O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar
III BOB. MATNLI MASALALARNI YECHISH
Download 0.76 Mb.
|
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK
III BOB. MATNLI MASALALARNI YECHISH.
Oralaridagi masofa 782 km bo’lgan ikki shaxardan ikki poyezd bir-biriga qarab turli vaqtlarda yo`lga chiqdi. Birinchisining tezligi 52 km/soat, ikkinchisining tezligi 61km/soat tashkil etadi. Birinchi poyezd 416 km yurgandan so’ng ikkinchisi bilan uchrashdi. Ikkinchisi poyezd birinchisidan qancha vaqt keyin yo’lga chiqqan? Men soatiga 40 km tezlik bilan yuradigan poezdda ketmoqdaman. Mening derazam oldidan qarshi tomonidan uzunligi 75 m bo’lgan tezyurar poyezd 3 sekundda o’tib ketdi. Qarshimdan kelayotgan poyezdning tezligi qancha ? “Hozir soat necha” - so’radi. Mahmud otasidan, Otasi: “Sutkaning oxirigacha sutka boshidan o’tgan vaqtga qaraganda 2 marta kam vaqt qoldi” - deb javob berdi . Soat necha bo’lgan ekan ? Poyezd uzunligi 430 metr bo’lgan ko’prikdan 45 sekundda, uzunligi 10 metr bo’lgan uy yonidan esa 15 sekundda o’tadi. Poyezd uzunligi va tezligini toping. Biolog olim amyobalarning ajoyib turini kashf etdi: har bir amyoba 1 minutda ikkiga bo’linib ko’payadi. Olim idish ichiga bitta amyoba solgan, 1 soatda idish to’ldi. Agar olim idish ichiga 2 ta amyoba solganda idish qancha vaqtda to’lar edi? Axmat degan savdogar bozordan donasi 7 so’mdan chinnivor oldi va Rahmat degan savdogarga donasi 8 so’mdan sotdi. Ali sovdogar esa xar bir chinnivor uchun 10 so’mdan to’lashini aytdi. Shunda Axmat yana qaytib Raxmatdan olmoqchi bo’ldi. Raxmat esa donasi 9 so’mdan sotdi. Axmat savdogar Ali savdogarga cinnivor donasini 10 so’mdan sotdi. Qani aytingchi, Axmat xar bir chinnivordan necha so’mdan foyda ko’rgan? Otamning yoshi 31 da bo’lganda, men 8 yashar edim. Xozir esa otam mendan 2 baravar katta. Men necha yoshdaman? Dexqon bozordan hammasi 40 ta bo’lgan tovuq, g’oz va kurka olib bordi. Kurkani 2 so’mdan, g’ozni 1,5 so’mdan, tovuqni 45 tiyindan sotgan. Jami bo’lib 40 so’mga sotgan. Nechta tovuq, kurka, g’oz bo’lgan? Cho’pondan qo’ylarni sonini so’radilar. 5000 dan kamroq. Agar 9 tadan bo’lsam 2 ta ortib qoladi, 16 tadan bo’lsam 12 ta ortib qoladi. 25 tadan bo’lsam taqsimlasam 13 ta ortib qoladi. Qani o’zingiz toping-chi, qo’ylarim nechta? Bobodan nevara so’radi: - Siz necha yoshda? - Bobo dedi: - Agar mening yoshimni 6 marta kamaytirsang va 6 ni ayirsang 6 qoladi. Boboni yoshi nechada? Savatdan 3 ta olma oldilar, keyin yana qismini oldilar, yana 3 ta olma oldilar. Shundan so’ng savatdagi olmalarning yarmi qoldi. Savatda nechta olma bo’lgan? Chol qizcha oldidan chiqib yoshini so’radi. Shunda qizcha: - Men onamdan 2 marta kichik, onam dadamdan 5 yosh kichik. Xammamizning yoshimizni qo’shganda 100 ga teng dedi. Qizcha necha yoshda? Podshoning ajoyib bog’i bor ekan. Podshoni davolagan tabib xizmati evaziga bor-yo’g’i bog’dagi olmalardan bir donasini olishga ruxsat so’rabdi. Podsho ruxsat beribdi. Bog’ uchta devor bilan o’ralgan bo’lib, bog’ga kirish uchun uchta eshikdan o’tish kerak ekan. Tabib bog’ga kirish uchun birinchi eshikdan kirayotganda qorovul: “ Bu eshikdan qaytib chiqayotganda qo’lingdagi olmalarning yarmini menga qoldirasan”, debdi. Ikkinchi va uchinchi eshikdagi qorovul ham huddi birinchi eshikdagi qorovulning gapini aytibdi. Tabib shu bog’dan bitta olmani qiziga olib borishi uchun bog’dan nechta olma olishi kerak? Aziza, Bobur, Kamol, Elyor, Diyor va Farxod har biri narda toshini tashladi. Hamma turli raqamlarni olishdi. Aziza olgan raqami Boburning raqamidan ikki barobar katta. Aziza olgan raqami Kamolning raqamidan uch barobar katta. Diyor olgan raqami Elyorning raqamidan to’rt barobar katta. Farxod qanday raqam olgan? Matematik kechada o’quvchilarga 50 ta savol berildi. Har bir to’g’ri javob uchun 10 ball berildi, har bir noto’g’ri javob uchun esa 12 ball chegirib tashlandi. O’quvchi jami 258 ball to’plagan bo’lsa, u nechta savolga to’g’ri javob bergan? Kulol 75 ta ko’zasini bozorga olib borish uchun arava yolladi. “Sindirmay olib borgan har bir ko’za uchun 30 so’mdan beraman. Singan har bir ko’za uchun 120 so’m to’laysan”- dedi kulol. Aravakash rozi bo’ldi. Bozorga kelgach, butun qolgan ko’zalarni sanab kulol aravakashga 1650 so’m berdi. Yo’lda nechta ko’za singan? Umida 18 yoshda. Uning yoshi onasi yoshining 3/7 qismiga teng. Onasining yoshi Umidaning buvisi yoshining 7/11 qismiga teng. Umidaning buvisi onasidan necha yosh katta? 3 ta shkafda 322 ta kitob bor. 1- shkafga 2-siga qaraganda 22 ta kam, ammo 3-siga qaraganda 12 ta ko’p kitob bor. Har bir shkafda nechtadan kitob bor? Avtobusning tezligi “matiz”ning tezligidan 40 km/soat kam. Ma’lum bir masofani “matiz” 6 soatda, avtobus 10 soatda o’tadi. Avtobus va “matiz”ning tezliklarini toping? Kemaning turg’un suvdagi tezligi 18 km/soat. Kema daryo oqimi bo’ylab 5 soat suzdi va orqaga qaytib avvalgi masofani endi 7 soatda bosib o’tdi. Daryo oqimining tezligini toping? Tijoratchi mahsulotining 1 kg ini 1650 so’mdan sotsa, 8140 so’m zarar ko’radi. Agar 1 kg ini 1980 so’mdan sotsa, 16280 so’m foyda qiladi. Tijoratchida necha kg mahsulot bor? Tijoratchida 130 kg mol bor edi. Agar u 1 kg molni 400 so’mdan sotsa, 9000 so’m zarar ko’radi. Tijoratchi hamma molini sotib 17000 so’m foyda ko’rdi. U molning 1kg ini necha so’mdan sotgan? Mashina 455 km masofani soatiga 65 km tezlik bilan bosib o’tdi. Tezligi soatiga 90 km bo’lgan mashina shu vaqt ichida necha km yo’l bosadi? Buyumning narxi 36000 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/9 qismiga qimmatlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 3/11 qismiga arzonlashdi. Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi? Kulol 25 ta ko’zani bozorga olib borish uchun arava yolladi. Bozorga olib kelingan har bir butun ko’za uchun kulol aravakashga 1500 so’m beradi. Sindirib qo’yilgan har bir ko’za uchun aravakash kulolga 5000 so’m to’laydi. Yo’lda bir nechta ko’za sinib qolibdi va kulol aravakashga 18000 so’m berdi. Nechta ko’za bozorga sinmay kelgan? Ikki sonning yig’indisi 2604 ga teng. Sonlarning kattasini kichigiga bo’lsak, to’liqsiz bo’linma 5 va qoldiq 6 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping? Bog’da 600 tup mevali daraxt bor. Ularning 13/30 qismi olma, 11/20 qismi nok, qolgani olxo’ri. Bog’da necha tup olxo’ri bor? Buyumning narxi 23400 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/15 qismiga arzonlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 2/15 qismiga qimmatlashdi. Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi? Temir yo’lning bir qismida 8 m uzunlikdagi relslar 12 m uzunlikdagi relslarga almashtirildi. Agar 240 ta eski rels olib tashlangan bo’lsa, uning o’rniga yangi 12 m lik relslardan nechtasini qo’yish kerak? Yuk poyezdi A shahardan B shaharga qarab jo’nadi. Oradan 3 soat o’tgach, A dan B ga qarab yo’lovchi poyezdi yo’lga chiqdi va oradan 15 soat o’tgach yuk poyezdidan 300 km o’zib ketdi. Agar yo’lovchi poyezdining tezligi yuk poyezdining tezligidan 30 km/soat ortiq bo’lsa, yuk poyezdining tezligini toping? Bandargohdagi ikki kema bir vaqtda, biri shimolga qarab, ikkinchisi janubga qarab jo’nadi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 60 km bo’ldi. Bu kemalardan birining tezligi ikkinchisidan 6 km/soat ortiq. Har qaysi kemaning tezligini toping? Ikki sonning yig’indisi 60 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping? Qishloqdan shahargacha 32 km. Erkin shu yo’lning 3/8 qismini avtobusda, 1/2 qismini mashinada, qolgan yo’lni piyoda bosdi. Erkin piyoda necha km yo’l bosgan? Daraxtdagi 5 ta shoxning har birida baravardan qush qo’nib turibdi. Har bir shoxdan 2 tadan qush uchib ketsa, ilgari 3ta shoxda nechta qush bo’lsa, hamma shoxda shuncha qush qoladi. Har bir shoxga nechtadan qush qo’ngan? 7 o’quvchiga yong’oq ulashildi. Agar har bir o’quvchi o’ziga berilgan yong’oqdan 12 ta ortiq yong’oq olganda, hamma o’quvchi 294 ta yong’oq olar edi. Har bir o’quvchi nechtadan yong’oq olgan? 8 ta idishga sut quyildi. Agar har bir idishga 9 l kam quyilsa, hamma idishdagi sut 104 l bo’lar edi. Har bir idishga necha litrdan sut quyilgan? Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket va ikkita 5 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, konfet solingan bitta paketning og’irligi qancha? Tarozining bir pallasida bir xil uch banka olma sharbati va bitta 5 kg lik tosh bor. Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to’rtta 2 kg lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, bir banka olma sharbatining og’irligi qancha? Bir kishi 4 kg olma sotib oldi. Pul to’laganda sotuvchidan 40 so’m qaytim oldi. Agar bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana 40 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. 1 kg olma qancha turadi? Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet olganda edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m turadi? Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo’lsa, yuk mashinalar nechta? Arqon ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, birinchi bo’lagi ikkinchisidan 4 marta uzun bo’ldi. Agar birinchi bo’lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo’lsa, har qaysi bo’lakning uzunligi qancha? 2 ta avtobusda 69 ta yo’lovchi bor. 1- avtobusdan 5 ta, 2- avtobusdan 7 ta yo’lovchi tushgandan keyin, 1- avtobusda 2- sidan 2 marta kam yo’lovchi qoldi. Har bir avtobusda qancha yo’lovchi bo’lgan? Agar har bir uyning oldiga 7 tupdan daraxt ko’chati o’tqazilsa, u holda 50 tup ko’chat yetmaydi. Agar 5 tupdan o’tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko’chada nechta uy bor? 4- sinf o’quvchilari futbol to’pi sotib olishmoqchi bo’lishdi. 5 so’mdan pul yig’ishganda to’plangan pul futbol to’pi narxidan 15 so’m kam bo’lib qoldi. 6 so’mdan yig’ishganda, to’plangan pul futbol to’pi narxidan 7 so’m ortiq chiqdi. Sinfda nechta o’quvchi bor va to’pning narxi necha so’m? Otasi 41 yoshda, katta o’g’il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kenja o’g’li 6 yoshda. Necha yildan keyin otasining yoshi bolalari yoshlari yig’indisiga teng bo’ladi? O’g’il otasidan necha yoshdasiz deb so’radi. Otasi “yoshimning yarmiga 12 ni qo’shsang, 12 yil oldingi yoshimni bilib olasan”, dedi. Ota necha yoshda? Qizi bilan o’g’li birga necha yoshda bo’lsa, ota shuncha yoshda. O’g’il qizdan ikki marta katta va otasidan 20 yosh kichik bo’lsa, ularning har biri necha yoshda? 4 ta paketda teng sonda konfetlar bor. Agar har qaysi paketdan 9 tadan konfet olinsa, hamma paketda, oldin har birida nechta bo’lsa, shuncha konfet qoladi. Har qaysi paketda nechtadan konfet bo’lgan? Tarvuz 100 so’m va yana yarimta tarvuz haqicha turadi. Tarvuz qancha turadi? Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling