O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


O’QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK AMALIY FAOLIYATIGA DOIR TOPSHIRIQLAR


Download 0.76 Mb.
bet11/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK

O’QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK AMALIY FAOLIYATIGA DOIR TOPSHIRIQLAR
1-TOPSHIRIQ
Oila a’zolaringizni (dadangiz, onangiz, opa-singlingiz, aka-ukangiz) bo’ylarini o’lchang. Kimning bo’yi balandligini va pastligini toping. Kim kimdan qancha pastligini (balandligini toping).
2- TOPSHIRIQ
Oilangizda necha kishi maktabga boradi? Ularning nechtadan darslik kitoblari borligini yozing va uyingizda nechta darslik kitob borligini aniqlang.
5-TOPSHIRIQ
Bu hafta dadangiz bilan bozorga boring. Dadangiz nimalarni xarit qildi va qanchadan shularni yozing va qancha pul ishlatkanini toping.
6-TOPSHIRIQ
Dadangiz va onangizni oyliklarini so’rang. Ularning kunlik daromatini hisoblang.
7-TOPSHIRIQ
Siz bir oyda qancha harajat qilasiz. Bir fasldachi, bir yildachi? Aka, ukalaringizchi?
8-TOPSHIRIQ
Bugun svet (gaz,suv) schotchigi nechani ko’rsatayotganini yozing. Dadangiz haftada (oyda, faslda, yilda) svet (gaz,suv) uchun qancha pul sarflayotganini toping.
9-TOPSHIRIQ
Yangi yil bayramini sinfdoshlaringiz bilan o’tkazmoqchisiz. Ular sizga bayram dasturxonini ro’yxatini qil va qanchadan tushushini bizga ayt dedi. Siz ro’yxat tuzing va qanchadan tushishi ayting.


TEZ JAVOB BERISHGA SHOSHILMANG

  1. Stolda 7 ta pashsha bor edi. Bir urib 2 ta pashsha o’ldirilsa, stolda nechta pashsha qoladi?

  2. Xonadagi 7 ta shamdan 3 tasi o’chirib qo’yilsa, nechta sham qoladi?

  3. Bu yil qovun tarvuz bo’ladimi?

  4. Nemis sartaroshlari bir nafar ispanning sochini olishdan ko’ra ikki nafar portugalning sochini olishni yoqtirishadi. Nima uchun?

  5. Hasan, Husan va Salim 6 km ga yugurib borishdi. Ularning har biri necha kilometrdan yugurishgan?

  6. Qachon bo’linma bo’linuvchiga teng bo’ladi?

  7. Soat 5 da yomg’ir yog’a boshladi va 6 soatdan keyin yomg’ir to’xtab, bulutlar tarqab ketdi. Lekin quyosh chiqmadi. Nima uchun?

  8. Savatdagi 5 ta olma 5 ta bolaga bittadan bo’lib berildi, lekin bitta olma savatda qoldi. Shunday bo’lishi mumkinmi?

  9. Qavasdagi 4 ta qush 4 ta bolaga bittadan berilsa, 1 ta qush o’sha qafasda qolishi mumkinmi?

  10. Hech qanday arifmetik amallarni bajarmay 66 sonini 1,5 marta oshiring.

  11. Tikuvchi har kuni gazlamani 2 metrli bo’lakdan qirqib olsa, 18 metrli gazlamaning oxirgi bo’lagini nechanchi kuni qirqadi?

  12. Har 5 minutda yarim metrli g’ola arralayotgan kishi 14 metrli yog’ochni qancha vaqtda kesib bo’ladi?

  13. Uch o’rtoq bozorga ketayotib, 3 ta tanga topib olishdi. Agar o’rtoqlardan bittasi o’zi bozorga ketayotgan bo’lsa, nechta tanga topgan bo’lardi?

  14. Samarqandga kelayotgan bir kishi 3 nafar tanishini uchratib qoldi. Har bir tanishining yonida bittadan bolasi ham bor edi. Hammasi bo’lib Samarqandga kelayotganlar necha nafar edi?

  15. Qushlar galasi uchib kelayotgan edi. Oldida bitta qush, orqasida ikkita qush. Orqada bitta qush, oldida ikkita qush. O’rtada bitta qush, oldida bitta qush va orqasida bitta qush. Qushlar galasida hammasi bo’lib nechta qush bor edi?

  16. 3 ta cho’p stol ustiga qator qilib terilgan. O’rtadagi cho’pga tegmasdan, uni o’rtadan yo’qotish mumkinmi?

  17. Stol ustida ikkita cho’p bor. Sindirmasdan uning yordamida kvadrat hosil qila olasizmi?

  18. 1 kg paxta og’irmi, 1 kg temirmi?

  19. Qachon 12 ni ko’rib 24 deymiz?

  20. Ikki ota o’z o’g’illariga pul berishdi. Birinchi ota o’z o’g’liga 10 tanga, ikkinchi ota o’z o’g’liga 5 tanga berdi. Lekin o’g’illar pullarini birgalikda sanashsa, 10 tanga chiqdi. Shu to’g’rimi?

  21. Olti yoqli qalamda nechta yoq bor?

  22. Birinchi terakda 13 ta, ikkinchisida esa undan 8 ta ko’p olma bor edi. Ikkala daraxtda nechta olma bor?

  23. Surati maxrajidan kichik bo’lgan kasr, surati maxrajidan katta bo’lgan kasrga teng bo’lishi mumkinmi?

  24. 10 metrli zanjirga bog’langan it bir yo’nalish bo’yicha 100 metr masofaga yugurib borishi mumkinmi?

  25. Suv ostida turib gugurt yoqish mumkinmi?

  26. 30 ta deraza oynasini yuvishga 6 soat vaqt sarflasa, xuddi shunday o’lchamdagi 10 ta ko’zgu oynasini yuvishga qancha vaqt sarflanadi?

  27. Ikkidan katta, lekin uchdan kichik son hosil qilish uchun 2 va 3 orasiga qanday belgi qo’yish kerak?

  28. Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?

  29. Shokir amaki ishga shoshilib, soyabon va bosh kiyimini uyda qoldirib ketdi. Birdan kuchli yomg’ir yog’ib, hamma kiyimi jiqqa ho’l bo’ldi. Ammo boshidagi bitta ham sochi ho’l bo’lmadi. Nima uchun?

  30. Soatlarning faqat ikkitasi vaqtni to’g’ri ko’rsatmoqda. Qolgan soatlar yoki oldinda, yoki orqada qolmoqda. Ularning ko’rsatishi quyidagicha: 9:25, 6:15, 9:30, 4:10, 18:15, 10:10, 19:15, 11:25, 12:30. Hozir soat necha bo’ldi?

  31. Toshkentdan Nukusga samolyot 1,5 soat parvoz qiladi, qaytishda Nukusdan Toshkentga 90 minutda keladi. Nima uchun?

  32. Ikkita dada va ikkita o’g’il velesipedda yo’lga chiqdi. Har biri bittadan velesiped minib olishgan. Ularga uchta velesiped yetadimi?

  33. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko’payadi. O’sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1 soatda liq to’ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi?

  34. Uzunligi 36 metr bo’lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Savol: sotuvchi chitni necha marta kesgan?

  35. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

  36. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi?

  37. Quyon ikki oyog’ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog’ida tursa necha kg keladi?


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling