O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Download 414.05 Kb.
bet65/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

2.Tanqid qilmaslik: Miya bo‘roni jarayonida g‘oyalarni tanqid qilishni vaqtinchalik to‘xtatish lozim. Buning o‘rniga, talabalar g‘oyalarni kengaytirish yoki qo‘shishga e’tibor qaratishlari va yakuniy g‘oyalarni tanlashda tanqidiy fikrlarni kutishlari lozim. Tanqiddan tiyilish orqali, talabalar g‘ayrioddiy g‘oyalar bilan chiqadilar.
3."Kutilmagan" g‘oyalar: Samarali takliflar ishlab chiqishda kutilmagan g‘oyalar rag‘batlantiriladi. Ular atrofga yangi burchakdan qarash va hayotga bir tomonlama qarashni to‘xtatish orqali yaratilishi mumkin.
4.Gʻoyalarni birlashtirish va rivojlantirish: Soni oshib borayotgan g‘oyalarning bir qismi va "noan’anaviy" (yovvoyi) echimlarni taklif qilish miya bo‘roni jarayonida aytib o‘tilgan ba’zi g‘oyalarni birlashtirish va takomillashtirish uchun ochiq bo‘lishi lozim.
Ijodiy fikrlash va miya bo‘roni muhim hayotiy ko‘nikmalardir. Agar biz muammolarni hal qilishning faqat bitta yechimi yoki varintai bor deb o‘ylab hayot kechirsak, bu bizni achinarli holatga tushirib qo‘yadi.

11-sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar


18-Mavzu: Asosiy funksional ko‘nikmalar (Soft skills)
Mashg‘ulotlar maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Ular nima qilishni istashlari va nima qilishlari zarurligi o‘rtasidagi farq
•Mahsuldorlik oldidagi eng katta 2 to‘siqlar bu vazifalarni boshlash va perfeksionizmdir
•"Pomodoro uslubi" dan vazifalarni bajarishda qanday foydalanish mumkin
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•O‘qituvchi sig‘imi yarim litrga teng idish, yarim stakan guruch, 6-8 qobiqli yong‘oq yoki yong‘oqdek keladigan mayda rezina sharlarini tayyorlab qo‘yishi lozim
• “Vaqtni boshqarish” jadvalini (yoki flipchartni) avvaldan tayyorlang. Ushbu jadvalda nima aks ettirilgani haqida ma’lumot olish uchun mazkur mashg‘ulotning yakunidagi rasmga qarang
• “Pomidoro uslubi” bo‘yicha jadval (yoki flipchartni) avvaldan tayyorlang. Ushbu jadvalda nimaaks ettirilgani haqida ma’lumot olish uchun mazkur mashulotning yakunidagi rasmga qarang
•Oddiy, arzon oshxona taymeri
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling