Оралиқ назорат учун тестлар сиртқи 2- таълим 2022 йил 96 -бха/2т-22


Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?


Download 24.47 Kb.
bet4/5
Sana14.02.2023
Hajmi24.47 Kb.
#1197948
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ON test savollari —талабага

25. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har qanday jamiyatga;
26. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
27. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
28. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk shakli eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi?
a) aksionerlik jamiyati;
b) kooperativ;
c) xususiy mulk;
d) jamoa;
29. Aksionerlik jamiyatida mulk egalari kim?
a) jamiyatning prezidenti;
b) boshqaruv a’zolari;
c) nazorat kengashi;
d) aksionerlar;
30. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtiso­di­yot­ining negizini qanday mulk tashkil qiladi?
a) davlat mulki;
b) jamoa mulki;
c) aralash mulk;
d) xilma-xil mulk;


­­31.Qaysi nazariyada “tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi”, deyiladi?

      1. marjinal nazariyada;

b) klassik nazariyada;
c) ratsionalistik nazariyasida;
d) institutsional nazariyada;
32. Mehnat intensivligi nima?
a) mehnatning aniq turining mahsuldorligi;
b) mehnatning sarflanish tezligi va jadalligi;
c) qo‘llaniladigan mehnat hajmining ortishi;
d) qo‘llaniladigan mehnat hajmining qisqarishi;

Download 24.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling