O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar


VI BOB. FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR


Download 0.76 Mb.
bet8/12
Sana02.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1320472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK

VI BOB. FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR

  1. Gul tuvak, skavarotka, paqir (chelak), qoshiq. Qaysi uy ro’zg’or buyimi ortiqcha?

  2. Qirrasi 1 metr bo’lgan kubni qirrasi 1mm bo’lgan kubchalarga
    ajratsak va hosil bo’lgan kubchalarni bir qatorga tizsak, qatorning
    uzunligi qancha bo’ladi ?

  3. Qirrasi 1 m bo’lgan kubni qirrasi 1 cm bo’lgan kublarga ajratsak
    nechta kub hosil bo’ladi va ularni bir qatorga tizsak, qator uzunligi
    qancha bo’ladi ?

  4. Dilyora qog’ozdan korobka yasamoqchi. Chap tarafdagi qaysi shakliardan o’ng tarafdagi korobkani yasash mumkin?

  5. Kadastir chizmasida mashtab 1:400 ko’rsatilgan. Chizmada sport maydonining bo’yi 50 cm va eni 40 cm bo’lsa, uning xaqiqiy o’lchamlari metr o’lchovida qanday?

  6. Racmdagi figuraning yuzini toping?

  7. To’g’ri chiziqda 16 ta nuqta belgilangan bo’lib har ikki nuqta oralig’i 2 cm dan. Ikki chetli nuqtalar orasidagi masofani toping.

  8. cm kecmada shunday K va B nuqta olingki, cm, cm bo’lsin. BK kecma uzunligini toping.

  9. Uzunligi 20 cm bo‘lgan simni qayirib to‘g‘ri to‘rtburchak yasashdi. Agar bu to‘rtburchakning eni 4 cm bo‘lsa, bo‘yi necha cm?

  10. Devorning balandligi 3 m, uzunligi 30 m, qalinligi 40 cm. G’ishtning o’lchamlari 30 cm, 15 cm, 10 cm bo’lsa shu devorni qurishga qancha g’isht ketadi?

  11. Agar 100  yuzaga 4 gr bo‘yoq sarflansa, qirralari 25 dm dan bo‘lgan kubni bo‘yash uchun necha kg bo‘yoq kerak?

  12. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning perimetri 360 m. Dinoraning bir qadami uzunligi 50 cm. U bog‘ning enini 200 qadam tashlasa bosib o‘tadi. Xadichaning bir qadami uzunligi 40 cm. U bog‘ning bo‘yini bosib o‘tish uchun necha qadam tashlashi kerak?

  13. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi akvariumning bo‘yi 60 cm, eni 45 cm, balandligi esa enidan 5 cm qisqa. Akvariumdagi suv sathi 30 cm balandlikda bo‘lsa, unda necha litr suv bor.

  14. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lgan maydonining yuzasi 32 ga, kengligi esa 500 m. Shu maydonning uzunligi nimaga teng?

  15. Fozil bobobning bir qadami uzunligi 60 cm ga teng, nabirasining bir qadami bobobising qadamidan 20 cm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning enini bobo 150 qadamda o‘tadi. Bo‘yini esa nabirasi 175 qadamda o‘tadi. Bog‘ning perimetrini va yuzini toping.

  16. Kub uchun nechta simmetriya tekisligi mavjud?

  17. Kubning barcha qirralari yig’indisi 96. Uning hajmini toping.

  18. Kubning bitta yon yog’ining yuzi 16 ga teng. Kubning hajmini toping.

  19. Kubning barcha qirralari yig’indisi 48 ga teng. Kub sirtining yuzini toping.

  20. Kub to’la sirtining yuzi 96 ga teng. Kubning hajmini toping.

  21. Asosi kvadrat bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped uchun nechta simmetriya tekisligi mavjud?

  22. Tomoni 2 m bo‘lgan kvadrat shaklidagi qalin qog‘oz, tomoni 1 dm bo‘lgan kichkina kvadrat shaklidagi bo‘laklarga bo‘lindi. Natijada nechta bo‘lakcha hosil bo‘ldi?

  23. Ixtiyoriy to’g’ri burchakli parallelepiped uchun kamida nechta simmetriya tekisligi mavjud?

  24. Kub yog’ining yuzi 4 marta orttirilsa, uning hajmi necha marta ko’payadi?

  25. Tomoni 24 cm bo‘lgan kvadratni yuzi 144 cm2 bo‘lgan nechta
    kvadratchaga bo‘lish mumkin?

  26. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tomorqaning eni 70 m va bo‘yi 80 m. Uning yuzini toping va arda ifodalang.

  27. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yer maydonining o‘lchamlari 1500 m va 2400 m. Uning yuzini toping va gektarda ifodalang.

  28. Xona polining eni 6 m, bo‘yi 15 m. 1 m2 polni bo‘yash uchun 200 g bo‘yoq sarflanadi. Хona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kеrak?

  29. Eni 12 cm, bo‘yi 25 cm va balandligi 13 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?

  30. O‘lchamlari 12 dm, 21 dm va 14 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.

  31. O‘lchamlari 9 dm, 15 dm va 18 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm2 yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa, parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?

  32. Qirrasi a ga teng bo‘lgan kub qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.

  33. Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 cm va 7 cm. Bu qog‘oz eni 4 cm, bo‘yi 6 cm va balandligi 2 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedni qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?

  34. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 3 cm, 6 cm va 7 cm; b) 11 dm, 13 dm va 13 dm; с) 40 dm, 9 dm va 6 dm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.

  35. Atirsovunning o‘lchamlari 8 cm, 4 cm va 2 cm. Sovun ishlatilganda har kuni uning hajmi 4 cm3 ga kamayib boradi. Sovundan necha kun foydalanish mumkin?

  36. Eni 15 cm, bo‘yi 2 dm va balandligi 18 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun kamida qancha sim ishlatilgan?

  37. Eni 15 cm, bo‘yi 3 dm va balandligi 16 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun kamida qancha sim ishlatilgan?

  38. Eni 1 dm, bo‘yi 2 dm va balandligi 12 cm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun kamida qancha sim ishlatilgan?

  39. O‘lchamlari a) 3 dm, 4 dm va 6 dm; b) 12 cm, 2 dm va 3 dm; c) 6 m, 40 dm va 2 m bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedlarning hajmini toping.

  40. O‘lchamlari 6 dm, 12 dm va 17 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
    parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.

  41. O‘lchamlari 8 dm, 12 dm va 15 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
    parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.

  42. O‘lchamlari 6 dm, 10 dm va 13 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
    parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.

  43. Qirrasi 25 dm bo‘lgan kubni bo‘yash kerak. Buning uchun qanday
    kattalikdagi yuzani bo‘yash kerak bo‘ladi?

  44. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi, bo‘yi 21 m, eni 13 m
    va chuqurligi 3 m bo‘lgan o‘ra qazish kerak. Buning uchun qancha
    hajmdagi tuproqni qazib chiqarish kerak bo‘ladi?

  45. Yog‘och taxtaning bo‘yi 4 m, eni 3 dm va qalinligi 3 cm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping.

  46. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi majlislar zalining bo‘yi 40 m, eni 25 m va hajmi 6000 m3. Uning balandligini toping.

  47. Alyuminiydan o‘lchamlari 17 cm, 20 cm va 21 cm bo‘lgan, to‘g‘ri
    burchakli parallelepiped shaklidagi detal tayyorlandi. 10 cm3 hajmdagi alyuminiy parchasining massasi 27 g bo‘lsa, detalning massasini toping.

  48. Alyuminiydan o‘lchamlari 27 cm, 20 cm va 13 cm bo‘lgan, to‘g‘ri
    burchakli parallelepiped shaklidagi detal tayyorlandi. 10 cm3 hajmdagi alyuminiy parchasining massasi 27 g bo‘lsa, detalning massasini toping.

  49. Xona polining eni 6 m, bo‘yi 15 m. 1 m2 polni bo‘yash uchun 200 g bo‘yoq sarflanadi. Хona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kеrak?

  50. Xona polining eni 8 m, bo‘yi 12 m. 1 m2 polni bo‘yash uchun 250 g bo‘yoq sarflanadi. Хona polini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kеrak?



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling