O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 212 Kb.
bet2/11
Sana14.12.2022
Hajmi212 Kb.
#1005089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologik xizmat nizomi 2019y

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyul,
577-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Psixologik xizmatning faoliyati:
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari deb ataladi) hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda xalq ta’limi bo‘limlari deb ataladi) tomonidan;
akademik litseylarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan;
kasb-hunar ta’limi muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
3. Psixologik xizmat o‘z faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagog va tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.
2-bob. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari
4. Psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
5. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling