O‘quvchilarni matn yaratishga. Aytbayeva M
Download 85.68 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Qabul qildi: __________ ________________________ Topshirdi: Normatova Mohchexra Mundarija
- UMUMIY XULOSALAR.......................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...............................
OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM (SIRTQI) YO’NALISHI II kurs 212-guruh talabasi Normatova Mohchexraning “Boshlangich sinf ona tili va o’qish darslarida o’quvchilarni matn tuzishga o’rgatish” mavzusidagi KURS ISHI Qabul qildi: __________ ________________________ Topshirdi: Normatova Mohchexra Mundarija Kirish.................................................................................................. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish ..................................................................................................... Grammatik topshiriqli va tasvir elementlari bo‘lgan bayon yozishga o‘rgatish............................................................................................................... Matn mazmunini qisqartirib bayon yozishga o‘rgatish......................... UMUMIY XULOSALAR.......................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI............................... KIRISH Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar nutqini boyitish va og‘zaki hamda yozma savodxonligini oshirishning asosiy omillaridan biri ularni matn tuzishga o‘rgatishdir. Matn yaratish ijodiy ish bo‘lib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishida katta ahamiyatga ega. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Boshlang‘ich sinflarda dastlab gaplarni o‘qish, ixcham matnlar yaratish, keyinchalik esa bayon yozishga o‘rgatish orqali matn ustida ishlar olib boriladi. Matnning ham xilma xil turlari mavjud, ulardan o‘rganilayotgan til hodisalariga oid matnlar, badiiy matn, ilmiy va ramziy matnlar ustida ish olib boriladi. Lekin har bir matnning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faqat shularni dars jarayonida o‘quvchilarga o‘rgatib borishi lozim. Demak, bunday ma’suliyatni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga katta ma’suliyat yuklanadi. Bu esa ushbu malakaviy ish mavzusining eng dolzarb masalaridan biriga bag‘ishlanganligidan dalolat beradi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga ko‘ra “Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan ta’limdir” Shuning uchun ham “Bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar berkitib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi”. Darhaqiqat, shunday ekan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bizga erkin fikrlay oladigan ijodiy fikr mahsulini nutq shakliga mos ravishda og‘zaki va yozma bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini egallagan barkamol avlodning boshlang‘ich avlodini yetkazib berishilari kerak. Buning uchun esa DTS talablariga mos erkin matn yarata oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash lozim. Download 85.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling