O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


Muallif I BOB. NATURAL SONLARNI QO’SHISH VA AYIRISH


Download 0.76 Mb.
bet2/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK

Muallif
I BOB. NATURAL SONLARNI QO’SHISH VA AYIRISH.

  1. Muhlisa, Dilyora, Mushtariylar maktabdan avtobusda uylariga qaytishadi. Birinchi bo’lib Muhlisa kondukturdan bilet oldi, ikkinchi bo’lib Dilyora va oxiri Mushtariy bilet oldi. Muhlisani olgan bilet nomeri A 056788 . Bu uch dugonalardan qaysi birining olgan bilet nomerining raqamlari yig’indisi katta.

  2. Amudaryoning uzunligi 2540 km . Sirdaryo unga qaraganda 479 km uzun. Sirdaryoning uzunligini toping.

  3. 2016 sonidagi raqamlar yig’indisi 9 ga teng. Shu xossaga ega 2016 dan katta bo’lgan eng kichik sonni toping.

  4. Hamma raqamlari bir xil uch xonali natural sonlarning eng kattasidan eng kichigi ayirildi. Natija nimaga teng chiqadi?

  5. Kitobni 3-betdan boshlab nomerlashda 1165 ta raqam kerak bo’ldi.
    Kitob necha betli?

  6. Kitobni 3-betdan boshlab nomerlashda 820 ta raqam kerak bo’ldi.
    Kitob necha betli?

  7. Kitob 500 betli bo’lsa, uni sahifalash uchun nechta raqam ishlatilgan. Odatda kitob 3 betdan sahifalanadi.

  8. Kitob 290 betli bo’lsa, uni sahifalash uchun nechta raqam ishlatilgan. Odatda kitob 3 betdan sahifalanadi.

  9. Agar Yanvar oyida beshta Dushanba, beshta Seshanba va Chorshanba kelsa, birinchi Fevral haftaning qaysi kuni bo’ladi?

  10. Bugun Dushanba bo’lsa, 65 kun avval haftaning qaysi kuni bo’ladi?

  11. Bugun Dushanba bo’lsa, 99 kun avval haftaning qaysi kuni bo’ladi?

  12. Rasmda oyning taqvimi ko’rsatilgan, afsuski, siyoh barcha kunlarga to’kildi. Bu oyning 25 kuni haftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi?



  1. Alisa bitta ikki xonali sonni ikkinchisidan ayirdi, keyin esa 2 ta katakni bo’yab qo’ydi. Bo’yalgan kataklardagi yozilgan raqamlarning yig’indisini toping?



8

1

  1. Muhlisaning 10 ta rezinali muhrlari bor. Ularning har birida bitta raqam mavjud: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9. U matematikadan imtixon sanasini chop etdi:

1

0

2

3

0

7

Buning uchun nechta muhrdan foydalangan.



2

  1. Muhlisaning 10 ta rezinali muhrlari bor. Ularning har birida bitta raqam mavjud: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9. U matematikadan imtixon sanasini chop etdi:

2

0

2

5

0

5

1

Buning uchun nechta muhrdan foydalangan.



  1. Harflar o’rniga raqamlarni qo’ying. Bu yerda AB, BC, CA lar ikki xonali, ABC uch xonali sonlar.

AB+BC+CA=ABC

  1. Raqamli soat 20:19 ni ko’rsatyabdi.

Soat keyingi safar shu raqamlarni ishlatgan holda birinchi bo’lib qaysi vaqtni ko’rsatadi?

  1. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan malubi, jentra, cobilt, nexia mashinalarni maximal tesliklari mos ravishda soatiga 320, 240, 220, 180 km ga teng. Mashinalar tezliklari farqini toping?

  2. Obod dasturiga kiritilgan 45 km li ko’chani asfalt qilish uchun ishchilar dushanbadan boshlab 5 kun ishladilar. Har kuni ishchilar oldingi kunga nisbatan 2 km ko’proq asfalt yotqizishdi. Ishchilar payshanba kuni necha km asfalt yotqizishgan?

  3. Uch xonali sonni yozilishida birliklar o’nliklardan ikki barobar ko’p, o’nliklar yuzliklardan ikki barobar kam. Shu shartni qanoatlantirivchi sonlarning yig’indisini toping.

  4. Sayyohlar Nil daryosi sohili bo’ylab yo’lga ertalab soat 6 da chiqdilar. 1 soat 45 minut yurib, 1 soat dam oldilar. So’ng yana 1 soat 30 minut yurib manzilga keldilar ular manzilga soat nechada yetib keldilar.

  5. Sayohatchi A shaxardan 1426 da yo’lga chiqdi va 75 minutda B shaxarga yetib bordi. B shaxarda 17 minut dam olib, C shaxarga 49 minutda yetib bordi. Sayohatchi C shaxarga yetib borganda soat necha edi?

  6. Ona va bola birgalikda 60 kilogramm vaznga ega. Onaning og’irligi 52 kg. bolaning vazni qancha?

  7. Hojiakbar bir xil raqamli paypoqlarini juftlab chiqmoqda. Unda necha juft paypoq hosil bo’ladi?

  8. Hojiakbar va Aliakbar qumdan qasr qurishdi va uni bayroq bilan bezatishdi. Ular bayroq ustunini yarmigacha qasrning eng baland nuqtasiga qadashdi. Bayroq ustunining eng baland nuqtasidan yergacha bo’lgan masofa 80 cm ga teng, pastki nuqtasi esa yerdan 20 cm balandda. Qum qasrning balandligi qancha?

  9. Maya icmli asalari to’rtburchak ichidagi, ammo uchburchakdan tashqarida joylashgan gullardan gul changini yig’moqda. Maya nechta guldan gul changini yig’adi?

  10. Zooparkka kirish uchun 12 ta bola navbatda turibdi. Muxlisa eshikdan boshlab sanaganda 7-o’rinda turibdi, Mushtariy esa oxiridan boshlab sanaganda 2- о’rinda turibdi. Muxlisa va Mushtariyning orasida navbatda nechta bola bor?

  11. Enni, Osiyo va Elli icmli olmaxonlar hammasi bo’lib, 7 ta yong’oq terishdi. Har biri kamida bitta lekin turli miqdorda yong’oq tergan. Enni eng kam, Osiyo esa eng ko’p yong’oq terdi. Elli nechta yong’oq tergan?

  12. Soat siferblatini 6 bo’lakka shunday bo’lingki, har bir
    bo’lakdagi sonlar yig’indisi teng bo’lsin.

  13. Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 816 ga teng. Kamayuvchini toping?

  14. Salim bir yarim soat oldin o’rnidan turdi. Uch yarim soatdan keyin u poezdga, buvisinikiga boradigan poezdga chiqadi. U poezd jo’nashidan qancha vaqt oldin o’rnidan turdi?

  15. Minora soati soat necha bo’lsa ( ya’ni 8:00, 9:00, 10:00 va boshqalarda) o’sha marta bong uradi. Shuningdek yarim soat o’tganda ham soat bir marta bong uradi (ya’ni 8:30, 9:30, 10:30 va hokazo). Soat 7:55 dan 10:45 gacha necha marta bong uradi?

  16. Viktorinada quyidagi qoidalar mavjud. Har bir ishtirokchining boshida 10 ball bor va ular 10 savolga javob berishlari kerak. To’g’ri javob uchun bir ball qo’shiladi, noto’g’ri javob uchun 1 ball ayriladi. Asadbek viktorinaning oxirida 14 ballga ega bo’ldi. U nechta noto’g’ri javob bergan?

  17. Otamirzabek dam olish kunining 10 soatini hovlisida daraxt ekishga sarflashga qaror qildi. U bir soatda 10 ta daraxt ekadi. U har gal bir soat ishlagandan keyin 30 daqiqa dam oladi. Shunday qilib u dam olish kuni nechta daraxt ekkan?

  18. Velosipedchilar birinchi kuni 164 km, bu ikkinchi kundagidan 27 km kam, uchinchi kuni esa ikkinchi kundan 16 km kam masofani bosib o’tdilar. Velosipedchilar uch kunda qancha masofani bosib o’tdilar?

  19. Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63 kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping?

  20. Turist uch kunda 47 km yo’l bosdi. U 1- va 2-kuni 33 km, 2- va 3-kuni 30 km yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi?

  21. Kitob, albom va daftar birga 780 so’m turadi. Kitob bilan albom birga 600 so’m, kitob bilan daftar birga 410 so’m turadi. Kitob, albom va daftar alohida qancha turadi?

  22. Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo’shib hisoblaganda 71 yosh. Ra’no bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 42 yosh. Ularning har qaysisining yoshi nechada?

  23. Berilgan 5 ta sondan birinchisi 23 ga teng. Har bir keyingi son avvalgisidan 10 ta ortiq. Shu 5 ta sonning yig’indisini toping?

  24. 4 ta ketma-ket sonning yig’indisi 102 ga teng. Shu sonlarni toping?

  25. Eng katta 4 xonali sonni 101 ga bo’lib, so’ngra undan men o’ylagan sonni ayirsak, eng kichik ikki xonali son hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman?

  26. Xasanboy otani 5 ta farzandi bor. Farzandlari yoshi orasidagi farqi 3 yosh. Eng katta farzandini yoshi 45 ga teng. Xasanboy otani farzandlari yoshlarini yig’indisini toping.

  27. Bog’da 24 tup olma bor. 1- tupdan 1 dona, 2-tupdan 2 dona, 3- tupdan 3 dona va hokazo oxirgi tupdan 24 dona olma uzildi. Hammasi bo’lib necha dona olma uzilgan?

  28. Bir son ikkinchisidan 18 ta ortiq. Ularning yig’indisi 168 ga teng. Shu sonlarni toping?

  29. Ona 62 yoshda, qizi 39 yoshda. a) Qizi 14 yoshda bo`lganida, ona necha yoshda bo`lgan. b) Ona 45 yoshda bo`lganida, qizi necha yoshda bo`lgan?

  30. Balandligi 10 m bo’lgan simyog’ochga shilliqurt ko’tarilayapti. Shilliqurt kunduzi 5 m ko’tarilsa, kechasi esa 4 m pastga tushadi. Necha kundan keyin shilliqurt simyog’ochning uchiga chiqadi?

  31. Sinfdagi 30 o’quvchidan 23 tasi futbol to’garagiga, 16 tasi esa gimnastika to’garagiga qatnashadi. Hamma o’quvchilar to’garakka qatnashadi. Necha kishi faqat futbol to’garagiga qatnashadi?

  32. Ikki sonning yig’indisi 55 ga, ayirmasi esa 29 ga teng. Shu sonlarni toping?

  33. Rustam otasidan 27 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. To’rt yil avval ularning yoshlari yig’indisi 84 ga teng bo’lgan bo’lsa, hozir Rustamning bobosi necha yoshda?


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling