O’quv yili V –X sinflar kesimida Geografiya


Iqtisodiy geografik o‘rni


Download 62.11 Kb.
bet9/13
Sana04.04.2023
Hajmi62.11 Kb.
#1326860
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-10 sinf tezislarim

Iqtisodiy geografik o‘rni. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat.
Aholisi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining obikor yerlari qadimdan aholi zich yashab kelgan vohalardandir. Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelingan.
Aholi rayon hududida notekis joylashgan. Tabiiy tafovutlar aholining joylashuviga ta’sir etgan. Aholi Orol dengiziga tomon kamayib boradi.
Nukus, Chimboy, Urganch, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlarining o‘sishi hamda qishloqlarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi hisobiga shaharchalarning vujudga kelishi natijasida shahar aholisi tobora ko‘payib bormoqda.



162- sahifadagi savollarga javob yozish , mavzuni o’qib tayyorlanish.






22.05

Xorazm viloyati

Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi. Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xomashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud.
Aholisi. Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o‘rinlarda turadi.
Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4—5 m) qilib quradi. Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me'yorda saqlanishini ta'minlaydi. Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yerto‘lalar, turli maqsadga mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.



164- sahifaadagi savollarga javob yozish.yozuvsiz xaritada vazifalarni bajarish.




23.05

Qoraqalpog’iston respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli g‘arbida joylashgan. Temiryo‘l, avtomobil va havo transportining yo‘lga qo‘yilishi respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi.
Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan, 1932-yilda muxtor respublikaga aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga kirgan. Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibiga kirishi qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi qadimiy do‘stlikni, hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi.



169 sahifa savollariga javob yozish. O’tgan mavzularni o’qib takrorlab turish.





Download 62.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling