33. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
a) muomala vositasi;
b) to‘lov vositasi;
c) qiymat o‘lchovi;
d) jamg‘arma vositasi;
34. Natural xo‘jaligi nima?
a) jamiyat uchun mahsulotni natural holda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish mashina va texnikalarga emas, qo‘l mehnatiga asoslangan xo‘jalik;
c) bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;
d) aholi va tashkilotlarga sotish uchun iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik;
35. Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?
a) natural xo‘jalik;
b) tovar xo‘jaligi;
c) davlat xo‘jaligi;
d) jamoa xo‘jaligi;
36. Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma’lum bir naflilikka ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat mahsuli – bu:
a) mahsulot;
b) tovar;
c) ne’mat;
d) boylik;
37. Ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi tovarga aylanmaydi?
a) zaxirada turgan qismi;
b) ichki iste’mol uchun foydalaniladigan qismi;
c) qaytadan ishlab chiqarishga jalb qilinadigan qismi;
d) zaxirada turgan, o‘z iste’moli uchun foydalaniladigan va qayta ishlab chiqarishga jalb qilingan qismi;
38. Tovarlarning kishilarning biror bir ehtiyojini qondirish layoqati – bu:
a) ijtimoiy naflilik;
b) keyingi naflilik;
c) naflilik;
d) qiyosiy naflilik;
39. Shaxsiy iste’mol tovarlari nafliligi qanday ehtiyojni qondirishga layoqatli?
a) ijtimoiy ehtiyojni;
b) shaxsiy ehtiyojni;
c) unumli ehtiyojni;
d) ishlab chiqarish ehtiyojini;
40.Tovar (xizmat)larning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanganda va baholanganda qanday vazifani bajaradi?
a) qiymat o‘lchovi;
b) muomala o‘lchovi;
c) to‘lov vositasi;
d) jamg‘arish;
qati
Do'stlaringiz bilan baham: |