O‘quvchilarni matn yaratishga. Aytbayeva M


Bog‘lanishli nutq (matn) ustida ishlash


Download 85.68 Kb.
bet5/12
Sana07.05.2023
Hajmi85.68 Kb.
#1438583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog‘lanishli nutq (matn) ustida ishlash.
Og‘zaki nutq madaniyatini egallash, unga xos xususiyatlarni bilish; o‘quvchilardan gap va nutqni grammatik, orfografik, stilistik jihatdan adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda tuzishga o‘rgatish. Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun o‘quvchilar lug‘at boyligini izchil oshirib borish, gapning sintaktik tuzilishiga oid bilimlarni amaliy jihatdan egallash, nutq birliklari o‘rtasidagi mantiqiy uyg‘unlikni ta’minlashga oid malakalarni rivojlantirish, yangi harftovushga bog‘lab tavsiya etilgan so‘zlar ma’nosini o‘quvchilarga to‘liq anglashilishiga erishish, rasm asosida o‘zaro bog‘langan kichik hikoyachalar tuzishga o‘rgatish.
O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid ta’limiy ishlarni amalga oshirish.

  • O‘quvchilar bilan rasmlar asosida hikoya tuzish;

  • Rasm mazmuniga mos sarlavha toptirish;

  • Alifbe darsligi va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rganilgan o‘quv materiallarini qayta hikoyalash;

  • Savollarga to‘liq va burro javob berish;

  • Adabiy nutq me’yorlarini amaliy jihatdan o‘rgatishga e’tibor qaratish ( bu sohada o‘qituvchi nutqi o‘quvchilar uchun namuna bo‘lishi kerak);

  • Topishmoq, maqol, hikmatli so‘zlar ustida ishlash (darslik materiallari va sinfdan tashqari o‘qish uchun tanlangan o‘quv materiallari asosida);

  • Kichik guruhlar bilan ishlashda sinf o‘quvchilarini aqliy-intellektual jihatdan teng guruhlarga taqsimlash, guruhlarga bog‘lanishli matn tuzishga oid muammoli topshiriqlar berish, guruhlar javobini sharhlash asosida g‘olib guruhni rag‘batlantirish;

  • Yakka tartibda (individual) ishlarda o‘quvchida o‘z nuqtini

rivojlantirib borishga ishtiyoq uyg‘otish (lug‘at daftari, yangi she’r, hikoya, ertak mutolaasi asosida);

  • So‘zlarni yaxlit, gaplarni ifoda mazmuniga (darak, buyruq, so‘roq) mos ohangda o‘qishga erishish; Qahramon xarakterini ohang orqali ifodalash;

  • Matn ichida qo‘llanilgan tinish belgilariga rioya qilish malakasini shakllantirish;

  • 4 va 8 misrali she’rlarni yod oldirish

Lug‘at ustida ishlash. O‘quvchilar nutqini boyitish, ular nutqida kam qo‘llaniladigan so‘zlarni alohida yozdirib borish, dars jarayonida lug‘at daftaridagi so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor berish bilan qo‘shib olib borilishi.

Download 85.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling