O‘quvchilarni matn yaratishga. Aytbayeva M


Matn mazmunini qisqartirib bayon yozishga o‘rgatish


Download 85.68 Kb.
bet11/12
Sana07.05.2023
Hajmi85.68 Kb.
#1438583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.3. Matn mazmunini qisqartirib bayon yozishga o‘rgatish
Matn mazmunini qisqartirib bayon yozish to‘rtinchi sinfdan boshlanadi. Bu ish o‘qish darsida matnni qisqartirib so‘zlashga o‘rgatish bilan birga olib boriladi. Matn yuzdan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lib, bayon yozilganda 90-100 so‘z hajmida bo‘lishi mumkin. Matn mazmuni qisqartirib bayon yozishga o‘rgatishda:

  1. O‘qituvchi yoki o‘quvchilarning o‘zlari agar matn o‘quvchilar oldida bo‘lsa matnni bir ikki marta o‘qiydilar.

  2. Matn mazmuni yuzasidan jamoa bo‘lib suhbat o‘kaziladi va yoziladigan asosiy fikr hamda tushurib qoldiriladigan o‘rinlar belgilanadi.

  3. Og‘zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi.

O‘quvchilar aniq yaxshi o‘ylab tuzilgan rejaga suyangan holda ishlaydilar. Shundagina o‘quvchilar o‘zlari ongli ravishda bayon yozishga kerakli fikrni bosh mazmunni ajratib oladilar.
Agar o‘quvchilarga tayyor holida reja berilsa-yu, biroq matn o‘quvchilar ko‘z oldida bo‘lmasa unda o‘quvchilarning faqat eshitish sezgilariga tayangan holda ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Bunda ayniqsa, matnni ikkinchi marta o‘qib berish va suhbat uyushtirishning ahamiyati katta.
Suhbat vaqtida o‘quvchilar qaysi qism yoki qaysi gap alohida o‘rin tutushini aniqlab oladilar. Shuningdek, reja asosida so‘zlatish shart chunki bunda ham eng kerakli fikrlar ajratib olinadi.
Matn mazmunini qisqartirib bayon yozishda o‘quvchilarga qulay bo‘lishi uchun matn o‘quvchilarning ko‘z oldida bo‘lishiga erishish kerak.
Agar matn o‘quvchilar ko‘ oldida bo‘lsa, matnni o‘qishlariga tayyor holda berilgan rejani matn mazmuni bilan solishtirib chiqishlariga, mustaqil reja tuzishlari va reja asosida qisqartirib bayon yozishlariga imkoniyat yaratiladi. Buning uchun 4-sinf "O‘qish kitobi", "Ona tili" darsligidagi mos matnlardan foydalanish mumkin.
Berilgan reja asosida mazmunni qisqartirib bayon yozish uchun matn namunasi:
Matn ustida ishlash tajribasidan
O‘quvchilarning nutq madaniyatini o‘stirish til va adabiy ta'limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og‘zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o‘quvchi barcha fanlarni oson va to‘liq o‘zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish tobora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A.Zunnunovning adabiyot o‘qitish metodikasi” keltirilganidek o‘quvchilar nutqini o‘stirish bu – uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlar izchil, doimiy ravishda o‘tkazib borilmasa, ta'limning yaxshi, sifatli bo‘lishiga, o‘quvchilarning madaniy nutqini egallashlariga erishib bo‘lmaydi.
Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirish eng maqbul usullardan bo‘lib, bu jarayonda quyidagi ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi:

  • Bilim olish;

  • To‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qish;

  • Ijodiy va mustaqil fikrlash;

  • Tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish;

  • Odob-axloqli bo‘lish;

  • Nutq madaniyatini egallash.

O‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim, chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o‘sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar mati ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo‘lib ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir.
Asar matni ustida ishlash orqali ham og‘zaki ham yozma nutq o‘stirishni o‘qish darslarida o‘rganiladigan matnlar misolida ko‘rsatish mumkin
1. Lug‘at ustida ishlash orqali nutq o‘stirish.
Bunda o‘quvchilar matnni o‘qib bo‘lgach, undagi notanish so‘zni aniqlaydilar va o‘qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar.Masalan, 2-sinf "O‘qish kitobi"da (mualliflar Q.Abdullayeva, M.Yusupova, M.Mahmudova,
S.Rahmonbekova) keltirilgan "Sumalak" (rivoyat ) matni ustida quyidagicha lug‘at ishi o‘tkazish mumkin:
Urug‘lik – ekish uchun olib qo‘yilgan don.
Ivitish – suvga solmoq
Nish urmoq –o‘sa boshlamoq
Qiymalash – mayda qilib to‘g‘rash
Azonda – erta tongda
Totib ko‘rmoq – yeb ko‘rmoq
Lazzatli ne'mat – shirin ovqat
Bardam bo‘lish – sog‘lom bo‘lish
2.Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o‘stirish.
Mazkur turda o‘quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o‘zgartirib, o‘z fikrlarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so‘zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. "Sumalak" rivoyatini qayta hikoyalashda o‘quvchilar asosiy o‘rinlarni ajratishi, lug‘at ustida ishlash orqali o‘rgangan so‘zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo‘lishi mumkin.
"Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug‘likka olib qo‘yilgan donini suvga solib qo‘yibdi. Ob havo yomon bo‘lib, ivitilgan bug‘doy nish urib o‘sa boshlabdi. Dehqonning bola chaqasi och ekan. Shuning bug‘doy uvol bo‘lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon qiymalangan bug‘doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o‘chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog‘iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko‘rsa, juda mazali emish.
Kelasi yil ham dehqon bolalarining o‘sha taomda yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo‘lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahorning lazzatli ne'matiga aylanibdi. Sumalak har yili Navro‘z bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning "sog‘ligini tiklashda va bardam bo‘lishga yordam beradi".
3. Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash orqali nutq o‘stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o‘quvchilarni o‘ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar turish va o‘quvchilar hukmiga havola etish lozim. "Sumalak" matniga oid quydagicha yangi savollar tuzish mumkin

  1. Dehqon nima uchun bug‘doyni ivitib qo‘yadi?

  2. Dehqon nimani o‘ylaydi?

  3. Kampir taomni ta'riflash uchun anday so‘zlar ishlatgan?

  4. Rivoyatdagi "mo‘l-ko‘l" so‘zini qanday tushunasiz?

  5. Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qoladigan bo‘ldi?

  6. Dehqonning bolalari xush ko‘radigan taom nima deb atalibdi?

  7. Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan?

4.Test topshiriqlar ustida ishlash orqali nutq o‘stirish. Bu usul o‘quvchilarni har tomonlama o‘ylashga, matn mazmuninni chuqurroq o‘zlashtirishga, matndagi har bir so‘zga alohida ahamiyat berishga o‘rgatadi. Test usuli o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.
Masalan,"Sumalak" rivoyatiga oid quyidagicha test topshiriqlarini tuzish mumkin.
1."Sumalak" rivoyati qahramonlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

  1. Dehqon , hunarmand

  2. Kampir, kenja botir

  3. To‘g‘ri javob yo‘q

2."Sumalak" haqidagi rivoyatlarda nima uchun bug‘doy nish urib o‘sa boshlabdi?

  1. Suvga solinganligi uchun

  2. Ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun

  3. a va b

3. Samalakni qanday usulda pishiradi?

  1. Qaynatish usuli bilan

  2. Qovurish usuli bilan

  3. Olovga toblash bilan qovurib olinadi.

4. "Sumalak" rivoyatida nima tasvirlangan?

  1. Sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi

  2. Dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab

qolganligi

  1. a va b

5. "Sumalak" matnida "suvga solmoq" birikmasining ma'nosiga teng bo‘lgan ma'nodosh so‘zni toping

  1. Bardam

  2. Ivitish

  3. Bo‘ktirsh

Yuqoridagi usullardan o‘rinli va unumli foydalanish yaxshi samara beradi. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning lug‘at boyligi har jihatdan boyib boradi.
Matndagi iboralar, so‘z va so‘z birikmalari o‘quvchilar nutqiga ko‘chib, ular nutqining jozibador bo‘lishiga olib keladi. Qadimdan nutq madaniyati va odobiga alohida ahamiyat berilib kelingan. Misol uchun Kaykovus o‘zining "Qobusnoma" nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: Ey farzaand, so‘zning yuzin va orqasin bilgil va ularga rioya qilg‘il, har ne so‘z desang yuzi bila degil, to suxango‘y bo‘lg‘aysan.
Agar so‘z aytib, so‘zning nechuk ekanin bilmasang, qushga o‘xsharsankim, unga to‘ti derlar, ul doim so‘zlar, ammo so‘zning ma’nosini bilmas.
….So‘zni bag‘oyat ulug‘ bilg‘il,so‘z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur. Qay bir so‘zniki bilsang joyini o‘tkazmay aytgil, vaqtni zayl qilmagil,yo‘q ersa donishga sitam qilg‘on bo‘lg‘oysan.Har so‘z desang rost degil va be'ma'nilikni da'vo qilguvchi bo‘lmag‘il".
Shunday ekan, nutq o‘stirish ishining qulay,samarali va yangicha usullaridan foydalanib, o‘quvchilarning nutq madaniyatini o‘stirish, imloviy savodxon bo‘lishiga ko‘maklashish eng muhim vazifalardandir.
Bu ishlarni amalga oshirishda esa matn ustida ishlash tehnologiyalaridan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi.

XULOSA
Matn nutqiy hodisa bo‘lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmuniy bog‘lanishlar tashkil topadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan yaratiladigan matnlar asosan gap va kichik matnlardan iborat bo‘ladi.Bunday matnlar yaratishda ko‘proq tasvirlash, rivoyat va hikoyalar, muhokama qilish usullari ko‘proq foydalanish mumkin.
Ona tili darslarida o‘quvchilarga faqat garammatik qoidalarini yodlatish emas, balki, ko‘proq ularning og‘zaki va yozma nutqtalarining ravon va erkin bo‘lishiga erishish maqsadida kichik - kichik matnlar yaratishga harkat qilinadi.
Matn yaratish dastlab "Ona tili" darslarida keyinchalik esa ularga "O‘qish" darslarida har xil mavzudagi matnlarni o‘qish, yozma ravishda tayyorlash yo‘llari bilan mukammallashtirilib boriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari og‘zaki va yozma nutqiga zarur bo‘lgan rahmat, kechirasiz, iltimos, marhamat, barakalla kabi kirish so‘zlarni ham singdirib borish lozim.
Matn ustida ishlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishning eng ma'qul usullaridan biri hiosblanadi. Buning uchun ularning og‘zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirib borish kerak. Biror asar matn ustida ishlashda ham bu talablarni unutmaslik lozim ekan.
Shuningdek, lug‘at ustida ishlash orqali ham takomillashtiriladi. Masalan, biror matn o‘qib bo‘lingach, undagi notanish so‘zlar aniqlanib ularning talaffuzi va imlosi tushuntiriladi. Ayrim qiyin so‘zlar ma'nosi ozohlanadi.
Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali ham nutq o‘stirish mashg‘ulotlari amalga oshiriladi. Masalan, 2-sinfda "Sumalak" rivoyati qayta qiish orqali bu masalalar yechib boriladi. Yoki matnga oid savol-javob ustida ishlash orqali ham o‘qtuvchilar nutqini rivojlantirib borish mumkin.
Test topshiriqlari yordamida ham matn ustida ishlash katta samara beradi.Bu esa o‘quvchining har tomonlama o‘ylashga, matn mazmunini tushunishga, matndagi har bir so‘zga alohida ahamiyat berishga harakat qilishga yordam beradi.
Ayniqsa, "O‘qish" darsligidagi hikoyalar, parchalar ustida amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi ekan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini rivojlantirishda gap yoki jumlani o‘qishga o‘rgatish, og‘zaki topshiriqlar bajarish ham mumkin. Bu bo‘yicha "O‘quv yili boshidagi takrorlash gap" mavzusini o‘tish dars namunasi berildi. Darsning maqsadi oldingi sinfda o‘tilganlarni takrorlash orqali og‘zaki nutqini rivojlantiruvchi matn ustida ishlashdir. Bundan tashqari turli xil mashqlar bajarish so‘z ma'nolari ustida ishlash, lug‘at diktantlarini o‘tkazish usullari ham katta samara berar ekan.
Malakaviy bitiruv ishida topshiriqli bayon yozishga o‘rganish usuli bilan ham o‘quvchilar yozma nutqini takomillashtirishi mumkin.
Boshlang‘ich sinfda yoziladigan bayonlar ta'limiy xartakterga ega bo‘ladi. Bu esa og‘zaki yoki yozma holda o‘tkazilishi mumkin. Demak, bunday bayonlarni muntazam ravishda o‘tkazib turish ularning so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qilish yozish ko‘nikma,malakalarni tez egallashi yordam beradi.
Shuningdek, matn mazmunini qisqartirib bayon yozishga o‘rgatish ham ularning matn ustida ishlash tajribasini oshiradi va mustaqil ixcham matnlar tuzishga o‘rgatadi.
Umuman, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish ularning og‘zaki va yozma savodxonligini oshirishga yaqindan yordam beradi. Bu esa IV sinfni tugatayotgan o‘quvchilarning DTSi talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni to‘la egallashlarini ta'minaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matn ustida ishlash darslaridan berilgan namunalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, Qoraqolpog‘iston Respublikasi hududida o‘tkazilgan tajribalar natijasiga ko‘ra og‘zaki matn yaratishda dialektal xatolarning ko‘p uchrashuvi, yozma matnda va imlo va ishoraviy xatolarning ko‘pligi kuzatildi. Bunday kamchiliklarni ham bunga odatlantirish lozim. Shuningdek, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda odatiy til me'yorlarini singdirib borish va ular nutqining ravon, hamda adabiy til me'yorlariga mos - bo‘lishiga erishishimiz kerak.
Mustaqil ish bilimlarning chuqur va mustahkam bo‘lishiga, o‘quvchilarning o‘rganish qobiliyatini o‘stirishga, yangi bilim o‘zlashtirilishi tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil ish turlari o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va reja asosida uyushtirilishi lozim. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinadi. Topshiriqlar tez, to‘g‘ri bajarilishi uchun qulay sharoit yaratilishi kerak: oson usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berish talab qilinadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekshirish, o‘quvchining qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ini rag‘batlantirish lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchi qiziqishlarining tobora ortib borishiga yo‘naltiradi. O‘quvchi yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakalarini shakllantirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
Topshiriqlar o‘quvchilar imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak.
Ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilishi, o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi joiz.
Topshiriqlarning turlarini doimo almashtirib turishga alohida e’tibor berish kerak
Topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bolalarni shu talabni qunt va chidam bilan bajarishga ko‘niktirishga bog‘liq Topshiriqlar darsning turli bosqichlarida bajarilishi mumkin.
Maktab o‘qituvchilari ish tajribalarini kuzatish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
Mustaqil ishning tizimli, tez-tez qo‘llanilishi o‘quvchilarning chuqur bilim olishiga yordam beradi.
Didaktik mazmunga ko‘ra, turli mustaqil ishlar o‘rganish va ijodiy
qobiliyatni, fikrlash doirasini kengaytirish xususiyatiga ega.
Mustaqil ish o‘tkazishning batafsil o‘ylab ko‘rilgan uslubi o‘quvchilarda amaliy malakalar shakllanishi tezligini oshiradi, bu o‘z o‘rnida o‘rganish ko‘nikma va malakalarining shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 85.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling