O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


Download 0.76 Mb.
bet1/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK


O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK AMALIY FAOLIYATIGA DOIR TOPSHIRIQLAR VA MASALALAR
(5-6 sinflar uchun)
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Kengashi yig’ilishining qaroriga binoan uslubiy qo’llanma chop etishga tavsiya etiladi.

Ushbu uslubiy qo’llanma maktab o’quvchilari va o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib. Unda Natural sonlarni qo’shish va ayirish, Natural sonlarni ko’paytirish va bo’lish, Matnli masalalarni yechish, Geometrik shakllar, Oddiy kasrlar, Fazoviy geometrik shakllar, O‘nli kasrlar, Ma’lumotlar tahlili, ular asosida tuzilgan misol va masalalar hamda talabalar mustaqil yechishlari uchun topshiriqlar to’plamlari keltirilgan.



Tuzuvchi:
N.Abduvaliyev – Andijon davlat universiteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi.

Taqrizchilar:

K.Mamadaliyev – Andijon davlat universiteti dotsenti, f-m.f.n,
S.Ergashov– Andijon mashinasozlik instituti dotsenti, t.f.n.
SO‘Z BOSHI

Mamlakatimizda so’ngi yillarda ta’lim tizimini tubdan islohot qilishga katta ahamiyat berildi. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo`nalishlari va mutahassisliklari hamda sirtqi va kechki bo`limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo`nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.


2018 yil 5 iyun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo`yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775-son, 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4387-son ”Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirirshda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanoviskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 2019 yil 9 oktabrdagi PF-5847-son ”O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qaror va farmonlari qabul qilindi va unda o’quv mashg’ulotlarini o’quvchilarni innovatsion fikrlashga yo`naltirilgan o’qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e’tiborni o’quvchilarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog’liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish1 hamda oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish2 kabi vazifalarning ijrosini ta’minlash ta’kidlab o‘tilgan.
Hozirgi davrda o’quvchilarning mustaqil fikrlashiga katta e’tibor berilmoqda. O‘qituvchi ulardan o’quvchilarning uy ishini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin.
Mualliflar ushbu o’quv qo’llanma kamchiliklardan holi degan fikrdan uzoqda bo‘lganligi tufayli uni takomillashtirish bo‘yicha kitobxonlarning taklif va mulohazalarini minnatdorchilik bilan qabul etadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling