O‘quvchilarni matn yaratishga. Aytbayeva M


Download 85.68 Kb.
bet6/12
Sana07.05.2023
Hajmi85.68 Kb.
#1438583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Matn ustida ishlash. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Matn mazmuni asosida tuzilgan savollarga javob berish. O‘qilganlarga o‘z munosabatini bildirish. O‘qituvchi savoli yoki darslikda berilgan rasm asosida matn masmunini qayta hikoyalash. O‘qituvchi yordamida matnni qismlarga bo‘lish, ularga sarlavha tanlash, matnnig asosiy mazmunini aniqlash; matnda qatnashuvchi shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi so‘z va iboralarni tahlil qilish hamda shu so‘zlar ishtirokida og‘zaki hikoya tuzish.
Ertak, she‘r, hikoyalarni janriy xususiyatlariga ko‘ra farqlay olish. Darslik mundarijasi bilan ishlay olish.
Nutq. Nutqning ahamiyati. Og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha.
Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki bir necha gaplardan tuzilishi. Matnlarning mazmunan qismlarga bo‘lish, matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘ya olish. Bayon haqida tushuncha. Savollar yordamida uncha katta bo‘lmagan matn asosida bayon yozish, rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish. Bir mavzuga oid 2-3 ta gap tuza olish (o‘qituvchi rahbarligida). Bolalarning o‘yinlari, kattalar mehnatiga yordami, o‘qishlari, qiziqishlari haqida o‘qitivchi rahbarligida hikoya tuzish.
O‘qish ko‘nikmasi
Adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan hoida ongli, to‘g‘ri va o‘rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so‘z o‘qish.
Sinfda o‘qilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o‘qish. O‘sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag‘ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe'l-atvori, xattiharakatlariga qarab ovoz ohangini o‘zgartirish, matndagi urg‘u tushadigan so‘zlarni aniqlash, to‘xtam qilinadigan o‘rinlarini ajratish. O‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Matn ustida ishlash
Asarda voqealarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda asta-sekin rivojlanib borishini, matn qismlarining mazmunan bog‘liqligini mustaqil belgilay olish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash, ularga o‘z munosabatini bildirish. Murakkab bo‘lmagan asardan asosiy fikr (g‘oya)ni ajrata olish. O‘qishga bog‘liq holda nutq ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlash.
Badiiy matndagi so‘z ma’nolarini farqlash. Tanlab o‘qish, matndan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni topa olish. Nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoya qilish. Ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo‘yish. O‘qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish. Badiiy asarlarni bir-biri bilan taqqoslash, muayyan xulosalar chiqarish. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, mundarijadan foydalanish. Rasmlar asosida og‘zaki va yozma hikoyalar tuzish.

Download 85.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling