O‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish
Download 212 Kb.
|
Psixologik xizmat nizomi 2019y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Psixolog kadrlarga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim muassasasi rahbari psixolog kadrlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq belgilashi mumkin. 22. Psixologik xizmatning samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bo‘yicha javobgarlik ta’lim muassasasi rahbariga yuklanadi. 23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga 2-ILOVA Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini (keyingi o‘rinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan psixolog kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablariga (keyingi o‘rinlarda malaka talablari deb ataladi) muvofiqligi o‘rganiladi. 3. Quyidagilar psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi: mutaxassisligi bo‘yicha malakasi va psixologik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligiga ega bo‘lgan, trening o‘tish mahorati, mehnati samaradorligi hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan psixolog kadrlarni rag‘batlantirish; malaka talablariga muvofiq ularning kasbiy mahorati darajasini aniqlash va malaka toifalarini berish (o‘zgartirish); kasbiy mahorati darajasining malaka talablariga muvofiqligini aniqlash; kompyuter savodxonligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishning majburiyligini ta’minlash. 4. Majburiylik, davriylik, oshkoralik hamda xolislik attestatsiyaning asosiy prinsiplari hisoblanadi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari deb ataladi), tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini tashkil etishga mas’ul hisoblanadi. 6. Attestatsiya umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari uchun har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litseylar va kasb-hunar ta’limi muassasalari) psixolog kadrlari uchun har uch yilda bir marta o‘tkaziladi. 7. Malaka oshirish kursini tugatganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli psixolog kadrlar belgilangan muddatda attestatsiyadan o‘tkazilishi shart. 8. Attestatsiya o‘tkazish muddatlari attestatsiyadan o‘tuvchilarga uning boshlanishidan kamida bir oy oldin Hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari, tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali xabar qilinadi. 9. Ishga yangi qabul qilingan psixolog kadrlar ishga qabul qilinganidan boshlab bir yildan so‘ng, oliy ta’lim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyadan o‘tkaziladi. 10. Ta’lim muassasalari psixolog kadrlarining tashabbusi bilan ular o‘z arizasi va ta’lim muassasasi rahbarining tavsiyasiga asosan navbatdan tashqari birinchi yoki oliy malaka toifasini olish uchun attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Psixolog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish oxirgi attestatsiya o‘tkazilganidan boshlab kamida ikki yildan keyin amalga oshiriladi. 11. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda attestatsiya o‘tkazish davri mobaynida davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tilidagi psixolog kadrlar ish faoliyatiga qaytganiga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi. 12. Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasalaridan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi. 13. Psixolog kadrlar oliy ma’lumoti, qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplomda (keyingi o‘rinlarda diplom deb ataladi) ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan mutaxassisligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. 14. Ta’lim muassasalari psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish, muvofiqlashtirish va attestatsiya komissiyalari ish natijalarini tahlil qilish va baholash: xalq ta’limi tizimidagi muassasalar uchun — O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi); akademik litseylar hamda kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Download 212 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling