Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Maktablarda o‘quvchilarni mehnatsevarlikka tarbiyalash bilan bog‘liq o‘zbek tilida ko‘plab ilmiy-metodik tavsiyalar, qo‘llanmalar, maqolalar anchagina. Bu tur ishlarda o‘quvchilarni mehnatsevarlikka tarbiyalashning ahamiyati va unda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Malakaviy ishdan ko‘zlangan maqsad ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn yarata olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Buning uchun, albatta, har xil usullar va samarador metodlarni aniqlash va hayotga tadbiq qilish zarur. Biz ham ushbu malakaviy ishimizda matn yaratishning yangi-yangi usullarini qo‘llash va imkoniyatlarini qidirib topishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Malakaviy ish obyekti qilib 2-4 sinf darsliklarida berilgan har xil matnlar olindi. “Ona tili”, “O‘qish” darsliklaridagi ilmiy, badiiy, ramziy matnlar, mashqlar, ta’riflar tanlanadi.
Tadqiqot predmeti. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matn yaratishga o‘rgatishda mustaqil ishlarni tashkil etishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ona tili ta’limining so‘ngi yutuqlari asosida matn yaratishga o‘rgatishda mustaqil ishlarni tashkil etishning nazariy va amaliy talqini amalga oshiriladi, ona tili o‘qitish metodikasida uzluksiz ta’lim tizimida matn yaratishga o‘rgatish ko‘nikmalarining yangilangan mazmuni va metodlari asoslandi; mavzu yuzasidan o‘quvchilarga chuqur va puxta bilim beradigan samarali usullar aniqlandi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Malakaviy ishning natijalarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin. Shuningdek, matn lingivistikasi bilan qiziquvchi aspirant, magistrlar ham o‘rganishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Ilmiy-tajriba ishlari Nukus shahri maktablarida davlat pedagogik amaliyot jarayonida sinovdan o‘tkazildi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 65 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |