5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish tartibi
51. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi bo‘lgan psixolog kadrlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
52. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida psixolog kadrlarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan besh kishidan iborat tarkibda Respublika tashxis markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etiladi.
53. Apellatsiya komissiyasining ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi.
54. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan a’zo kiritilmaydi.
55. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
57. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
58. Murojaat etuvchi psixolog kadr apellatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
59. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
60. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi psixolog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
62. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |