O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


Download 0.76 Mb.
bet4/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK

V1 V2

160 km



  1. Agar tijoratchi mahsulotning 1 kg ini 40 so’mdan sotsa, 1100 so’m zarar ko’radi. 1 kg ini 80 so’mdan sotsa, 4100 so’m foyda ko’radi. Tijoratchida necha kg mahsulot bo’lgan?

  2. Uchta sonning o’rta arifmetigi 30 ga, boshqa ikkita sonning o’rta arifmetigi esa 35 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping?

  3. 4 ta kitob va 3 ta daftarning birgalikdagi narxi 315 so’mga, 2 ta kitob va 2 ta daftarniki esa 170 so’mga teng. Kitob va daftarning necha so’m turishini aniqlang?

  4. 36 yoshdagi onaning yoshi 4 ta bolalari yoshlari yig’indisidan 3 marta ortiq. Necha yildan so’ng onaning yoshi bolalari yoshlarining yig’indisiga teng bo’ladi?

  5. 6 ta sonning o’rta arifmetigi 14 ga teng. Bu sonlarga qaysi son qo’shilsa, ularning o’rta arifmetigi 15 bo’ladi?

  6. Fermadagi tovuqlar va qo’ylarning umumiy soni 870 ta, oyoqlari 2040 ta. Tovuqlar qo’ylarga qaraganda qancha ko’p?

  7. Do`konga har birida 25 tadan daftar bo`lgan bir nechta bog`lam va yana 15 ta daftar keltirildi. Hammasi bo`lib 340 ta daftar keltirilgan. Magazinga hammasi bo`lib necha bog`lam daftar keltirilgan?

  8. Bir nechta quti bor edi. Har biriga 24 tadan qalam solindi. Shunda 15 ta qalam qoldi. Qalamlar soni 279 ta bo`lsa, jami qutilar soni nechta edi?

  9. 2 o’ram bir xil sim xarid qilindi. 1-o’ram 3060 so’m, 2-o’ram esa 1904 so’m turadi. Agar 1-o’ram 2-o’ramdan 17 m uzun bo’lsa, har bir o’ramda necha m sim bor?

  10. Mototsiklchi va velosipedchi bir tomonga qarab harakat qilishmoqda. Velosipedchining tezligi 12 km/soat, mototsiklchiniki esa 30 km/soat. Ular orasidagi masofa 72 km bo’lsa, necha soatdan keyin mototsiklchi velosipedchini quvib yetadi?

  11. Poyezdning uzunligi 800 m. Poyezd ustun yonidan 40 sek da o’tib ketgani ma’lum bo’lsa, poyezdning tezligini toping?

  12. Oraliqdagi masofa 220 km bo’lgan A va B shaharlardan bir vaqtning o’zida ikki turist bir-biriga qarab yo’lga chiqdi. Birinchisi avtobusda tezligi 40 km/soat, ikkinchisi avtomobilda. Agar ular 2 soatdan keyin uchrashgan bo’lishsa, avtomobilning tezligini toping?

  13. A va B shaharlar orasidagi masofa 196 km. Bir vaqtning o’zida bir-biriga qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan mototsiklchi yo’lga tushdi va ular A shahardan 36 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 9 km/soat bo’lsa, mototsiklchining tezligini toping?

  14. Bir poyezd A punktdan jo’natilgandan 2 soat o’tgach, ikkinchi poyezd ham shu yo’nalishda jo’nadi va 10 soatdan so’ng birinchi poyezdga yetib oldi. Agar ularning tezliklari yig’indisi 110 km/soat bo’lsa, ikkinchi poyezdning tezligini toping?

  15. Ikki sonning yig’indisi 1025 ga, bo’linmasi esa 4 ga teng. Shu sonlarning ko’paytmasi va ayirmasi nechaga teng?

  16. Uchta qutida 390 ta qalam bor. 1-qutida 3-sidan 10 ta ortiq, 2- qutida 1- sidan 10 ta ortiq qalam bor. Har bir qutida nechtadan qalam bor?

  17. Sinf o’quvchilari sonidan 23 ni ayirib, 23 ga ko’paytirilsa ham, shuningdek, shu o’quvchilar sonidan 13 ni ayirib, 13 ga ko’paytirilsa ham natija bir xil chiqadi. Sinfda nechta o’quvchi o’qiydi?

  18. Bir son ikkinchisidan 6 ta ortiq, uchinchisidan esa 9 ta kam. Bu uchta son yig’indisini 3 ga bo’lganda, bo’linma 18 ga teng. Shu sonlarni toping?

  19. Eng katta uch xonali son hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa necha marta eng katta ikki xonali sonni qo’shish kerak?

  20. Bir son ikkinchisidan 1320 ta ortiq. Katta sonni kichigiga bo’lsak, to’liqsiz bo’linma 2 , qoldiq esa 580 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping ?

  21. Choy servizi bitta Choynak, 6 ta chashka, 6 ta taqsimcha va 2 ta vazachadan iborat. Do‘konga jami 240 ta Choy serviziga tegishli buyumlar keltirildi. Ulardan nechta Choy servizi tuzish mumkin?

  22. A va B qishloqlardan ikki velosipedchi bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi. Birinchi velosipedchining tezligi 6 km/soat bo‘lib, u ikkinchisining tezligidan 1,2 km/soatga kam. Agar ular 5 soatda uchrashishgan bo‘lsa, qishloqlar orasidagi masofani toping?




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling