O‘quv yili uchun tuzilgan “Yosh huquqshunos” to


Mavzu: Davlat. Mashg‘ulotning maqsadlari


Download 0.69 Mb.
bet4/47
Sana23.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1651071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Huquq 8-9-sinf Yosh huquqshunos to\'garak soat

Mavzu: Davlat.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga davlat tushunchasi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Mashg‘ulot turi: Aralash.
Mashg‘ulotda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, Mashg‘ulotlik, bo’r.
M A SH G‘ U L O T N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Mashg‘ulotni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining Mashg‘ulotga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?
2.“Har qanday jamiyat jamoadir” degan fikrni asoslab bering.
3.Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning ahamiyati to’g’risida gapirib bering.
4.“Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi” degan mulohazaga siz qanday qaraysiz?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
H uquqshunoslik ilmida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat – jamiyatning shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklaashgan muayyan davrida paydo bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, “jamiyat – davlatning onasi”. Davlat esa jamiyat “farzandi”, uning mahsuli. Shunday ekan, jamiyat qanday bo’lsa, davlat ham shunday bo’ladi va aksincha. Jamiyat o’z rivojida qanday bosqichlardan o’tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o’zgarib, takomillashib boraveradi. Bu – qonuniyat.
Davlatning tashkil topishi bu – insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlar Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV – III ming yilliklar davriga to’g’ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshlagan.
Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya’ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan boshqarilgan. Odamlar turli qabilalarga birlashib, o’sha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni birgalikda hal qilgan.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling