Vaqtni boshqarish uchun biz:
1.Biz bajarishimiz zarur bo‘lgan barcha narsani ko‘rib chiqing- va har kuni o‘zimiz qilishni istagan yumushlar bilan bajarilishi zaruriy bo‘lgan yumushlarni ajratib olishimiz.
2.Bir kunda har bir mashg‘ulot uchun qancha vaqt ketishini tushunishimiz
3.O‘z kunimizni rejalashtirishga yordam beradigan reja tuzishimiz lozim
Vaqtimizni boshqarishni o‘rganganimizda, qanchalik ko‘p ishlarni bajara olishingiz mumkinligiga hayron bo‘lishingiz mumkin. Vaqtni boshqarishdan olinadigan haqiqiy mukofot bu kamroq stress holatiga kirish va nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishdir.
•Barcha o‘quvchilar bilan birgalikda ko‘rib chiqing va shunday deng: "Bajarilishi shart bo‘lgan ishlar" ro‘yxatini tuzish ham juda muhimdir. Keyingi safar shunday ro‘yxat tuzganingizda, uni yuqorida aytib o‘tilgan 2 toifaga ajratishni unutmang.
2-mashq: “Mahsuldorlik yo‘lidagi to‘siq: Perfeksionizm”.
Endi ustuvor vazifani bajarish rejasini tartibga solib, uni o‘zingiz istagan ishlardan ajratib olganingizdan so‘ng - jarayonni boshlash vaqti keldi. Biroq, ko‘pchiligimiz uchun biro-bir narsani boshlash juda mushkul! Ko‘p odamlar prokrastinasiyaga (sutskashlikka) yo‘l qo‘yadilar.
-Bu so‘zning ma’nosini kimdir biladimi?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang, aniq kalit so‘zlarni doskada yoki flipchartada yozing
•So‘z ma’nosini boshqacha ta’riflang:
Prokrastinasiya - bu "qilinishi talab etilgan ishni kechiktirish yoki keyinga qoldirish".Prokrastinasiyaning ko‘plab sabablari bo‘lib, biz bugun ularning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz. Umumiy sabablardan biri bu “perfeksionizm”dir.
-Bu so‘z nimani anglatishini kimdir biladimi?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang, aniq kalit
so‘zlarni doskada yoki flipchartada yozing
•So‘z ma’nosini boshqacha ta’riflang:
“Prokrastinasiya "mukammal bo‘lmagan har qanday standartni qabul qilishdan bosh tortish" deb ta’riflanadi. Bu samarali bo‘lish va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lidagi ulkan muammodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |