Davlat quyidagi asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi:
boshqaruv shakli;
hududiy tuzilishi; siyosiy tartib (rejim).
B oshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo’linadi.
Monarxiya – oliy hokimiyat yakka hokim – davlat boshlig’ining qo’lida bo’lgan davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yakka – hokim (monarx)ning
farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka – hokimning qaroriga ko’ra boshqa shaxsga meros bo’lib o’tadi.
O’zbekiston hududida tarixda mavjud bo’lgan monarxiya boshqaruviga misol qilib Temuriylar davri davlatchiligini keltirish mumkin.
Respublika davlat boshqaruvining
shunday shakliki, unda hokimiyat oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.
Respublikalar prezidentlik respublikasi va parlamentar respublika turlariga bo’linadi. Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo’lgan Prezident boshqaradi. U ijro hokimiyatining bevosita boshqaruvchisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: