O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Mashg‘ulot uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihozlar


Download 414.05 Kb.
bet70/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

Mashg‘ulot uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihozlar:
•O‘quvchilar mashg‘ulotga uy vazifalarini bajarib, muhokama qilishga tayyor holda kelishlari shart
•Baholanishdan keyingi mustaqil hisobot nusxasi yozilgan plakat
Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu "Barqarorlik" ekanligini eslating
Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir-biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
•Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
1-mashq: “Mamnunlikni kechiktirish”.
Avvalgi mashg‘ulotlarda katta maqsadlarni kundalik vazifalarga ajratish haqida suhyuatlashgan edik, ammo ba’zida bu katta va uzoq muddatli maqsadni yodda saqlashga yordam beradi, chunki biz o‘z maqsadlarimizga erishishni ortga tashlab, bajarishimiz shart bo‘lgan vazifalar o‘rniga, o‘zimiz istagan ishlarni yakunlashni istaymiz.
Pomodoro texnikasini bajarayotganda siz buning mini-ko‘rinishini boshdan kechirgan bo‘lishingiz mumkin. Yoningizda o‘tirgan odam bilan Pomodoro usulida bo‘lgani kabi, o‘zingiz istagan ishni bajarish o‘rniga, birinchi galdagi vazifani bajarish qanday bo‘lishi haqida1 daqiqa suhbatlashing.
-Bir nechta o‘quvchilardan o‘z fikrlarini barcha ishtirokchilar bilan ixtiyoriy ravishda baham ko‘rishlarini so‘rang
Tanlov va qarorlar qabul qilayotganda, qisqa muddatdan farqli o‘laroq, uzoq muddatli maqsadlarga e’tibor qaratish imkoniyatlarini izlang. O‘zingizga savol bering: Kelajakda mening maqsadlarimni kechiktirishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillar nimalardan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha biz intilayotgan biron bir narsa, vazifa yoki maqsad katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar, ongimizda ikkita qarama-qargi ovozni eshitimiz mumkin: Biri bu bizni tezroq mukofotlashga yo‘naltiradigan baland va ta’sirchan ovoz. Boshqasi esa - tinch va o‘ychan ovoz, bizni uzoq muddatli natijalarni ko‘rib chiqishga undaydi. Shu kabi ichki suhbatni qachon va qanday eshitganingizni 1 daqiqa davomida muhokama qilish uchun yoningizdagi sherigingizga murojaat qiling.
O‘quvchilar o‘zaro fikr almashishlari uchun 1-2 daqiqa vaqt bering. So‘ngra, bir nechta talabalarga butun guruh oldida o‘z fikrlarini baham ko‘rishlariga imkon bering.
Agar siz maqsadga intilish yoki qiyinchiliklarni yengish uchun harakat qilsangiz, uzoq kelajakda sizga foydali bo‘ladigan (uzoq muddatli) va hozirgi paytda (qisqa muddatli) sizga manfaat keltirish mumkin bo‘lgan jihatlarni e’tiborga olsangiz muvaffaqiyatga erishasiz. Uzoq muddatga diqqatni jamlasangiz, diqqat va qat’iyatlilik qobiliyatingiz o‘sadi. Biz hozirning o‘zida manfaat ko‘rishni istab, inson sifatida kelajakdagi maqsadlarimiz hisobidan darhol mukofotga erishishni istaymiz. Hozirgi lahza bizning ko‘z o‘ngimizda bo‘lgani uchun kelajak mavhum va juda uzoq ko‘rinishi mumkin. Ko‘pincha, biz kelajakdagi o‘zligimizdan uzilganday bo‘lamiz va bu bizning uzoq muddatli maqsadimiz amalga oshirilganda o‘zimizni qanday his qilishimizni tasavvur qilishni mushkullashtiradi. Qisqa muddatli manfaatga erishishga qarshilik ko‘rsatish juda qiyin. Sizga mos kelishi mumkin bo‘lgan misol: ehtimol siz dars qilish uchun shanba kuni tongda uyquydan turishni rejalashtirgandirsiz. Ammo shanba kelganda siz uyqudan uyg‘ona olmaysiz. Shunda siz keyingi shanba yanada faol bo‘laman degan hayol bilan keyingi shanba erta tongda turaman deb o‘zingizni ishontirasiz. Keyingi hafta kelganda- o‘tgan haftadagi holat yana qayta takrorlanadi: siz yana o‘sha to‘shakda hayol surib yotgan odamsiz. Hech narsa o‘zgarmadi. Bu jarayon bizni, keyinchalik muvaffaqiyatga erishishdan ko‘ra, shu lahzada mukofotga ega bo‘lish istagining tug‘ilishiga undaydi. Qo‘shimcha dars qilish natijasida erishishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi baholardan (katta mukofot) ko‘ra biz bir necha daqiqa shirin uyquni (kichik mukofot) tanlaymiz. Bu shu lahzada o‘zingiz yoqtirgan narsani qila olmaysiz degani emas, albatta. Vaqti-vaqti bilan tort yeyish, uxlash yoki vaqtni maroqli o‘tkazish yaxshi. Ammo bizning maqsadimiz ongingizning impulsiv qismi sizni boshqarishi o‘rniga, siz uni nazorat qilishingizga ko‘maklashishdir.
O‘quvchilarni 3-4 guruhga bo‘ling. Ushbu misollar asosida, ular guruh sifatida qat’iyatlilik va motivasiyani susaytiradigan qisqa muddatli fikrlashni aks ettiruvchi 1 ta misol va qat’iyatlilik va intiluvchanlikni rag‘batlantiruvchi uzoq muddatli fikrlashning 1 ta misol keltirishlari zarur.
Guruh sifatida yuqorida aytilganlar asosida 2 daqiqalik rol o‘yinini barcha ishtirokchilar oldida ijro etishni rejalashtiring.
Guruhlarni yaxshi bajarilgan ish uchun maqtang, agar ularda ko‘rib chiqilgan tushunchalar bo‘yicha kamchiliklar ko‘rinsa, ularga yo‘riq ko‘rstating yoki maslahat bering

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling