O‘quvchilarni matn yaratishga. Aytbayeva M
Download 85.68 Kb.
|
Sarkarda
Chingizxon Hind daryosi sohilida Jaloliddinga qarshi urush boshladi va g‘alaba qozondi,chunki dushman askarlari ko‘p edi. Jaloliddin dushman qo‘lida bandi bo‘lishni istamadi. U onasi , xotini va bolalarini ham Chingizxon qo‘liga tushishini xohlamadi. O‘z istaklariga ko‘ra ularni noiloj daryoning tezoqar qirg‘og‘iga tashladi, o‘zi esa sodiq navkarlari bilan otda daryoning narigi tomoniga o‘tib oldi. Chingizxon Jaloliddinning jasorati va mardligiga qoyil qoldi. U lashkarboshilariga uzoqda o‘ziga musht ko‘rsatib ketayotgan Jaloliddinni ko‘rsatib, undan o‘rnak olishga chaqirdi. Jaloliddin 1231-yil dushman bilan bo‘lgan jangda fojiali halok bo‘ldi (85 so‘z). Imlo: h va x undoshlarining talaffuz qilinishi va imlosi eslatiladi: qirg‘og‘iga, musht, halok so‘zlari ustida ishlanadi. "Bandi " so‘zi o‘rnida yana qanday so‘z (asir) ishlatish mumkinligi so‘raladi. Atoqli otlarning yozilishi eslatiladi. Tahlil: Kim senga qarshi kurash boshladi? Nima uchun dushman g‘alaba qozondi? Sen nimalarni istamading? Chingizxon kimga qoyil qoldi va lashkarboshilariga nima dedi? 1231-yil qanday voqea sodir bo‘ldi? Topshiriq Hikoyani I shaxs tilidan so‘zlab bering Berilgan reja asosida I shaxs tilidan bayon yozing Reja Chingizxon g‘alaba qozondi Bandilikdan qutilish Chingizxon qoyil qoldi O‘rnak olishga chaqirdi Fojia Yuqorida keltirigan matnlar grammatik topshiriqli bayon yozish namunalari edi. Endi tasvir elementlari bo‘lgan bayon va matn mazmunini qisqartirib bayon yozish uchun matnlar tavsiya qilishga harakat qilindi. Boshlang‘ich sinflardanoq tasvir elementlari mavjud bo‘lgan, bayon yozishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Tasvirlash elementlari mavjud bo‘lgan hikoyalardan foydalanib bayon yozdirish to‘rtinchi sinfdan boshlanadi. Berilgan tayyor reja asosida tasvir elementlari bo‘lgan bayon yozish uchun matn namunalari Uvol Boboning kichkina nevarasi bor. Uning nomi Anvarjon. Anvarjon yumaloqqina, lo‘ppigina, ko‘zlari charosday, timqora, hamisha yonib turadi. Yuzida kulgichi bor. Yerga ursa ko‘kka sakraydi. Kunlarning birida boboning oila a'zolari dasturxon atrofiga yig‘ilishdi. Anvarjon nonning ushog‘ gilam ustidagi ushoqlarni bitta-bitta terdi. Ularni ko‘ziga surtib toza likopchaga soldi. Keyin uvol bo‘lmasin deb, ushoqlarni deraza oldida turgan musichalarga berdi. Bobo non ushog‘i yerga tushsa ,uvol bo‘lishini, uni uvol qilganlar qarg‘ishga qolishini uqtirdi. Anvarjon uvol bilan savob nimaligini bilib oldi. Non ushog‘ini yerga tushurmaslika ahd qildi. (90 so‘z). Imlo: yumshoqqina, lo‘ppigina, timqora, musicha, ahd so‘zlarining imlosi ustida ishlanadi. Tahlil: Anvar kim? (Anvarjon boboning kichkina nevarasi). "Yerga ursa, ko‘kka sakraydi"ga izoh beriladi. Anvarjonning ko‘rinishi qanday? Nima uchun bobo Anvarjonga ibrat ko‘rsatdi? Bobo nimani uqtirdi? Anvarjon nimani bilib oldi va qanday ahd qildi? Reja: Nevara Anvarjonning ko‘rinishi Bobo ibrat ko‘rsatdi Boboning nasihati Anvarjonning ahdi Doskaga yozish uchun so‘zlar : yumaloqqina , lo‘ppigina ,timqora , hamisha. Elim deb, yurtim deb yashagan inson 1360-yilda Movarounnahrni mo‘g‘ullar bosib oldi. Viloyat beklarining ko‘pi mamlakatni tashlab qochdi. Qolganlari esa mog‘ullar oldiga borib tiz cho‘kdi. Temurbek esa xalqini o‘z atrofiga to‘plab mo‘g‘ullarga qarshi kurashdi. Urush o‘n yil davom etdi. Urush yillari Temurbek ko‘p azob-uqubatlarni boshdan kechirdi. Asirlikda 62 kun zindonda yotdi. Qo‘l oyog‘idan zahmdor bo‘lib,bir umr aziyat chekdi.Lekin eliga, yurtiga xiyonat qilmadi. Doimo xalq bilan birga bo‘ldi. Temur baland bo‘yli,tik qomatli ,keng peshonali edi. U g‘oyatda kuchli , oqqizil yuzli va qo‘l oyoqlari baquvvat bo‘lgan.Sersoqol,qoshlari qalin edi. U qo‘rqmas, botir mard kishilarni yoqtirardi (93 so‘z). Imlo: atrofiga, baland, azob-uqubat, xiyonat, oq-qizil, qo‘l oyoqlari so‘zlari ustida ishlanadi. Tahlil: Hikoyaning birinchi qismida nima tasvirlangana? Mo‘g‘ullarga qarshi kim kurashdi? Urush yillari Temurbek qanday ahvolga tushdi va nima qildi? Temurbekning tashqi ko‘rinishi qanday? U qanday kishilarni yoqtiradi? Reja: 1360 -yildagi voqea Mo‘g‘ullarga qarshi kurash Urush yillaridaTemurbek Temurbekning tashqi ko‘rinishi U yoqtirgan kishilar Doskaga yozish uchun so‘zlar:Movaraunnahr,asirlik,zahmdor,aziyat,xiyonat. Download 85.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling