Unitar davlatlarga misollar keltiring.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

D avlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyosiy tartibot deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya’ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini aynan siyosiy tartibot belgilaydi. Biror bir mamlakatdagi siyosiy tartibot haqida gapirilganda, birinchi galda ushbu mamlakatda davlat hokimiyati qay yo’sinda tashkil qilinganligi, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi, siyosiy fikrlar xilma – xilligining holati, aholining ijtimoiy faolligi e’tiborga olinadi. Mamlakatdagi qonuniylik, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqiy tartibot borasidagi ishlarda amalga oshirishda qo’llaniladigan usullar ham siyosiy tartibotni aniqlovchi belgilardandir.
Siyosiy tartibot asosan ikki xil bo’ladi:
1.Demokratik;
2.Nodemokratik.
Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq hisoblanadi.
Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo’lsa, bu davlatda fuqarolar umume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to’la foydalanadilar, davlat esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling