O’quvchilarga tarbiya berish metodlari va usullarining xilma-xiligi


Download 110.01 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi110.01 Kb.
#1577798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmedova Zarnigor 404

Kurs ishining maqsadi: O`quvchilarda oila, maktab,jamoatchilik hamkorligini shakllantirish shart-sharoitlarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: O’qituvchi tomonidan jarayonni tashkil etish va boshqaruvni insonparvarlashtirish, vatanparvarlik tarbiyasini demokratizatsiyalash jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bola shaxsining rivojlanishida tarbiya tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta`sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin
Kurs ishining vazifalari:

  • Maktab ta’lim tizimida o`quvchilarini tarbiyalashda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning dolbzarb muamo ekanligini asoslash;

  • O`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorliginishakllantirishda sinf rahbarining tutgan o’rnini aniqlash;

  • O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublarini o’rganish.

  • O`quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakllantirishning metodik asoslarini yoritib berish.

Kurs ishning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, “O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi” Konsepsiyasi, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik, met odik manbalarni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi islohotlari, mavzuga doir qo’shimcha adabiyotlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, uch qism, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


1. Tarbiya metodlari to’g’risida umumiy tushuncha
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. 
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta'lim, o‘rta ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).

  1. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).

  2. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).

  3. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).

  4. qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y harakatlarini birlashtirishmaqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla, maktab hamkorligi”Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma’naviybarkamol,vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatinimuvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizdakeying yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to`g`risidagi qator me’yoriyhujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining “Ta’limto`g`risida”gi Qonuni,“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” bozoriqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatliishlay oladigan, mustaqilfikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla vamakatab nufuziniyanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir.
O’zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti ta’kidlaganidek:

  • birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an’analarimiznianglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezguorzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglashsingdirish;

  • ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida
    tarbiyalash;

  • to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak
    odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;

  • beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari
    ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini
    egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni
    tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagiislohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga;
    uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga;
    to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga,
    beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
    zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan,
    kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
    qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma’naviy – axloqiy negizi–milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e’tirof
    etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar
    uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi: Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi.
    Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
    ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu
    Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga
    mosligini ta’minlaydi. Sog‘lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng
    ko‘lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
    Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tibbiy-ijtimoiy
    islohotlar aholiga zamonaviy tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, reproduktiv
    salomatlikni mustahkamlash, ekstragenital kasalliklarni kamaytirishga
    xizmat qilmoqda. Skrining xizmati qamrovining kengayayotgani, perinatal,
    pediatriya, akusher-ginekologiya sohalarida erishilayotgan natijalar
    onalik va bolalik muhofazasida yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir
    muhim loyiha – homilador ayollarni polivitaminlar bilan ta’minlash
    chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad –
    oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilishini ta’minlash va tug‘ma
    nogironlikning oldini olishdir. Yurtimizdagi oilalarning demografik holati, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalardatibbiy madaniyatni oshirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash,
    birlamchi tibbiy-profilaktika ko‘rigi qamrovini kengaytirish, istalmagan
    homiladorlikning oldini olishda zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan samarali
    foydalanish masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar sog`lom oilada barkamol avlodni voyaga yetishini ta’minlaydi.

  • Pedagogikada tarbiya metodlari masalasi tarbiya jarayonining murakkab va, shu bilan birga, muhim komponentlaridan sanaladi.

  • Tarbiya metodlari umumiy mahnoda jamiyat qo’ygan tarbiyaning maqsadlarini va tarbiya jarayoni hal etadigan konkret vazifalarni amalga oshirish yo’llaridir.

  • Tarbiya metodlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan o’zaro birgalikdagi faoliyat usullaridir. Tarbiya metodi «shaxsga yaqinlashishning quroli» bo’lib, u bevosita tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgandir.

  • Shunday qilib, tarbiya metodlari shunday usullar yig’indisiki, uning yordamida shaxs ongi va xulqiga maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali, unda zarur insoniy sifatlar, foydali faoliyat tajribalari va ko’plab axloqiy fazilatlar shakllantiriladi.

  • Pedagogika nazariyasida tarbiya metodlari bilan birga tarbiya usullari va tarbiya vositalari tushunchalari ham ishlatiladi.

  • Usul tarbiya metodining xususiy, alohida mahno kasb etuvchi tushunchasi hisoblanib, u o’sha metod samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga faol yordam beradi. Metodga nisbatan usul yordamchi, xususiy xarakter kasb etadi.

  • Masalan, mehnat jarayonida mehnat faoliyatini ko’rsatish usul sifatida foydalanilib, jarayonni qanday qilib aniq bajarish yo’li ko’rsatiladi. Hikoya, mahruza metodlarida aniq dalillar keltirish (usul) bilan ko’rsatmalilikka (usul) e’tibor qaratiladi.

  • Tarbiya vositasi kengroq tushuncha hisoblanib, unda tarbiya vazifalarini hal etish uchun pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etilgan har qanday uslubiy yo’llar tushuniladi. Bu umumiy tushunchaga, predmetlar, hodisalar, faoliyat ko’rinishlari, texnik imkoniyatlar, obrazlar, pedagog faoliyati va boshqalar kirishi mumkin. Tarbiya vositasiga ko’rgazmali qurollar, kitoblar, ommaviy axborot vositalari, umuman olganda, tarbiya jarayonida qo’llanilgan imkoniyatlar barchasi kirishi mumkin.

  • Metod, usul va vosita tushunchalari o’rtasida aniq bir chegara yo’q. Metod, usul va vositalar o’zaro dialektik birlikka ega. Tarbiyaviy ta’sir tizimida turli tarbiya metodlari o’zaro bog’liq holdagina mahlum natijaga erishishi mumkin.

  • Hozirgi zamon falsafasining, undan keyin pedagogikaning ham tasdiqlashicha, hodisa, narsalar, faoliyat ko’rinishlari tarbiya jarayonida tarbiya vositasi sifatida qo’llanilsa-da, ular o’zlaricha haqiqatni anglab yetish va qayta o’zgartirish vazifasini olmaydi. Ular mahlum tarbiya maqsadlariga erishish uchun qo’llanilsagina tarbiya vositasi bo’ladi.

Tarbiya metodlari o’zining ta’sir kuchi va natijasiga ko’ra dialektik xarakter kasb etadi va u harakatchanligi, o’zgaruvchanligi, qo’llanish holati bilan turlicha natija berishi mumkin.
Tarbiya metodi bahzi hollarda u yoki bu konkret maqsad va vazifalarni mustaqil hal etish yo’li sifatida foydalanilsa, boshqa bir holatda xususiy ko’rinishga ega bo’lib, uslub sifatida qo’llaniladi, yana bir holda esa zarur umumiy sharoit yoki vosita sifatida qo’llaniladi. Jamoaning o’z ahzolariga nisbatan qathiy e’tiqod sifatida qo’yilgan talablari jamoaning mahlum rivojlanish bosqichida tarbiyaning eng muhim metodi sifatida ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga, mahlum odatlarni yuzaga keltirish metodiga qo’yilgan talablar usul birligi sifatida ko’makka keladi. Pedagogik jamoa uchun talablar birligi, tarbiya jarayonini butun olganda, uning samaradorligini tahminlash sharti bo’lib xizmat qiladi.
Tarbiya jarayonining maqsadi shundaki, turli tarbiya metodlarini muomalaga kiritib, ulardan ixcham, o’zgaruvchan tarzda, turlicha holatlarda turlicha foydalanishga erishiladi. Bu o’rinda tarbiya jarayonining maqsadi tarbiya metodlaridan foydalanishga dialektik yondashuvdan iborat bo’lib, ko’plab holatlar pedagogik jarayon sodir bo’lishidan, tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlaridan, ularning o’sib borayotgan intilishlaridan, ular faoliyatining ichki intilishidan, muomaladagi o’zgargan holat va boshqalardan kelib chiqadi. Tarbiya metodlari hamma holatlar uchun bir xil va doimiy bo’lmaydi. Faqat metodlarning o’zaro birgalikdagi ta’siri tufayligina ko’zlangan tarbiyaviy maqsadga erishish mumkin. Tarbiya jarayonining murakkab tomonlaridan biri ham mana shunda.
Masalan, ahil bo’lmagan jamoada do’stlik to’g’risida axloqiy suhbat o’tkazish tarbiyachining mushkulini oson qiladi, deb bo’lmaydi. Buning uchun amalda do’stlik aloqalarini mustahkamlash, o’zaro bir-biriga yordam, hamjihatlikni shakllantirish, shu yo’nalishdagi turlicha tadbirlar, o’zaro hamkorlik munosabatlari kabi juda ko’plab tadbirlar axloqiy suhbat kamchiliklarini to’ldirishi mumkin

Download 110.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling