O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar
Download 0.76 Mb.
|
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK
VII BOB. O‘NLI KASRLAR
Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlarining yer maydonlari mos ravishda 4,2; 7,4; 7,9 ming km kvadratga teng bo’lsa, Farg’ona vodiysini yer maydoni qancha? 576 m masofada aravaning orqa g’ildiragi oldingisiga qaraganda 60 ta kam aylanadi. Oldingi g’ildirak aylanasi 3,2 m bo’lsa, orqa g’ildirak aylanasi uzunligini toping. Usta bo’yi 2 m va eni 1,6 m ga teng gipsokartondan birdaniga yarim va chorak qismiga teng bo’laklarni kesib oldi. Qolgan gipsokartonning yuzasi qanchaga teng? Kitoblar do’konida “O’zbek xalq ertaklari” nomli kitobni narxi 35 000 so’m. Daftarning narxi kitobning narxini 0,02 qismini tashkil qiladi. Qalamni narxi esa daftarning narxidan 500 so’m arzon bo’lsa, qalamning narxini toping. Bosketbol to’pini og’irligi 0,9 kg. Futbol to’pini o’g’irligi esa bosketbol to’pini og’irligini 0,5 qismini tashkil qiladi. Tennis sharigini og’irligi futbol to’pini o’g’irligini 0,003 qismini tashkil qiladi. Tennis sharigini og’irligi necha gramm? Mushtariy online dars mashg’ulotni telefondan tortmoqchi bo’ldi. Dars mashg’ulotni hajmi 300 mb ni tashkil qiladi. Agar uning telefoni 25 mb ni 30 soniyada skachat qildi, Mushtariy telefoni online mashg’ulotni to’liq skachat qilish uchun qancha vaqt ketadi? Ra’noning kiprigi uzunligi 1,2 cm ga teng. Sochi esa kiprigidan 75 marta uzun bo’lsa, uning sochi uzunligi necha m ga teng. Pekin olimpiadasining g’olibi 200 m masofani 20 soniya ichida bosib o’tdi. U qanday tezlik bilan yugurgan? 9. Sanjar va Otabekning har birida 45 tadan kitob bor. Sanjardagi kitoblarning qismi va Otabekdagi kitoblarning qismi ertaklardan iborat. a) Kimning ertak kitobi ko‘proq va nima uchun ko‘p? b) Sanjar va Otabekda jami nechta ertak kitob bor? 10. Daftar 250 so‘m, ruchka esa undan 100 so‘mga arzon turadi. a) 5 ta daftar va 3 ta ruchka necha so‘m turadi? b) 2500 so‘mga nechta daftar va ruchka sotib olish mumkin? 11. Ikki xonali sonning raqamlari yig‘indisi 6 ga teng. Agar o‘nliklar soni birliklar sonidan 2 marta katta bo‘lsa, bu sonni toping. 12. Ikki xonali sonning raqamlari yig‘indisi 8 ga teng. Agar o‘nliklar soni birliklar sonidan 3 marta katta bo‘lsa, bu sonni toping. 13. Uch kunda doʻkonda jami 1 971 000 soʻmlik savdo qilindi. Agar birinchi kuni ikkinchi kunga qaraganda 23 500 soʻm koʻp, uchinchi kuni esa birinchi kunga qaraganda 56 000 soʻm kam savdo qilingan boʻlsa, bu doʻkonda har qaysi kunda qanchadan savdo qilingan? 14. Omborga birinchi kuni 2,14 t, ikkinchi kuni esa 3,65 t yuk tushirildi. Bu ikki kun ichida omborga qancha yuk tushirilgan? 15. Katerning oqim bo‘yicha tezligi 23,7 km/h. Agar oqimning tezligi 3,8 km/h bo‘lsa, katerning turg‘un suvdagi tezligini va oqimga qarshi tezligini toping? 16. Katerning oqim bo‘yicha tezligi 23,7 km/h. Agar oqimning tezligi 4,8 km/h bo‘lsa, katerning turg‘un suvdagi tezligini va oqimga qarshi tezligini toping? 17. Katerning oqim bo‘yicha tezligi 28,7 km/h. Agar oqimning tezligi 2,8 km/h bo‘lsa, katerning turg‘un suvdagi tezligini va oqimga qarshi tezligini toping? 18. Birinchi bog‘dan 2,72 t, ikkinchi bog‘dan esa birinchisiga qaraganda 1,01 t kam olma terildi. Ikkala bog‘dan qancha olma terilgan? 19. Birinchi bog‘dan 6,12 t, ikkinchi bog‘dan esa birinchisiga qaraganda 1,11 t kam olma terildi. Ikkala bog‘dan qancha olma terilgan? 20. Birinchi bog‘dan 8,72 t, ikkinchi bog‘dan esa birinchisiga qaraganda 2,01 t kam olma terildi. Ikkala bog‘dan qancha olma terilgan? 21. Teploxod ko‘lda 27 km/h tezlik bilan 3 soat, so‘ngra bu ko‘lga quyiladigan daryoda oqimga qarshi 4 soat suzdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/h bo‘lsa, teploxod shu 7 soatda bosib o‘tgan masofani toping? 22. Uchburchakning bir tomoni 8,65 dm bo‘lib, u ikkinchi tomonidan 1,7 dm uzun. Agar uchburchakning perimetri 23,89 dm bo‘lsa, uning uchinchi tomoni uzunligini toping. 23. Uchburchakning bir tomoni 12,65 dm bo‘lib, u ikkinchi tomonidan 1,4 dm uzun. Agar uchburchakning perimetri 33,89 dm bo‘lsa, uning uchinchi tomoni uzunligini toping. 24. Uchburchakning bir tomoni 6,65 dm bo‘lib, u ikkinchi tomonidan 1,3 dm uzun. Agar uchburchakning perimetri 23,89 dm bo‘lsa, uning uchinchi tomoni uzunligini toping. 25. Quyidagi son yig‘indisini toping: 0,01 + 0,02 + 0,03 + … + 0,98 + 0,99. 26. Yer sharining eng baland nuqtasi Jomolungma (yoki Everest) cho‘qqisi bo‘lib, uning balandligi 8848 m. Bu balandlikni kilometrgacha yaxlitlang. 27. Dunyoning eng chuqur joyi Tinch okeanidagi Mariana cho‘kmasi hisoblanadi. Uning chuqurligi - 11 022 m. Bu chuqurlikni kilometrgacha yaxlitlang? 28. Qaymoqning 0,4 qismini yog‘ tashkil qiladi. 180 kg qaymoqda qancha yog‘ bor? Qaymoqning 0,6 qismini yog‘ tashkil qiladi. 100 kg qaymoqda qancha yog‘ bor? Mobil aloqa tarmog‘iga birinchi yilda shahar aholisining 0,2 qismi, ikkinchi yili esa 0,4 qismi ulandi. Shahar aholisining qanday qismi mobil aloqa tarmog‘iga ulangan? Agar shaharda 87 500 kishi istiqomat qilsa, hozirda ularning qanchasi mobil aloqa xizmatidan foydalanmayapti? Mobil aloqa tarmog‘iga birinchi yilda shahar aholisining 0,4 qismi, ikkinchi yili esa 0,5 qismi ulandi. Shahar aholisining qanday qismi mobil aloqa tarmog‘iga ulangan? Agar shaharda 87 500 kishi istiqomat qilsa, hozirda ularning qanchasi mobil aloqa xizmatidan foydalanmayapti? Mobil aloqa tarmog‘iga birinchi yilda shahar aholisining 0,3 qismi, ikkinchi yili esa 0,4 qismi ulandi. Shahar aholisining qanday qismi mobil aloqa tarmog‘iga ulangan? Agar shaharda 87 500 kishi istiqomat qilsa, hozirda ularning qanchasi mobil aloqa xizmatidan foydalanmayapti? Dilnoza 160 betlik matnning o’ndan uch qismini kompyuterda terdi. U matnning necha betini kompyuterda tergan? Yana necha betlik matn qolgan? Dilnoza 160 betlik matnning o’ndan besh qismini kompyuterda terdi. U matnning necha betini kompyuterda tergan? Yana necha betlik matn qolgan? Dilnoza 160 betlik matnning o’ndan to‘rt qismini kompyuterda terdi. U matnning necha betini kompyuterda tergan? Yana necha betlik matn qolgan? Xona polining eni 6 m, bo‘yi 15 m. 1 m2 polni bo‘yash uchun 0,2 kg bo‘yoq sarflanadi. Хona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kеrak? Xona polining eni 8 m, bo‘yi 12 m. 1 m2 polni bo‘yash uchun 0,25 g bo‘yoq sarflanadi. Хona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kеrak? O‘lchamlari 6 dm, 1,2 dm va 1,7 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. O‘lchamlari 8 dm, 1,2 dm va 1,5 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. O‘lchamlari 1,6 dm, 10 dm va 1,3 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. Qirrasi 2,5 dm bo‘lgan kubni bo‘yash kerak. Buning uchun qanday kattalikdagi yuzani bo‘yash kerak bo‘ladi? O‘lchamlari 1,6 dm, 12 dm va 17 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. O‘lchamlari 1,8 dm, 12 dm va 15 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. O‘lchamlari 1,6 dm, 10 dm va 13 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang. Qirrasi 2 dm bo‘lgan kubni bo‘yash kerak. Buning uchun qanday kattalikdagi yuzani bo‘yash kerak bo‘ladi? To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 3,1 m, eni 4,3 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi? Yog‘och taxtaning bo‘yi 6 m, eni 3 dm va qalinligi 3 cm. 1 dm3 taxtaning massasi 0,65 kg ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping. Yog‘och taxtaning bo‘yi 8 m, eni 3 dm va qalinligi 40 cm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 2,1 m, eni 1,3 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi? Yog‘och taxtaning bo‘yi 8 m, eni 0,25 m va qalinligi 0,02 m. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling