O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


Download 0.76 Mb.
bet7/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK

V BOB. ODDIY KASRLAR

  1. Aziza bir chorak qo’ziqorinli va ikki chorak pishloqli pitsani 350 so’mga sotib oldi. Dilshod 4 chorak qo’ziqorinli pitsani 600 so’mga oldi. Bitta pishloqli pitsaning narxi qancha?

  2. Suv sho’rvani uchdan ikki qismini tashkil etadi. Suv 2 litr bo’lsa, sho’rva necha litr.

  3. O’zga sayyorada bir yil 20 oydan tashkil topgan. Har bir oyda 6 haftasi bor. Bir yilning chorak qismida necha hafta bor?

  4. Shaxbozda 72 ta olma bor edi. U olmalarni uchdan birini opasiga, qolganini yarmini ukasiga berdi. Shaxbozda nechta olma qoldi?

  5. Usta boyi 2 m eni 1.2 m ga teng gipsokartondan birdaniga yarim va chorak qismiga teng bo’laklarni kesib oldi. Qolgan gipsokartonning yuzasi qanchaga teng.

  6. Avazbekda 100 so’m pul bor edi. U pulining bir qismini Kamronga berdi. Keyin u qolgan pulining yarmini Behruzga berdi. Behruz pulining yarmini Shuxratga berdi. Agar Shuxrat 16 so’m olgan bo’lsa, Avazbek Kamronga qancha pul bergan?

  7. Racmda yog’och detalga mahkamlangan beshta shurup ko’rsatilgan. To’rtta shurup bir xil uzunlikda, bittasi esa kaltaroq. Qaysi shurup eng kalta?

  8. Otamirzabek katakchali daftardan ikki xil turdagi shakl kesib olyabdi Otamirzabekni racmdagi qayiqni butunlay yopish uchun kerak bo’lgan shakllarning eng kichik soni nechaga teng?



  1. Bog’ teng kvadratlarga bo’lingan. Chaqqon va immillagan chig’anoqlar, “S” burchakdan boshlab, bog’ning devori bo’ylab, har-xil yo’nalishda, sudralmoqda. Immillagan chig’anoq soatiga 1 metr tezlik bilan sudralmoqda, chaqqoni esa soatiga 2 metr tezlikda harakatlanmoqda. Qaysi nuqtada chig’anoqlar uchrashadi?



  1. 3/4 va 8/9 sonlari orasida maxraji 36 ga teng bo’lgan nechta qisqarmas kasr son bor?

  2. 2/3 dan katta va 5/6 dan kichik bo’lgan, maxraji 30 ga teng bo’lgan nechta qisqarmas kasr mavjud?

  3. Agar a=5/11, b=3/7, c=6/13; bo’lsa a, b va c ni o’sish tartibida joylashtring.

  4. 1/30 va 1/45 kasr umumiy maxrajining barcha natural bo’luvchilari soni nechta?

  5. 3/7, 4/17, 21/23 sonlariga bo’lganda, butun son chiqadigan eng kichik natural sonni toping.

  6. 0,8 ga teskari bo’lgan songa qaramaqarshi sonni toping.

  7. Aziza 320 betlik kitobning sakkizdan uch qismini o‘qidi. U kitobning hecha betini o‘qigan? Kitobning yana necha beti hali o‘qilmagan?

  8. Ozoda xola 20 ta quymoq pishirdi. Aziza quymoqlarning o‘ndan uch qismini, Nargiza o‘ndan to‘rt qismini, Dilnoza o‘ndan bir qismini yedi. Qancha quymoq qoldi?

  9. Yashil bo‘yoq hosil qilish uchun 7/12 kg sariq bo‘yoqqa 4/12 kg ko‘k bo‘yoq qo‘shib aralashtirildi. Yashil bo‘yoqning massasini toping.

  10. Ekilgan 150 ta pomidor ko‘chatining 120 tasi unib chiqdi. Ko‘chatning qanday qismi unib chiqmagan?

  11. Qaymoqning 1/5 qismini yog‘ tashkil qiladi. 20 kg qaymoqda qancha yog‘ bor?

  12. Yanvar oyida 11 kun qor, 6 kun yomg‘ir yog‘di. Oyning qanday qismida havo ochiq bo‘lgan?

  13. 24 nafar o‘quvchining 13 nafari a’lochi va 8 nafari yaxshi baholarga o‘qiydi. Sinfdagi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarning jami o‘quvchilar soniga nisbatan ulushini toping?

  14. 5 ta bola 4 ta olmani teng taqsimlab olishdi. Ularning har biriga olmaning qanday bo‘lagi tegdi?

  15. Bir haftada oila 18 ta non iste’mol qildi. Bir kunda oila iste’mol qilgan nonni kasr ko‘rinishida ifodalang.

  16. 2 ta qatlama 5 ta likopchaga teng qilib taqsimlandi. Har bir likopchaga qo‘yilgan qatlamani kasr ko‘rinishida ifodalang.

  17. Halima 35 minutda 2 km yurdi. U 1 minutda yurgan yo‘lni kasr ko‘rinishida ifodalang.

  18. Poyezd 15 minutda 20 km yo‘l bosdi. U 1 minutda bosgan yo‘lni kasr ko‘rinishida ifodalang?

  19. 46 litr sut 5 ta idishga teng qilib quyildi. Har bir idishga quyilgan sutni kasr ko‘rinishida ifodalang.

  20. 112 m sim 23 ta teng bo‘laklarga bo‘lindi. Bitta bo‘lakning uzunligini kasr ko‘rinishida ifodalang?

  21. Oila bir haftada 12 kg kartoshka iste’mol qildi. Oila bir kunda o‘rtacha necha kilogramm kartoshka iste’mol qilganini toping. Javobni aralash son ko‘rinishida ifodalang.

  22. Avtomobil 250 km masofani 3 soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, avtomobilning tezligini toping. Javobni aralash son ko‘rinishida ifodalang.

  23. Ishchi 8 soatda 145 dona detal tayyorladi. U 1 soatda nechta detal tayyorlagan? Javobni aralash son ko‘rinishida ifodalang.

  24. Toshkent teleminorasining balandligi 375 m. Teleminora poydevori balandligi uning 33 dan 1 qismini tashkil qiladi. a) Poydevor balandligini toping. b) Toshkent teleminorasini uzunligi 93 m bo‘lgan oyoqlar ushlab turadi. Oyoqlar minora balandligining qanday qismini tashkil qiladi?

  25. Agar muzqaymoqning 4/5 qismini sut tashkil qilsa, 2 kg muzqaymoq tayyorlash uchun qancha sut kerak bo‘ladi?

  26. Ishchilar birinchi kuni buyurtmaning 4/9 qismini, ikkinchi kuni esa
    3/9 qismini bajarishdi. Ikki kunda ishchilar buyurtmaning qancha qismini bajardilar?

  27. Bog‘dan jami 3 sentner 60 kg meva terildi. Mevalarning 7/12 qismini olma, 4/12 qismini nok va qolganini behi tashkil qiladi. Terilgan olmalar nokdan necha kilogramm ko‘p?

  28. Kitobning birinchi bo‘limi butun kitobning 5/13 qismini, ikkinchi bo‘limi esa uning 2/13 qismini tashkil etadi. Agar birinchi bo‘lim ikkinchi bo‘limdan 12 bet ko‘p bo‘lsa, kitob necha betdan iborat?

  29. Sinfda 30 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 7/15 qismi – “5”, 5/15 qismi – “4” va qolgani – “3” baho oldi. Qancha o‘quvchi “3” baho olgan?

  30. Hadicha 5 dan katta, lekin 6 dan kichik bo‘lgan kasrni o‘yladi. Bu kasrning maxraji 8 ga teng, surati esa 42 dan kichik bo‘lsa, Hadicha o‘ylagan sonni toping?

  31. Ekilgan 2500 ta bodring ko‘chatining 2000 tasi unib chiqdi. Ko‘chatning qanday qismi unib chiqmagan?

  32. Ekilgan 2500 ta bodring ko‘chatining 2300 tasi unib chiqdi. Ko‘chatning qanday qismi unib chiqmagan?

  33. Qaymoqning 3/20 qismini yog‘ tashkil qiladi. 120 kg qaymoqda qancha yog‘ bor?

  34. Maktab bog‘ining 3 ta gulzor va yo‘lkalari bo‘ylab 46 ta atirgul ko‘chati ekildi. Agar yo‘lkalar bo‘ylab 16 ta atirgul ekilgan bo‘lsa, 2 ta gulzorga nechta atirgul ekilgan ?

  35. Sayyoh uch kunda 35 km yo‘lni bosib o‘tdi. U birinchi kun 11 km, ikkinchi kun qolgan yo‘lning  qismini bosib o‘tgan bo‘lsa, uchinchi kun qancha masofani o‘tishi kerak?

  36. Sinfda o‘quvchilarning yarmi matematika fanidan yozma ishni yaxshi bahoga, qolganining yarmi esa a’lo bahoga va qolgan 8 nafar o‘quvchi 3 bahoga bajarishgan bo‘lsa, sinfda qancha o‘quvchi bo‘lgan?

  37. Mobil aloqa tarmog‘iga birinchi yilda shahar aholisining 2/7 qismi, ikkinchi yili esa 3/7 qismi ulandi. Shahar aholisining qanday qismi mobil aloqa tarmog‘iga ulangan? Agar shaharda 87 500 kishi istiqomat qilsa, hozirda ularning qanchasi mobil aloqa xizmatidan foydalanmayapti?

  38. Mobil aloqa tarmog‘iga birinchi yilda shahar aholisining 3/7 qismi, ikkinchi yili esa 1/7 qismi ulandi. Shahar aholisining qanday qismi mobil aloqa tarmog‘iga ulangan? Agar shaharda 87 500 kishi istiqomat qilsa, hozirda ularning qanchasi mobil aloqa xizmatidan foydalanmayapti?

  39. Dilnoza 168 betlik matnning yettidan uch qismini kompyuterda terdi. U matnning necha betini kompyuterda tergan? Yana necha betlik matn qolgan?

  40. 28 kg qand lavlagidan 7 kg shakar olindi. 9 kg shakar olish uchun qancha lavlagi kerak.

  41. Muzqaymoqda 5 qism suv, 2 qism qaymoq va 3 qism shakar (massalari bo’yicha) bo’ladi. 2 kg muzqaymoq tayyorlash uchun qancha gramdan suv, qaymoq va shakar kerak bo’ladi?




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling