O‘quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliy faoliyatiga doir topshiriqlar va masalalar
II BOB. NATURAL SONLARNI KO’PAYTIRISH VA BO’LISH
Download 0.76 Mb.
|
O‘QUVCHILARNING MATEMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KUNDALIK
II BOB. NATURAL SONLARNI KO’PAYTIRISH VA BO’LISH.
Ra’no “Men maktabga ketdim” gapidagi har bir so’zdagi harflar sonini ko’paytirdi. U qanday javob olgan? Arqonni 4 bo’lakka bo’lish uchun 24 minut ketsa, shu arqonni 6 bo’lakka bo’lish uchun qancha vaqt ketadi? Maktab hovlisida 19 ta qiz va 12 ta o’gil bola o’ynamoqda. Yana qancha maktab o’quvchisi ularga qo’shilsa ular 6 ta teng jamoaga bo’linishi mumkin. Shirinoy Andijon shaxridagi 14-umum ta’lim maktabining 6 “d” sinfida o’qiydi. U maktabga borish uchun kunda dadasidan 10 ming so’m oladi. U har kuni maktabga damasda 3 ming so’m yo’l kira to’lab boradi. O’rtoqlari bilan katta tanafuzda 4 ming so’mga 2 ta somsa yeydi. Shirinoy pulni tejash maqsadida endi maktabga avtobusda qatnay boshladi. Avtobusda yo’l kira 1000 so’mdan. Bu qizcha 1 haftada qancha pul to’play oladi? Salima xolaning hovlisida nok daraxtlari bor va u noklardan murabbo tayyorlamoqchi bo’ldi. Bir banka murabbo tayyorlash uchun 11 dona nok kerak bo’ladi. Agar 1 chi darahtdan 9 dona 2 chi daraxtdan 12 dona, 3 chi daraxtdan avvalgi ikki daraxt mevalarining umumiy sonidan ko’ra 3 marta kam meva, 4 chi daraxtdan 3 chi siga nisbatan 2 dona kam hosil olingan bo’lsa, nechta bankada nok murabbosi tayyorlash mumkin? Nortogi boboni 6 ta o’g’li va 5 ta qizi bor. Agar o’g’illarining har birida 5 tadan va qizlarida 4 tadan farzand bo’lsa, Nortogi boboni nechta farzandi bor. Shirinoy minutiga 80 ta so’z o’qisa, 5 min da nechta so’z o’qiydi? Televizor ekrani 32 dyum. Televizor ekranini diagonali necha santimetir. (1 dyum = 2,54 cm) Eski soat har soatda 20 sekund orqada qolmoqda. Soat 12 da to’g’rilanib, bir kundan so’ng qaralsa nechani ko’rsatadi? Bir sim 36 ta teng bo’laklarga bo’lingan. Huddi shu sim 30 ta teng bo’lakka bo’linganda har bir bo’lak 1 cm ga uzunroq bo’lar edi. Simning uzunligi qancha. Koko ayiq uyg’oq bo’lganida, har doim bir soat ichida 50 gramm barg yeydi. Kecha Koko 20 soat uxlagan bo’lsa, necha gramm barg yegan. Magazinda 6 ta qozon bo’lib, bu qozonlar hajmlari mos ravishda 15 l, 16 l, 18 l, 19 l, 20 l, 31 litrga teng. Magazinga ikki kishi kirib keldi va birinchisi ikkita, ikkinchisi uchta qozon sotib olishdi. Birinchisi sotib olgan ikkita qozon hajmlari yig’indisi ikkinchisi sotib olgan uchta qozon hajmlari yig’indisidan ikki marta kam ekani ma’lum. Magazinda qaysi qozon qolgan? Odamning yuragi 1 minutda 75 marta uradi. 72 yil yashagan kishining yuragi necha marta uradi? 1 tomchi suvning og’irligi o’rtacha 0,08 grammga teng. 1 dm3 suvda necha tomchi bor ? Behruz bitta son o’yladi va uni 7 ga bo’ldi va undan chiqqan natijaga 7 ni qo’shdi va undan ham chiqqan natijani 7 ga ko’paytirdi. Ushbu amallarni bajarish natijasida 777 chiqdi. U qanday son o’ylagan. Teatrda tomashabinlar uchun har birida 24 tadan o’rindiq bo’lgan 26 qator joy bor. O’rindiqlar 1-qatordan boshlab 1, 2, 3, 4, ... va hokazo tartibda raqamlangan. Tartib raqami 375 bo’lgan o’rin nechanchi qatorda joylashgan. 8 ta idishga sut quvildi. Agar har bir idishga 9 litrdan kam quyilsa, hamma idishdagi sut 104 litr bo’lar edi. Har bir idishga necha litrdan sut quyilgan? Bir sotuvchi 10 so’mdan sotib olgan tuxumlaridan 15 tasini sindirdi. Qolganlarining donasini 15 so’mdan sotdi va 175 so’m foyda qildi. Sotuvchi nechta tuxum sotgan? Menda 10 dona shokalad bor. Ular qora va oq. Men qora shokaladdan 2marta ko’p oq shokalad yedim. Keyin menda oq shokoladdan 3 marta ko’p qora shokalad qoldi. Boshida menda nechta qora shokolad bor edi. Yashikda olmalar bor. Bolalar 1 tadan olma olganida 3 ta olma ortib qoladi, 3 tadan olma olmoqchi bo’lganida 3 ta bolaga olma yetmadi. Nechta bola va nechta olma bo’lgan? 5 sinfda o’qiydigan Hoji Akbar maktabga kasalligi tufayli 8 hafta bormadi. U necha kun maktabga bormagan? Dushanba kuni Shaxnoza 5 ta o’rtog’iga suratni bergan. Bir necha kun davomida kimki shu suratni olgan bo’lsa, ertasi kuni suratni xali ko’rmagan ikkita o’rtog’lariga jo’natgan. Haftaning qaysi kunida bu suratni ko’rgan bolalarning soni yuzdan oshadi? Mohinur 3 stakan muzqaymoq uchun 15000 so’m to’ladi. Shirinoy ikkita to’rtga 24000 so’m to’lagan. Fayzullo bir stakan muzqaymoq va bitta to’rt uchun qancha to’lagan? Yuk poyezdi 480 km yo’lni yarmini 6 soatda bosib o’tdi. Yuk poyezdi butun yo’lni 11 soatda bosib o’tishi uchun qolgan yo’lda tezligini qanday o’zgartirish kerak? 3 ta elektrik birgalikda 148 ta asbobni tuzatdilar. Tushlikkacha birinchisi 29 ta, ikkinchisi 31 ta , uchunchisi esa 28 ta asbobni tuzatdilar. Tushlikdan so’ng xar biri bir xil miqdorda asbobni tuzatdilar. Har bir ishchi qanchadan asbobni tuzatganlar? Do’konda 284 kg olma bor. Birinchi uch kunda kuniga 36 kg olma sotildi. Undan keyingi kunlarda kuniga 44 kg dan sotildi. Jami olmalar necha kunda sotildi? Madina uch soatda 78 ta misolni yechadi. Aziza esa ikki soatda 44 ta misolni yechadi. Ular birgalikda 192 ta misolni necha soatda yechadi? Oralaridagi masofa 160 km bo’lgan ikki shaxardan bir xil yo’nalishda ikkita mashina yo’lga chiqdi. Birinchi mashinaning tezligi 50km/h, ikkinchisini esa 60km/h. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha km bo’ladi? Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling