O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Download 414.05 Kb.
|
2 5206677407129411371
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hulosa qiling
- “Pomodoro” usuli
Perfeksionizmning sabablaridan biri oila, o‘qituvchilar, do‘stlar yoki jamiyat sizga bevosita yoki bilvosita har doim mukammal bo‘lishingiz kerakligini - xato qilishingizga haqqingiz yo‘qligini uqtirishadi. Siz a’lo baholarga o‘qishingiz, eng yaxshi sportchi bo‘lishingiz, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda faol bo‘lishingiz va mukammal o‘g‘il, qiz, singil yoki uka bo‘lishingiz shart. Ammo umuman xato qilmaslik mumkin emas va barcha sohada oldinda bo‘lishning imkoni yo‘qdir. Mukammallikka intilish juda ko‘p stress holatlariga olib kelishi mumkin. Xato qilishdan qo‘rqish sizni yangi yoki boshqacha narsalarni sinab ko‘rishdan nari tutib, bu sizning dunyo qarashingziga salbiy ta’sir qilib, rivojlanishingizni cheklaydi. Sizning ongingizdagi tanqidiy ovoz o‘zingizga nisbatan shubha uyg‘otib, maqsadlaringizga erishishdagi intilishlaringizni susaytirishi mumkin.
Yoningizdagi sherigingiz bilan umringizda biron marta perfeksionist bo‘lishga uringanligingiz haqida bir daqiqa suhbatlashing. •Bir daqiqadan so‘ng o‘quvchilarning e’tiborini mashg‘ulotga qaytaring •Hulosa qiling: Achinarlisi shundaki, mukammal bo‘lishga intilish, muvaffaqiyatga erishish va o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq ochish yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ladi Albatta, har doim imkon qadar harakat qilishingiz kerak, ammo mukammallikka erishish juda mushkuldir. 3-mashq: “Pomodoro uslubi”. Ilk bosqichni aniqlab olaningizdan so‘ng, boshlash vaqti keldi. Siz motivasiya uyg‘onishini kutishingiz shart emas, chunki motivasiya harakat natijasida vujudga keladi. Shunday qilib, bugun biz "Pomodoro uslubi" deb nomlangan "layfxak" ni muhokama qilamiz. Oshxona yoki telefon taymerida vaqt o‘rnatish va 5-30 daqiqalik qisqa vaqt davomida o‘zimiz bajarayotgan ishdan boshqa hech nimaga chalg‘imagan holda ishlash, sust odamlarga murakkab tuyulishi mumkin bo‘lgan ilk bosqichdan o‘tish imkonini berishi mumkin. Pomodoro uslubi ushbu g‘oyani yanada ilgari surib, sustkashlik va tashvishlarni yengishga qaratilgan tizimni taklif qiladi. U pomidor shaklidagi oddiy arzon oshxona taymeridan foydalanganligi sababli (italyancha «pomodoro» pomidor degan ma’noni anglatadi) bu usul “Pomodoro” usuli deb ataladi. • “Pomodoro usuli” bosqichlari aks ettirilgan plakat yoki flipchartangizni keltiring.” •O‘quvchilarga har bir bosqichni tushuntirib o‘ting: Download 414.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling