O‘quv yili uchun tuzilgan “Yosh huquqshunos” to


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni


Download 0.69 Mb.
bet8/47
Sana23.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1651071
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
Huquq 8-9-sinf Yosh huquqshunos to\'garak soat

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Davlatning turlarga bo’linishida nimalar asos qilib olinadi?
2.Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3.Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering.
V bosqich: Mashg‘ulotga yakun yasash, baholash metodlari:
Mashg‘ulot yakunlanadi va Mashg‘ulotda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.


Maktab MMIBDO‘______________________ _______________Sana______ _______ 20__yil

Sana: “__” _______ Sinflar: _______. To‘garak rahbari:_________________


Mavzu: Davlatning tuzilish shakli.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga davlatning tuzilish shakli haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Mashg‘ulot turi: Aralash.
Mashg‘ulotda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, Mashg‘ulotlik, bo’r.
M A SH G‘ U L O T N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Mashg‘ulotni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining Mashg‘ulotga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Davlatning turlarga bo’linishida nimalar asos qilib olinadi?
2.Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3.Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo’lishi mumkin.
Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo’lgan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo’ladi.
Unitar davlatning belgilari:
-yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining mavjudligi;
-yagona armiyaga ega bo’lish;
-yagona pul birligi amal qilishi;
-tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muroy – hududiy tuzilmalarga bo’linish;
-barcha ma’muriy – hududiy birliklar uchun umumiy bo’lgan soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi;
-yagona fuqarolikning mavjudligi.
Unitar davlatdan farqli o’laroq federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi. Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo’ladi. Ularning subyektlari shtat, o’lka, respublika, amirliklar deb atalishi mumkin. Federatsiya subyektlari o’z ma’muriy – hududiy bo’linmalariga ega. Ushbu davlatlar o’zaro birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib, asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beriladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling